FAZILATLAR
Adab
Bilim
Qanoat
Sharm-hayo
Xushxulqlik
Tirishqoqlik
Mas`ullik
FARZAND TABIATIDAGI YETTI FAZILATLAR
NOQISLIKLAR
G`azab
Qo`rquv
Toshbag`irlik
Yalqovlik
Noshukrlik
Baxillik
Yolg`onchilik
FARZAND TABIATIDAGI YETTI NOQISLIKLAR
AQILLI FARZAND KIM? - - Farzand nimani tanlolmaydi?
- - Vatanni, ota-onani, tug`ilish vaqtini, ismni.
- - Farzand uchun bu dunyoda eng og`ir gunohlar nimalar?
- - Vatanga xiyonat, xalq nafratiga uchrash, ota-onaga oq bo`lish.
- - Aqlli farzand kim?
- - Ota-onasi hayotligida va umuman mumkin bo`lgan barcha imkoniyatdan oqilona foydalana bilgan va keyinchalik, albatta, oilasiga, eliga, yurtiga manfaati tegadigan zurriyot.
- - Har bir farzand uchun eng zarur bo`lgan to`rt yumush nima?
- - Yoshlikda mukammal ilm o`rganish; egallagan xunari ila boshqalarga foydasi tegib, yaxshi nom qozonish; ota-ona, el xizmatida bo`lish va hamisha pok niyat, go`zal xulq bilan yurish.
- - Ota-ona, elga xizmat qilgan farzand nima topadi?
- - Izzat-ikrom, qalb sokinligi va cheksiz saodat!
- Qaysi farzanddan ota-onani ko`ngli to`q bo`ladi? - - Qaysi farzanddan ota-onani ko`ngli to`q bo`ladi?
- - O`zi ishongan va bu ishonchini oqlagan zurriyotidan.
- - Ota-ona, ustoz nasihatlari qachon asqotadi?
- - Har safar va ayniqsa, hayot so`qmoqlarida qoqilgan damlarda.
- - Xushxulqlik nima?
- - Go`zal odob va idrok etish.
- - Nima kuchli - ta`limmi yo tarbiya?
- - Ikkalasi ham. Etni tirnoqdan ajratib bo`lmaganidek, ularni ham bir-biridan ayricha tasavvur qilib bo`lmaydi: ta`lim- maxsus tarbiyalash jarayoni bo`lib, u tufayli yillar davomida inson ong-tafakkuri yuksalib borsa, o`z navbatida, tarbiya orqali kishi xulqu odobda kamolga yetadi.
- - Bilim olishdan asosiy maqsad nima?
- - Bilim olishdan asosiy maqsad- nafaqat ilmli bo`lish, balki o`sha olingan ziyo chashmalarini xalqning og`irini yengil etishga ishlatish va bunda o`zgalarga o`rnak bo`lish.
- - Ilm nima?
- - Umr umuminsoniy manfaatlar yo`lidagi ishlarga yo`naltirish uchun berilgan bebaho xazina.
- Umr mazmuni nimada? - - Umr mazmuni nimada?
- - Uni behudaga isrof etmasdan yashashda!
- - Hayotda eng afsusli narsa nima?
- - Topganini yo`qotish.
- - Ular nimalar?
- - Olingan bilimni unutish; qilgan savob ishlarini minnat qilish; mashaqqat bilan erishilgan mehnatning mahsuliga ega bo`lmaslik.
- - Qanday saboq shogird ongidan mustahkam joy oladi?
- - Ishonchli dadil, hayotiy misol va shaxsiy ibrat orqali berilgan saboq.
- - Shogird uchun eng og`ir, ammo sharafli narsa nima?
- - Munosiblar ichida munosib bo`lish.
NOQOBIL FARZAND QAYERDAN PAYDO BO`LADI? - - Noqobil farzand qayerdan, qanday paydo bo`ladi?
- - Ota-onaning tarbiyadagi befarqligi, murabbiyning ta`lim berishdagi loqaydligi va xafsalasizligi, ustoz yo`l-yo`riqlaridagi noqislik, Bolani o`rab turgan atrof-muhit ta`siri, shuningdek, qonidagi genning xususiyatlari oqibatida bu toifadagi zurriyot paydo bo`ladi.
- - Ota-ona uchun hayotida kutilishi mumkin bo`lgan xavf nima?
- - Ular tomonidan dilbandiga o`z vaqtida berilmagan ta`lim-tarbiya hamda mehrsizlik.
GO`ZAL TARBIYA TAMOYILLARI - Insoniyat zimmasiga yuklatilgan vazifalarning eng ulug`I;
- Ongli va samarali faoliyatning sharti;
- Tafakkurning yuksalish omili;
- Odamiylik fazilatlarini shakllantirishga yo`llanma, dasturilamal;
- Inson javhari- qalbning ma`nan ulg`ayishiga madad beruvchi qanot;
- Bani odamdan iborat guruh, olomonni ahil jamoa, taraqqiy etgan jamiyatga aylantirish asosi;
- G`amga- sabr, xomushlikda- xushnudlik, shuxrat, sharaf toji boshga qo`nganda- tavoze va bosiqlik, buyuklikda- kamtarlik xislatlarini namoyon qiladigan insoniylikning boqiy hamrohi;
- Munosib ota-ona bo`lish hamda elu yurtga barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish majburiyati;
- Tarbiyasizlik oqibatlarini baholovchi vosita.
TA`LIM-TARBIYA, BU-
Do'stlaringiz bilan baham: |