Pulslanuvchi yoy bilan payvandlash. Bu jarayonning moxiyati shundan iboratki, payvandlanadigan buyumga yuboriladigan quvvat miqdori va tezligi faqat payvandlash rejimi bilan bog`liq bo`lmasdan, vaqti vaqti bilan pulslanib turuvchi tok kuchiga ham bog`liq.
Payvandlash toki metalning fizik issiqlik xususiyatlaridan, birikma turidan, chokning geometrik shakli va fazodagi joylashuvidan kelib chiqib tanlanadi. Bunda payvandlash toki maksimal kattaliklardan minimalgacha o`zgarishi yoki nolga teng bo`lishi mumkin, pulslanish chastotasi sekundning o`ndan bir ulushlaridan, bir necha sekundgacha o`zgarishi mumkin.
Bu payvandlash usuli tomonidan quyidagi afzalliklarni ta’minlash mumkin:
payvand yoyining quvvatini va shu oraliqda payvand vannasini kristallanishini davriy pasayishi turli fazoviy holatlarda payvandlashni osonlashtiradi;
pulslanuvchu yoy bilan payvandlashga hos bo`lgan payvand birikmalarini shakllanishi payvand birikmasini plastik hususiyatlarini yuqoriligini ta’minlaydi.
Shu bilan birga bu usulni quyidagi kamchiliklarni sanab o`tish mumkin:
Pulslanuvchi yoy bilan payvandlash jarayoni austenitning transformatsiyalanish temperatura intervalida kop marta termik tasir zonasining qizishi va sovishi hisobiga metalni kimyoviy va strukturaviy bir hilligini qiyinlashtiradi.
Bir hilmaslik kuchayishi ko`p martalik sovushlar natijasida davriy ravishda murakkab turli strukturalarni o`zida birlashtiruvchi agregatlar shakllanishi va erib ketishi hisobiga sodir bo`ladi.
Umumiy holatda feritdan ham austenitdan ham ajraluvchi uglerod bilan turli darajada to`yingan, karbidlar hosil bo`lishi mumkin.
Pulslanuvchi yoy bilan payvandlashda tasirlar asosan payvandlash vannasiga yo`naltirilgani inobatga olingan.
Jarayon metal tomchilarini o`tishini boshqarmaydi. Sochrashlarni kamayishi bilvosita jarayon hisoblanadi.