Birinchi tibbiy yordam. Sianid kislota bugʻlaridan zaharlanganlarga gazniqob kiydirilib, zararlangan atmosferada antidot beriladi va zararlangan hududdan evakuatsiya qilinadi. Agar zaharlanganlar ahvoli ogʻir boʻlsa 5 daqiqadan keyin yana amilnitrat antidoti beriladi.
Toza havoda jabrlanganlarga paxtaga shimdirilgan amilnitril beriladi, zararlangan kiyimlar yechib tashlanadi, hamda tinch va issiq joy bilan taʼminlanadi. Nafas olishi qiyinlashsa sunʼiy nafas oldiriladi.
Kiyimlar va teriga tushgan sianid kislotasi qoldiqlarini degazatsiya qilish uchun 10%li gipoxlorid kalsiy yoki temir sulfati qoʻllaniladi, undan keyin ishqor bilan ishlanadi.
Kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar oʻz taʼsir etish xususiyati, zaharlilik darajasi, organizmga taʼsir etish konsentratsiyasining yuqori yoki pastligiga, uning zaharlovchi taʼsirining davomiyligiga qarab bir necha sinflarga boʻlinadi. Hozirgi kunda sanoat ishlab chiqarishida odam organizmiga, oʻsimlik va hayvonot olamiga xavfli taʼsir etuvchi 700 turdan ortiq zaharli kimyoviy moddalar ishlatiladi.
Zaharlovchi taʼsir xususiyatining tezligiga qarab kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar 2 sinfga boʻlinadi, bular:
a) Tez taʼsir qiluvchi zaharli moddalar;
b) Sekin taʼsir qiluvchi zaharli moddalar;
Tez taʼsir qiluvchi zaharli moddalar - taʼsir etish davrida zaharlanish alomatlari koʻzga tashlanmaydi, yaʼni bir necha daqiqa oraligʻida oʻlimga yoki kuchli darajada zaharlanishga olib keladi. Bu xususiyatlarni faqatgina juda kam konsentratsiyada ham kuchli zaharlanish holatlarini yuzaga keltiruvchi kimyoviy moddalar (xlor, sianid kislota bugʻlari, fosgen, is gazi, gidrazin, etilen oksid, ammiak va ftorli birikmalar bugʻlari) namoyon qiladi.
Sekin taʼsir qiluvchi zaharli moddalar (tetra etil qoʻrgʻoshin, simob, uglerod sulfid va boshqa moddalar) – organizmga tushganda zaharlanganlik koʻzga tashlanmaydigan yopiq taʼsir etish davriga ega boʻlib, ular maʼlum vaqt oʻtgandan keyin odam organizmida zaharlanish alomatlarini yuzaga keltiradi. Ularning zaharlash xususiyati moddaning agregat holatiga, taʼsir etish yoʻllariga hamda organizmga tushgan konsentratsiyasiga bogʻliq boʻladi.
Bundan tashqari inson organizmiga taʼsir qilish xususiyatiga qarab Kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar toʻrt sinfga boʻlinadi.
1-sinf. Favqulodda xavfli. Bu sinfga quyidagi moddalar kiradi;
- metallarning baʼzi birikmalari, simob, kadmiy, qoʻrgʻoshin, rux;
- tarkibida sianid boʻlgan moddalar, vodorod sianid, sianid kislotasi va uning tuzlari, nitridlar;
- fosforli birikmalar;
- vodorod galogenidlar-NGʻ, NS1, NVg;
- xlorgidridlar-etilenxlorgidrin, etilxlorgidrit;
- baʼzi boshqa birikmalar- fosgen, etilenoksid;
2-sinf. Oʻta xavfli. Bu sinfga quyidagi birikmalar kiradi;
- mineral va organik birikmalar, sulfat, azot va xlorid
kislotalari;
- ishqorlar - ammiak, oʻyuvchi natriy;
- oltingugurtli birikmalar - sulfidlar, uglerod sulfid va boshqalar;
- baʼzi spirt va kislota aldegidlari - formaldegid, metil spirt;
- organik va noorganik nitro va aminobirikmalar - anilin, nitrobenzol;
- fenollar, krezollar va ularning birikmalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |