Kitobim bo’l xotirjam,
Ozor bermaymiz hech ham!
Kumushoy:
Har ko’ngilning orzusi shul erur obihayot
Qadrini bilgan kishiga, shubhasiz jondir kitob.
Har murodning boshidir, har muddaoning gavhari,
Har narsalarning shifosi, ya’ni luqmondir kitob.
1-o’quvchi:
Kitob-bilimning boshi
Aql-u idrok quyoshi
Kitobda nurli oftob
O’qib topaman kamol.
2-o’quvchi:
Kitob-bilim bulog’i
Ezgu ishning chirog’i
Sen ziyo-nur sochasan
Yaxshiga yo’l ochasan.
3-o’quvchi:
Kitobim qo’limda
Qaranglar, qaranglar
O’qisam so’zlari
Tilimda jaranglar!
Kitobim qo’limd
Ma’nosi ko’nglimda.
4-o’quvchi:
Kitobim ajoyib
Bir talay siri bor
Eng yaxshi odoblar
Yozilgan yeri bor!
Kitobim qo’limda
Ma’nosi ko’nglimda.
,,Dars qilaman men’’ qo’shig’i
1-2-boshlovchi:
,,Donolar bisotidan’’ rukniga beramiz.
5-o’quvchi:
Kitobdek aqqli va sodiq do’st yo’q.
6-o’quvchi:
Savodli bo’la turib kitob o’qimagan kishining savodsizdan farqi yo’q.
7-o’quvchi:
Odamlar kitob o’qishdan to’xtasalar, fikrlashdan ham to’xtaydilar.
8-o’quvchi:
Yaxshi kitoblarni o’qish-dunyoning eng dono kishilarining suhbatida bo’lish demak.
9-o’quvchi:
Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q jahonda, g’amxo’ring bo’lgay u g’amli zamonda.
10-o’quvchi:
O’quv qut beradi,bilim sharaf-shon.
Shu ikkovi tufayli ulug’dir inson.
1-boshlovchi:
Kitob-dilga nur beradi, dil nuridan esa inson ko’zi ravshanlashadi, olamni ko’radi, anglaydi, to’g’ri yo’l ila baxt-saodat topadi.
2-boshlovchi:
Kitobsiz uy- jonsiz tanaday gap, qaysi oiladaki kitob bo’lmasa-u ma’nan to’laqonli oila bo’lmaydi.
1-boshlovchi:
Bizning ota-onalarimiz ham kitob o’qishga juda qiziqishadi. Marhamat, endi davraga ota-onalarni taklif etamiz.
,,Ota-onalar tomonidan maqollar bellashuvi’’ o’tkaziladi.
11-o’quvchi:
Varaqlasam bir boshdan
Quvnab bag’rim ochilur
Oltin harf so’zlardan
Totli ma’no sochilur
Shuning uchun deymanki
Kitob, mening do’stimsan.
12-o’quvchi:
Har sahifang men uchun
Bir hikoyat so’zlaydi
O’qib olim bo’lgin, deb
Yaxshi niyat ko’zlaydi
Shuninh uchun deymanki
Kitob, mening do’stimsan.
13-o’quvchi:
O’rganar avval odob, kitob o’qigan bola
Yuzi bo’ladi oftob, kitob o’qigan bola
Hurmat qilar kattani, kichiklar jon-u tani
Bajaradi va’dani kitob o’qigan bola.
14-o’quvchi:
Kitobdan aqling unar
Kitobda ilm-u hunar
Unda olam kezasan
Hayot gashtin surasan
Chiniqasan mehnatda
Kitobda hikmat katta.
15-o’quvchi:
Men kitobni ochaman
Kitob aqlimni ochar
Men kitobni ochaman
G’avlat tun kabi qochar.
Endigi navbatni ota-onalar bilan tezkor savol-javobga beramiz.
1.U savol emas, lekin unga javob berish kerak-(telefon qo’ng’irog’i)
2.Beshta barmog’I bor-u, lekin tirnog’i yo’q-(qo’lqop)
3.Stolda 7ta pashsha bore di. Bir urib 2ta pashsha o’ldirilsa, stolda nechta pashsh qoladi? –(2ta o’lgan pashsha)
4.Qanday idishdan ovqat yeb bo’lmaydi ?-(bo’sh idishdan)
5.Bir kishi choyxonaga kirib somsa yebdi. Chiqib ketayotganda sho’rva mazali chiqibdi. Nega u bunday degan,axir u somsa yegan-ku-(sho’r va mazali)
6.Bizga ma’lumki xitoyliklarning yemaydigan narsasini topish, qiyin, Lekin tadqiqotchilarning xabariga ko’ra ular dengizda yuruvchi 1ta narsani yemas ekan. U nima-(kema)
7. 2 ota, 2 bola bozorga borishibdi.Ular bozordan 3 ta olma olibdi. 2 ta otagayam, 2 ta bolagayam 1tadan olma to’g’ri kelibdi. Qanaqasiga 2 ota va 2bolaga butun olma tekkan. Axir ular 3 ta olma olgan xalos-ku.-(ular: ota, bola va nabira)
8. Dunyoda shunday, narsa bor. Uni qo’lingizga olganingizda qora, ishlatsangiz qizil, ishlatib bo’lgandan so’ng kulrangga kiradi. U nima-(ko’mir)
9.U bizniki. Lekin bizdan ko’proq boshqalar ishlatadi. Yana har kuni-(ism)
10. Bu yil qovun tarvuz bo’ladimi-(qovun hech qachon tarvuz bo’la olmaydi)
,,Yomg’ir’’ raqsi.
1-boshlovchi:
Endi bolajonlarimiz o’zlari o’qigan asarlarini saxna ko’rinishlari orqali namoyish etishadi.
2-boshlovchi:
Marhamat ,,Mukofot’’ ertagini tomosha qiling.
Kumushoy –muallif Parizoda-Tovusxon Dono-Moshvoy
Shamsiddin-Qag’-qag’ Madina-Dik-dik Maftuna –Chiy -chiy
Nurlan –Pi-pi Elbek-Xir-xir
,,Qizlarjon’’ raqsi
,,Bolaga kitob bering’’
Do'stlaringiz bilan baham: |