Fаvquloddа vаziyatlаrdа birinchi tibbiy yordаmni tаshkil etish


FАVQULODDА VАZIYATLАRDА BIRINCHI TIBBIY YORDАMNI TАSHKIL ETISH



Download 54,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana11.01.2022
Hajmi54,11 Kb.
#352111
1   2
FАVQULODDА VАZIYATLАRDА BIRINCHI TIBBIY YORDАMNI TАSHKIL ETISH

© O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi - 2021

razvedka, jabrlanuvchi-larni vayronalardan vaqtincha yigʼish joylariga olib chiqish, ularga birinchi yordam

koʼrsatish ishlari amalga oshiriladi. Bu ishlar uchun javobgarlik favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf

etish komissiyasi yoki shtab zimmasiga yuklanadi. Birinchi bosqich - yaʼni favqulodda vaziyat hududida olib

boriladigan ishlarda tibbiy xizmat xodimlaridan tashqari boshqa xizmatlarning ham roli katta boʼladi.

Chunki favqulodda vaziyat hududida jabrlanganlar soni koʼp boʼlganda ularni qutqarish, birinchi tibbiy va

birinchi shifokor yordami koʼrsatish ishlariga qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlarining kuch va vositalari

yetishmay  qolishi  mumkin.  Bunday  vaziyatlarda  favqulodda  vaziyat  hududiga  obʼektlarning  ishchi-

xizmatchilarini,  aholini,  oʼquvchi  va  talabalarini  (ularning  kuch  va  vositalarini)  jalb  qilish  muhim

ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib aytish mumkinki, tibbiy taʼminotni tashkil etish vazifasi

nafaqat tibbiyot xodimlari, balki boshqa xizmatlarning ham vazifasi hisoblanadi va bu vazifani bajarishda

iqtisodiyot  obʼektlarining  oʼrni  beqiyos  boʼladi.  Ikkinchi  bosqich  -  jabrlanuvchilarni  favqulodda  vaziyat

hududidan kasalxonagacha yetkazib borish, kasalxonada tibbiy yordamni davom ettirish va oxirigacha

davolash ishlarini oʼz ichiga oladi. Bu bosqichda asosiy vazifa tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklatiladi.

     Biroq bu bosqichda ham jabrlanganlarni tashish uchun tibbiy mashinalar yetarli boʼlmaganda ularga

qoʼshimcha transport vositalari (avtobus, yuk mashinasi, yengil mashina va h.) ajratish lozim boʼladi.

Ushbu mashinalar esa iqtisodiyot obʼektlaridan olinadi. Favqulodda vaziyat sharoitida jabrlanganlarga

tibbiy yordam koʼrsatish ularning ogʼirlik darajasiga qarab amalga oshiriladi, yaʼni tibbiy yordam avval

ogʼirlarga keyin nisbatan yengillarga koʼrsatilishi lozim. Shundan kelib chiqib favqulodda vaziyat sharoitida

barcha jabrlanganlar 4 ta asosiy toifaga boʼlinadi: Birinchi toifa — oʼta ogʼirlar; Ikkinchi toifa — ogʼirlar;

Uchinchi  toifa  —  oʼrtacha  ogʼirlar;  Toʼrtinchitoifa  —  yengillar  Shunday  qilib  yuqorida  keltirilganlarga

asoslanib quyidagicha yakuniy xulosa chiqarishimiz mumkin: 1. Favqulodda vaziyatlar sharoitida aholiga

tibbiy yordamni tashkil qilish faqatgina tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklatilmasdan bu tadbirga barcha

xizmatlar, shu jumladan iqtisodiyot obʼektlari kuch va vositalari jalb etiladi. Bu xizmatlarni jalb etish ishlari

hokimiyat, uning favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boʼyicha shtablari yoki komissiyalari

zimmasiga  yuklatiladi.  Iqtisodiyot  obʼektlari  kuch  va  vositalarini  jalb  etish  ushbu  obʼektlar  rahbarlari

zimmasiga yuklatiladi. 2. Bizning mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarda shoshilinch yordam xizmati

doirasida va bu doiradan tashqari jabrlanganlarga tibbiy yordam koʼrsatish ishlariga jalb etiladigan koʼplab

tibbiy  brigadalar  tashkil  etilgan  va  bu  brigadalar  favqulodda  vaziyat  joyiga  shu  tuman  va  viloyat

brigadalaridan tashqari qoʼshni tumanlardan, qoʼshni viloyatlardan, respublikadan, zarurat boʼlsa bir necha

viloyatdan jalb etilishi mumkin.

      Shunda biz favqulodda vaziyat sodir boʼlgan joyda koʼplab tibbiy brigadalarni yigʼa olamiz va aholiga

tibbiy yordam koʼrsatishni samarali yoʼlga qoʼya olamiz. 3. Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga tibbiy

yordamni  oʼz  vaqtida  boshlash  va  samarali  tibbiy  yordam  koʼrsatish  masʼuliyati  obʼektlar  fuqaro

muhofazasi xodimlari zimmasiga koʼplab vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalar oldindan sanitar drujina yoki

sanitar postlar tashkil qilish, ularni tibbiy vositalar bilan taʼminlash va imkon darajasida koʼp ishchi-

xizmatchilarni favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam koʼrsatish qoidalariga oʼrgatishdan iborat

boʼladi. 4. Jabrlanuvchilarga tibbiy yordamni tashkil qilish va ular hayotini saqlab qolish boʼyicha barcha

tadbirlarning toʼgʼri tashkil etilishi va samaradorligi FV hududiga tibbiy kuch va vositalarning tezlik bilan

olib kirilishiga, toʼgʼri saralanishiga yaʼni, birinchi navbatda kim kasalxonaga joʼnatilishini aniqlab olishga

va  zudlik  bilan  evakuatsiya  qilishga  bogʼliq.  5.  Favqulodda  vaziyatlar  sharoitida  tibbiy  yordamning

samaradorligi  imkon  darajasida  koʼp  kishilarning  birinchi  tibbiy  yordam  qoidalarini  bilishlariga  bogʼliq

boʼladi.

      Shuning uchun ishchi-xodimlarni, talabalarni va aholini oldindan birinchi tibbiy yordam koʼrsatish



qoidalariga oʼqitish muhim ahamiyatga ega.

LAZIZ KAMOLOV,

MANSUR BOYXO'ROZOV, 

FVV Аkademiyasi, 

FVBQ va XTE kafedrasi o'qituvchilari.

Download 54,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish