Osmonlarda yurganlar,
Oltin saroy qurganlar.
Ne beray deb turganlar,
Bolaga kitob bering.
Bola oqqush, oq kabutar,
Dunyolardan bexabar.
Yovuzlik topmay xabar,
Bolaga kitob bering.
Avliyo zot nurlarim,
Yurakka sayirlarim.
Lison-ut Tayirlarim,
Bolaga kitob bering.
Xazina-i jahon u,
Kichik Abu-Rayxon u.
Sizga qarab xayron u,
Bolaga kitob bering.
Qing’ir yo’lga kirmasdan,
Peshonaga urmasdan.
Kimdur xanjar bermasdan,
Bolaga kitob bering.
Ko’zi ochiq ko’rmasdan,
Shayton yo’ldan urmasdan.
Otadan yuz burmasdan,
Bolaga kitob bering.
Buxoriy Sarvarim u,
Termiziy Anvarim u.
Maxmud Zamaxshariy u,
Bolaga kitob bering.
Keskir qilich bo’lsin u,
Kitobga o’ch bo’lsin u.
Yengilmas kuch bo’lsin u,
Bolaga kitob bering.
Navoiyni bilsin u,
Yoningizga kelsin u.
Baxtli bola bo’lsin u,
Bolaga kitob bering.
1-boshlovchi:
Kitob hamisha insonni yaxshilikka yetaklaydi. Biz kitobni hurmat qilishimiz, bo’sh vaqtimizni sermazmun o’tkazishimiz kerak.
2-boshlovchi:
Kitoblar biz uchun bilim qasriga narvon, ezguliklar yo’lida sarbondir. Biz hammani kitob bilan oshno bo’lishga chaqiramiz.
1-2-boshlovchilar: Shuning bilan ,,Farzandimga kitob sovg’a qilaman’’ tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.
E’tiboringiz uchun tashakkur.
Do'stlaringiz bilan baham: |