FАVQULODDА VАZIYATLАRDА BIRINCHI TIBBIY YORDАMNI TАSHKIL ETISH
© O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi - 2022
FАVQULODDА VАZIYATLАRDА BIRINCHI TIBBIY
YORDАMNI
TАSHKIL ETISH
Maʼlumki, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish masalasi har bir
mamlakatda dolzarb masala hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyoni larzaga solayotgan “KORONА”
(“COVID-19”) virus epidemiyasi 2019 yil dekabr oyida Xitoy (Xubay, Uxan) da aniqlandi va qisqa muddatda
(yanvar, fevral oylarida) dunyoning 170 dan ortiq davlatlari (Italiya, Frantsiya, Germaniya, Buyukbritaniya,
Eron, Yaponiya, Turkiya va boshqalar) pandimiyasi tarqalib ketdi va glabol muammoga aylanmoqda.
Epidemiya Respublikasini hamda chetlab oʼtmadi. Bu borada “Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti”ning
koʼrsatmasi hamda Xitoy tajribasidan kelib chiqqan holda epidemiyaga qarshi kurashish boʼyicha ishlar olib
borilmoqda. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish jarayonida jabrlanganlarga tibbiy yordam
koʼrsatishni tashkil etish yanada dolzarb masala hisoblanadi.
Chunki favqulodda favqulodda vaziyatlar sodir boʼlgandan soʼnggi birinchi soatlar butun diqqat eʼtibor
jabrlanganlar hayotini saqlab qolishga qaratiladi. Bu qimmatli soatlarda oziq-ovqat taʼminoti, transport
taʼminoti va boshqa taʼminotlar bir oz kechikib yoʼlga qoʼyilishi mumkin, lekin tibbiy taʼminot masalasida —
jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish ishlarini tashkil qilish
masalasida kechikishlarga,
sustkashliklarga yoʼl qoʼyib boʼlmaydi. Favqulodda vaziyat sodir boʼlgandan soʼnggi birinchi soatlarda
hammaning diqqat eʼtibori jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatishga qaratilishi, buning uchun
zarur boʼlgan barcha kuch va vositalar favqulodda vaziyat joyiga safarbar qilinishi lozim. Oʼtgan davr
mobaynida favqulodda vaziyatlar sharoitida jabrlanganlarga imkon darajasida tez va sifatli tibbiy yordam
koʼrsatish ishlarini tashkil qilish borasida koʼplab izlanishlar olib borildi.
Favqulodda vaziyatlar sharoitida jabrlanganlarga imkon darajasida tez tibbiy yordam koʼrsatish
borasidagi izlanishlar 1976 yilda favqulodda vaziyatlar va halokatlar tibbiyoti butunjahon assotsiatsiyasi
tashkil topishiga olib keldi. Bizning mamlakatimizda bu boradagi keskin oʼzgarishlar birinchi Prezidentimiz
tomonidan 1998 yil 10 noyabrdagi farmonidan soʼng yuzaga keldi. Ushbu farmonga muvofiq 1999-2005
yillar davomida sogʼliqni saqlash tizimini islohot qilishga moʼljallangan dastur doirasida “Halokatlar
tibbiyoti” xizmati yoʼlga qoʼyildi.
Bundan tashqari Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan 2017-2021 yillar Oʼzbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Xarakatlar strategiyaning toʼrtinchi yoʼnalishida
“Ijtimoiy sohani rivojlantirish” boʼyicha fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash
boʼyicha shoshilinch tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga qaratildi. Buning uchun poytaxtimizda Davlat
shoshilinch tibbiy yordam ilmiy Markazi, viloyatlarda uning filiallari, tumanlarda esa sub filiallari ochilib, u
yaxlit bir tizimga — shoshilinch tibbiy yordam xizmatiga aylantirildi.
Bu tizim tez tibbiy brigadalari va sanitar aviatsiya funktsional tizimlari bilan kuchaytirildi. Natijada
tuman markaziy kasalxonalaridagi shoshilinch tibbiy yordam boʼlimlarida har xil toifadagi shifokorlar,
jumladan, jarroh, reanimatolog, terapevt kabi mutaxassislarning doimiy navbatchiligi tashkil etildi va ular
tomonidan sutkaning hohlagan paytida jabrlanuvchilarga tibbiy yordam koʼrsatish imkoni paydo boʼldi.
Shoshilinch yordam xizmati tashkil etilguniga qadar esa bunday sharoit mavjud emas edi. Chunki tuman
markaziy kasalxonalarida har bir alohida boʼlimda kechasiga bittadan shifokor navbatchilikda qolar va ular
asosan oʼz boʼlimlaridagi bemorlar uchun masʼul edilar. Ular kechasi
kelib tushgan bir necha
jabrlanuvchilarga toʼla qonli tibbiy yordam koʼrsatishga qodir emas edilar. Shoshilinich tibbiy yordam
boʼlimlari tashkil etilishi munosabati bilan yarim tunda keltirilgan bir emas bir nechta jabrlanuvchilarga
toʼla qonli tibbiy yordam koʼrsatish imkoni vujudga keldi. Chunki shoshilinch tibbiy yordam boʼlimlarida
jarroh, reanimatolog, terapevtlardan iborat brigada navbatchilik olib borishi bilan birga bu boʼlimlarda
zudlik bilan jarrohlik hamda reanimatsion tadbirlar olib borish uchun sharoitlar yaratildi.
Tuman va viloyat bosqichlarida ularning
iqtisodiy imkoniyatlarini, kelib chiqishi mumkin boʼlgan
talofatlar miqyosini hisobga olgan holda shu hududdagi sogʼliqni saqlash vazirligiga hamda boshqa vazirlik
va idoralarga tegishli tibbiyot muassasalari negizida tuziladi. Favqulodda
vaziyat hududiga imkon
darajasida koʼp qutqaruvchilarni, sanitar drujinalarni, qoʼshimcha tibbiy xodimlar va avtotransportlarni jalb
qilish, vaqtincha evakuatsiyani tashkil qilish, birinchi tibbiy yordam va birinchi vrachlik yordamini tashkil
qilish, favqulodda vaziyat hududida sanitar-gigenik
tadbirlarni amalga oshirish,
favqulodda vaziyat
hududiga tushib qolgan tibbiy muassasalarni muhofaza qilish ishlari markazlashmagan tarzda amalga
oshiriladi. Malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam koʼrsatish, tibbiy evakuatsiyani tashkil qilish, birinchi
tibbiy yordam otryadlari, qoʼshimcha dala gospitallari tashkil qilish, tibbiy kuch va vositalarni boshqarish
markazlashgan tarzda amalga oshiriladi.
Markazlashgan va markazlashmagan boshqaruv bir-biri bilan muvofiqlashishi lozim. Markazlashmagan
boshqaruv printsipi favqulodda vaziyat joyida joylardagi hokimiyat organlari yoki favqulodda vaziyatlar
oqibatlarini bartaraf etish boʼyicha tuzilgan shtab yoki komissiya tomonidan
favqulodda vaziyatlar
oqibatlarini bartaraf etish boʼyicha mustaqil qarorlar chiqarishida oʼz aksini topadi. Birinchi bosqichda
ishchi-xodimlar, aholi, talaba va oʼquvchilar, avariya-qutqaruv guruhlari
yordamida qidiruv-qutqaruv,