O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus ta'lim vazirligi Farg’ona Politexnika Instituti Yengil Sanoat Va To’qimachilik Fakulteti YESBIKT yoʻnalishi S12-20 guruh talabasi Kamolov Alisher ning “Tikuv buyumlari materialshunosligi”fanidan Mustaqil Ishi Tolalarni bir-biridan ajratish To‘qimachilik tolalarining tasnifi va assortimenti Kelib chiqishi bo‘yicha tolalar ikki sinfga bo‘linadi: tabiiy va kimyoviy. Ular o‘z navbatida bir necha sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha kichik sinf va guruhlardan iborat. Tabiiy tolalar kimyoviy tarkibi bo‘yicha ikki kichik sinfga ajratiladi: organik va noorganik. Noorganik tolalarga asbest tolasi kiradi. Organik tolalar o‘simlik va hayvonlardan olinadi. O‘simlik tolalarining asosiy moddasi sellulozadan, hayvon tolalarniki esa oqsil moddalar (keratin yoki febroin)dan iborat. O‘simlik tolalari ularning turli qismlari (urug‘i, po‘stlog‘i, tomiri, tanasi, mevasi)dan, hayvon tolalari esa ularning junlari va tolalari (ipak qurti)dan olinadi.O‘simlikdan olinadigan tolalarga paxta, zig‘ir, kanop, kanoptola, kendr, jut kabi tolalar kiradi.
Paxta xom ashyosi - bu chigitni paxtasi bilan birgalikdagi ko‘rinishi; paxta tolasi - bu birinchi ishlov berish jarayonida chigitdan ajratilganidir. Paxta tolasining tarkibi sellulozadan iborat, ishqor eritmalari ta’siriga chidamli va kislotalar ta’siriga chidamsiz. Oksidlovchi moddalar sellulozaga yemiruvchi sifatida ta’sir etadi. Tolaning tarkibi sellulozadan tashqari, pektin, yog‘ mumi, azot, mineral va boshqa moddalardan tuzilgan. Hozirgi kunda tolasining texnologik xususiyatlari bo‘yicha bir-biridan farq qiladigan 50 ga yaqin paxta navlari mavjud. Paxta tolasining uzunligi 1 dan 55 mm. gacha bo‘lishi mumkin. Shulardan uzunligi 20 mm. dan kam bo‘lgan tolalar yigirish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Shuning uchun paxta tolasi uzunligi bo‘yicha kalta (20-27 mm), o‘rta (28-34 mm) va uzuntolali (35-55 mm) guruhlarga bo‘linadi. Tolalar qancha uzun bo‘lsa, ular shuncha ingichkadir. Ingichka tolali paxta eng kichik qalinlikka ega (20 mkm), o‘rta (23mkm), qalinroq va kalta tolali paxta (23mkm. dan ortiq) eng qalin bo‘ladi. Paxta tolasining nisbiy uzilish yuki 17-37 sN/teks, uzilishdagi cho‘zilishi 6-9% va gigroskopligi 8-12% ga teng.
Paxta tolasi quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi: uzilishdagi mustahkamligi, uzilish kuchlanishi, cho‘ziluvchanligi. gigroskopikligi, yuqori haroratga chidamliligi, kimyoviy va biologik barqarorligi. Bu sifat ko‘rsatkichlari paxtadan tayyorlangan buyumlarning iste’mol xususiyatlariga har xil ta’sir etadi.
Mayin junlar tivitning bir xil, yarim mayin junlar biroz yo‘g‘onroq tivit va oraliq jun tolalaridan, yarim dag‘al junlar esa qo‘y zotlariga qarab bir xil va aralash bo‘lib, turli uzunlikdagi qiltiqli va oraliq jun tolalaridan hamda dag‘al junlar har xil jun tolalari (qiltiq, oraliq va olik junlar)dan tuzilgan.Jun tolalarining cho‘zilishi 25-50%, gigroskopikligi 17-15%, uzilish yuki 11 -19 sN/teksga teng. Tabiiy ipak. Ipak qurtlarining pillasidan olinadi. Pillani chuvitib olinadigan iplarning bir nechasi birgalikda qo‘shilib ipak xom ashyosining ipini tashkil etadi. Ularning uzunligi 600 dan 1500 m.gacha yetadi.
Pilla iplarining tarkibi fibroin (70-80%) va seretsin (20-30%) oqsillaridan tuzilgan. Undan tashqari, tarkibida kam miqdorda mineral va (1-1,7%), yog‘ mumli moddalar (0,5-3,2%) hamda pigmentlar ham mavjud.
Tabiiy ipaklar katta uzunlikka ega bo‘lganligi sababli yigirilmaydi.
Zig‘ir tabiiy tolalar ichida paxtadan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Tolasi texnik (kompleks) tola bo‘lib, pektin moddasi bilan yelimlangan elementar tolalar bog‘lamidan tuzilgan. Ularning uzunligi 4-70 mm. gacha yetadi, qalinligi 15-17 mkm. ga teng. Kompleks (texnik) tolalar uzunligi zig‘ir tanasining uzunligi blian teng (170-250 mm) bo‘lishi mumkin. Tolalarning uzilish yuki paxta tolasinikiga nisbatan yuqori 33-40 sN/teks, uzilishdagi cho‘zilishi 2-3%, gigroskopligi 12%ga teng. Zig‘ir tolalarining gigroskopligi yuqori bo‘lganligi sababli (maksimal 30-35%), ulardan tayyorlangan buyumlar yuqori gigiyenik uisusiyatlarga ega. Zig‘ir tolalari ko‘proq ichki kiyimlar uchun, yozgi kostyumbop va ko‘ylakbop gazlamalar olishda foydalaniladi. Kanoptola (penka), kanop va jut ko‘proq arqon, qop va tara gazlamalari, ip va shunga o‘xshash buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
ETIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |