Payvandlash vannasini himoyalash uchun gaz aralashmalaridan foydalanish. Bu usulning asl moxiyati ximoya gazlarining kimyoviy tarkibi o`zgarganda payvandlash jarayonidagi fizik va metallurgik jarayonlar sezilarli darajada o`zgarishidir.
Bu o`zgarishlar himoya qatlamining erigan metalning oksidlashida va payvand yoyiga fizik issiqlik ta’sirlarida namoyon bo`ladi.
Inert gazlar qator aloxida xususiyatlarga ega:
Dissotsatsiyaga uchramasligi;
Manfiy ionlarning mavjud emasligi;
Pog`anali ionlashish va yoy yonishining metastabil darajasi hisobiga past kuchlanishlarda yoyning yonishi.
Foydalaniladigan inert himoya gazining turiga qarab metal tomchilarining sirt taranglik kuchi va o`lchamlari o`zgaradi.
Shuningdek elektrod erish koefitsenti o`zgaradi.
Karbonat angidrid СО2 gazi ostida hosil bo`lgan yoyda issiqlik o`tkazuvchanlik yuqori bo`ladi va yoy ustunidagi potensial gradiyenti katta bo`ladi.
Karbonat angidrid СО2 gazini qo`llaganda yoy turg`un yonmasligini metalni vannaga o`tish yo`nalishiga teskari yo`nalgan tomchini itaruvchi kuch bilan va vanna yuzasida hosil bo`luvchi parlarning yuqori bosimi yoy ustuni ichida tomchilarga tepaga qarab zarba berishi bilan bog`liq.
Gaz muhitining kmponentlarini yuqori ish unumdorligiga ega bo`lgan TIME jarayoniga ta’sirini ko`rib chiqamiz. Odatda bunda 65% Ar+26,5%He + 8%CO2 +0,5%O2 li aralashmadan foydalaniladi.
He geliynining aralashmaga qo`shilishi ionizatsiya potensialini oshiradi va yoy ustuni gradiyenti potensialini oshiradi. Shuning evaziga yoy kuchlanishi va quvvati ortadi. Plazmali oqim qatiyroq va quvvatliroq bo`ladi, yoyni turg`unlashtiradi.
O2kislorodning argonga Ar qo`shilishi yoyni yonishini turg`unlashtiradi, metaltomchilarining o`tishini osonlashtiradi va sochrashlarni kamaytiradi.
Karbonat angidrid СО2 gaziga kislorod O2 ning qo`shilishi metal sochramalarini asosiy metaldan ajralishini osonlashtiradi, chokning tashqi ko`rinishini yaxshilaydi, yuzalari zang qoplagan metalni payvandlaganda gaz pufakchalari hosil bo`lishiga moyilligini pasaytiradi.
Avto component korxonasida ovoz so`ndirgichlar ishlab chiqarishda bu usulning asosiy yutug`i bo`lgan gaz aralashmasidan foydalanish o`rniga 100% argondan foydalanishga o`tib olishgan.
Bu usulning afzalliklarini sanab o`tamiz: