13-Ma'ruza
Mavzu: Savdo dơkoni loyhasini tuzish.
Reja:
1. .Savdo dơkonida savdo hududining loyihasini tuzish
2. Savdo dơkonida savdo jihozlarini joylashtirish.
1. Savdo dơkonida savdo hududining loyihasini tuzish.
Savdo dơkoni loyihasini tuzishdan oldin bu magazin qanday magazin ekanligini tasdiqlash kerak bơladi.Hamma dơkonlarni maydoni bơyicha, u yerda sotiladigan tovar assortimenti bơyicha,dizaynerlar bezatishlariga qarab butiklarga,katta savdo markazlariga va ơrtacha dơkonlarga ajratish mumkin.Savdo dơkonining dizayni loyhasini tuzishda shu dơkonda sotilishga mơljallangan tovarlarni savdo markasining imidji katta ahamiyatga ega.
Brend va uning firma uslubi savdo zalining umumiy dizaynini belgilaydi.Agar brend xalqaro brend bơlsa uning butun dunyoda joylashgan dơkonlarining dizayni bir hil bơladi. Dơkonlarning dizaynini yaratganda ularning alohida xususiyatlari ham inobatga olinadi: bu dơkon sinfi, dekorativ elementlari, noan'anaviy yechimlar va ơziga hos zamonaviy savdo jihozlari. Masalan: noyob butik va ommaviy dơkonni kơradigan bơlsak. Ommaviy dơkonda qimmatbaho vitrina bơlishi shart emas, u yerda kơp miqdordagi tovarni joylashtirish kerak holos.Lekin butiklarda esa savdo jihozlari zamonaviy va qimmat bơlishi ma'qul,chunki u yerda sotiladigan tovarlar ham qimmat bơladi.
Dơkonni tơğri zonalarga bơlinishi juda katta ahamiyatga ega.
Bunda biz quyidagi faktlarga e'tibor berishimiz kerak:
Magazinga kirgan xaridorlarning 80- 90% magazinga kirgach ơng tomonga yurishar ekan, shuning uchun aynan ơng tomonda faslning yangiliklarini, yangi kollektsiyalarini va noyob ( eksklyuziv) modellarini joylashtirish kerak.Arzonroq tovarlarni magazinni ichkari qismlarida joylashtirish maqsadga muvofiq bơlar ekan, chunki yơl- yơlakay iste'molchi aynan yangi kollektsiyalarni yaxshi narhda sotib olishlari mumkin. Yana bir fakt- zamonaviy kiyim magazinlari ơz ơziga hizmat kơrsatish joylari hisoblanadi.Savdo hududini rejalashtirganda buni ham hisobga olish kerak.Havfsizlik nuqtai nazaridan savdo zalining hamma qismlari nazoratchiga kơrinib turishi kerak.
Alohida zona bu kassa zonasidir. Kassa zonalari xaridorlarni harakatlanishiga noqulaylik yaratmasligi kerak va tovarlarni ơrab berish uchun joylar kassa oldida bơlishi kerak. Kassa soni ham katta magazinlarda kơproq bơlishi lozim, xaridorlarni navbatda turmasligi uchun.
Keyingi ma'suliyatli zona bu kiyib kơrish xonasi.
Kiyib kơrish xonalari ham dơkonda xaridorlar soniga mos bơlishi kerak,chunki bu joylarda navbat kutish ham xaridorlarga yoqmaydi.Ularni dơkon burchaklarida joylashtirish maqsadga muvofiq, bunda ham xaridorlarga qulay bơladi va dơkon burchaklaridan unumli foydalaniladi. Kiyinish xonalarining ichki intereri ham chiroyli bơlishi kerak va xaridorlarni kayfiyatini kơtarishi kerak. Xaridorlarni shaxsiy buyumlarini qơyishiga maxsus ilgichlar soni kơp bơlishi lozim. Bu xonalarda mahsus ishlab chiqarilgan oynalar soni ham kơproq bơlishi kerak. Albatta kiyinish zonasining loyihasini dơkonni loyihasini ishlab chiqish davrida tuzish lozim.Kiyinish zonalari savdo hodimlari nazoratida bơlishi kerak.Savdo zalini tơğri rejalashtirish iste'molchilarni xaridorlarga aylantirishga yordam beradi.
Har bir savdo dơkoni loyihasini tuzish alohida san'atdir, lekin shunday bơlsada umumiy e'tiborga loyiq jihatlari bor:
-birinchi zonada yangi va eng qimmat tovarlar joylashtiriladi;
-ikkinchi zonada kundalik kiyishga mơljallangan kiyimlar joylashtiriladi;
-uchinchi zonada yoshlar uchun mơljallangan kiyimlar joylashtiriladi;
Hamma zonalar uchun umumiy qoida: kiyim har hil assortimenti bir biriga aralashtirilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |