2. Savdo dơkonida savdo jihozlarini joylashtirish.
Savdo dơkonining dizayniga brend va savdo dơkoni turi ta'sir etadi. Yana bir muhim jihat - bu savdo dơkonining savdo hududining maydoni. Bu maydon savdo dơkonini zonalarga bơlishga, umumiy merchandayzing va savdo jihozlarini tanlashga ta'sir etadi. Bu masala alohida omborxonalarga ega bơlgan dơkonlarga dolzarb hisoblanadi. Savdo dơkonining potoloklarning balandligi ham ahamiyatga ega, chunki dơkondagi chiroqlarni dizayn proektini ishlab chiqish shunga boğliq bơladi.Yorqin va tơğri tushirilgan yoruğlik kiyim tanlashda juda muhim rol ơynaydi, shuning uchun bunga magazin savdo hududini tanlashda ahamiyat berish kerak.
Maydoni katta va keng dơkonlarda dizayner fikri maydonni tejashga sarflanmaydi, balki bemalol xohlagan intererni yaratishi mumkin. Bu holat kơproq butik va brend dơkonlariga hosdir.Asosiy ğoya - noyoblik ( eksklyuzivlik) bu savdo hududida mebel, chiroqlar,ranglar jilosi,vitrinalarni tashqi bezagi, reklama va poligrafiya mahsulotlari. Savdo mebelini tanlash magazin turiga boğliq bơladi.Ayniqsa savdo jihozlarini zamonaviyligiga, sifatiga va qulayligiga butiklarda va brend magazinlarda katta e'tibor beriladi.
Qimmat savdo dơkonlarida qimmat jihozlar bơlishi shart. Bu dơkonlarda kiyim modellarini yagona nushada va kam sonda bơlishiga urğu beriladi.
Katta dơkonlarni maydoni katta bơlganligi uchun savdo jihozlarini joylashtirishda alohida xaridorlarni tovarni olishga, kơrishga qulayligini e'tiborga olish kerak va xaridor bir qarashida kơp sonli tovarni kơrishi kerak. Va shunga e'tibor berish kerakki, tovarlar juda kơp va zich joylashishi kerak emas, chunki bu holat xaridorga tovarni olib kơrishga noqulaylik tuğdirmasligi kerak.
Xaridor uchun kiyimni tanlash,olish va kiyib kơrish qulay bơlishi shart. Savdo dơkoniga kelgan xaridorga alohida e'tibor qaratish lozim. Dơkondagi savdo jihozlari ham xaridorga tovarni tanlashiga, uni kiyib kơrishiga halaqit bermasligi kerak. Dơkondagi kiyimlar kiyim razmeri bơyicha, assortimenti bơyicha, ayollar uchun alohida, erkaklar uchun alohida va bolalar uchun alohida joylashtirilishi maqsadga muvofiq bơladi.
Dơkondagi savdo jihozlarida eng qulay kơzga tashlanadigan polka va qơl yetadigan polka hisoblanadi. Eng pastki polkalarda oyoq kiyimlar joylashtiriladi.
Katta dơkonlarda savdo maydonini quyidagicha taqsimlash mumkin:
-frontal va kiyim iladigan kronshteynlarni kơproq ishlatish;
-kompakt stellajlarni savdo zalining markazida joylashtirish;
-tovarlarni ilinadigan va taxlanadigan qismlarga tơğri taqsimlab olish;
-manekenlarni kơp miqdorda ishlatish;
-qulay kiyinish zonalarini kerakli miqdorda bơlishi.
Ommaviy sotuv dơkonlari boshqacha yondashishni talab etadi.
Bunday dơkonlarda omborxonalarda qolib ketgan tovarlar va eski kolleksi larning qoldiqlari sotiladi. Bu dơkonlarning maqsadi maksimal darajada sotilmay qolgan tovarlarni sotishdan iboratdir.Shuning uchun bu dơkonlarning zơr intererda bơlishi talab etilmaydi, chunki xaridorlarni tovarlarni katta narhi tushirilganligi qiziqtiradi xolos.Lekin narhni tushirishda ham ehtiyotkorona harakat qilish lozim,chunki bunday dơkonlar (sekond xe nd) kiyilgan kiyimni emas, balki yaxshi sifatli kiyimni sotadilar.
Kiyim tanlashni osonlashtirish uchun va eng qiziqarli noyob modellarni kơrsatish uchun manekenlardan foydalaniladi.Bu eng tarqalgan usullardan bơlib haridorlarni jalb qilish uchun ishlatiladi.Manekenlar savdo hududini va vitrinalarni bezatishda ham ishlatiladi. Manekenga asosan kiyimni butun komplekti kiydiriladi va shu sabab xaridor rejalashtirmagan kiyimni butun komplektini sotib olish ehtimoli bơlishi mumkin.Manekenlar kiyimni odam gavdasida qanday kơrinishini kơrsatadi va kollektsiyalar assortimentini tơğri qơllashni ơrgatadi. Manekenlardagi kiyimlar yangi kollektsiyalardan bơlib xaridorlarga sơngi moda yangiliklari tơğrisida ma'lumot beradi.
Manekenlarni ishlab chiqaradigan eng mashhur kompaniyalardan biri Italiyaning GOLD PLATINUM kompaniyasi hisoblanadi. Manekenlar aks ettirgan real erkak va ayol obrazlari juda chiroyli, jozibali va zamonaviydir. Bu manekenlar qimmatbaho plastikdan ishlab chiqarilgan.Ularning makiya jini va pariklarini har hil zamonaviy moda tendensi lariga mos ravishda ơzgartirib turish mumkin.Naturalistik manekenlarni klassik manekenlar deb ham atashadi,ular odamlarga juda ơxshash bơlib, ularda manik r va pedikyur ham bor.Yosh va ơsmir yoshidagi bolalarning manekenlari ham ishlab chiqariladi. Ayol manekenlarni bơyi 175- 185sm, erkak manekenlarni bơyi 185- 195sm.bơladi. Shuningdek “skulpturali” manekenlar kengroq qơllanadi. Ular makiyajsiz va sochsiz bơladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |