10- ma’ruza. Qurilish va ko’priksozlikda payvandlashni o ’rni



Download 19,92 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi19,92 Kb.
#737551

10- MA’RUZA.
Qurilish va ko’priksozlikda payvandlashni o ’rni.
Reja:
1. Qurilishda payvandlashning vazifasi.
2. Kopriksozlikda payvandlashning qollanilishi.
3. Ushbu sohalarda payvandlashning afzalliklari va kamchiliklari.
1920 yillarda eksperimental payvandlash rezervuarlari (sig‘imlari) barpo etilganda metall konstruksiyalarni payvandlashga asos solingan edi. 20-yillarda payvand konstruksiyalari o‘rganila boshladi. Birinchilardan bo‘lib Vladivostokda oralig‘i 25m bo‘lgan qurilish fermasi payvand qilingan edi.
1931 yilda payvand tavrlardan iborat va kesishuvchi panjarali, quvursimon, fasonli bo‘g‘inlari bo‘lgan burchakli fasonsiz fermalar, va nihoyat yaxlit devorli to‘sinlar loyihalashtirildi. Shunday qilib, parchinlab tayyorlangan fermalarni asta- sekin payvandlanganlari siqib chiqara boshladi. Shuningdek, parchinlangan ustunlar va to‘sinlar ham siqib chiqarila boshladi. Dastlabki payvandlangan ustunlar uchta listdan iborat edi. Keyinchalik ikki tavr konstruksiyasi panjarasi payvand ustunlarga ham tarqalib, ularda vertikal devor panjara bilan almashtirilar edi. Shuningdek yuk ko‘tarish qobiliyati 75t bo‘lgan kranlarga kran osti to‘sinlari tayyorlana boshladi.
Rezervuarlar. Sig‘imi 300m bo‘lgan dastlabki payvand rezurvuarlari 1929 yilda qurilgan edi. 1931 yildan boshlab suv ajratkichlarning payvand list konstruksiyalari qurila boshladi, 1935 yilga kelib esa payvandlash 5000m sig‘imli
rezervuarlarga xam tarqaldi. 1938 yildan boshlab 5000m sig‘imli payvand rezervuarlar neft sanoatida keng qo‘lanila boshladi. Bunday rezervuarlar alohida listlardan yig‘ilib tayyorlanar va bevosita qurilish maydonchalarida qo‘lda payvandlanar edi. Hozirgi paytga kelib esa zavodlarda bo‘lajak rezervuarning tubi va devorlarini tashkil etuvchi polotnolar payvandlanadi va rulonlar shaklida o‘raladi. Rulonlar qurilish maydonchalariga etkaziladi va u erda yoyilib, bir-biriga payvandlanadi. Rezervuarning ustki qismi ham rezervuar o‘rnatilgan joyda yig‘iladigan montaj qilinadigan elementlar ko‘rinishida zavodda tayyorlanadi.
Keyinchalik 10, 20, 30 va 50 ming m sig‘imli rezervuarlar ham ishlab chiqila boshladi, bunda ularning konstruksiyasi va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilanib borildi. Rezervuarlarning konstruktiv shakllari va qurilishning yangi uslublari ularni tayyorlash va montaj qilish jarayonini tubdan o‘zgartirib yuboradi.
Hozirgi vaqtda sig‘imi 5 dan 100 ming m gacha bo‘lgan rezervuarlarni tayyorlaydigan yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan zavodlar bor.
Qalin devorli idishlar 1946 yildan boshlab ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazuvchi tashkilotlar qalin devorli idishlarning konstruktiv shakllarini va yadro qurilmalari korpuslarining konstruksiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha jadal ishlarni amalga oshirishdi. Bunda asosiy diqqat e’tibor choklarning texnologik va konstruktiv mustaxkamligiga qaratildi. Bu muammoni xal etish shu darajada qiyin bo‘ldiki, bunda birinchi korpuslarda ko‘pi bilan 50mm dan ortiq bo‘lmagan qalinlik bilan cheklanishga to‘g‘ri keladi.

  1. O. Paton nomli IES da qalin devorli korpuslarda qo‘llaniladigan yuqori mustaxkam legirlangan po‘latni elektrshlakli payvandlash texnologiyasi ishlab chiqildi.

Yirik shaharlarda atom elektrostansiyalari uchun korpusli va kanalli turdagi yaxlit payvandlangan atom reaktorlari quriladi. Hozirgi vaqtda kanalli turdagi reaktorlar uchun fazoviy yaxlit payvandlangan korpuslar xam, yuqori bosimli qalin devorli ko‘p qatlamli payvand silindrik va sferik idishlar ham ishlab chiqilmоqda.
Yaxlit payvandlangan minoralar va machtalar. Relslardan balandligi 200m bo‘lgan birinchi payvand radiomachta qurilganda 1936 yildan boshlab minoralarni, machtalarni va boshqa antenna qurilmalarini payvandlash amalga oshirila boshladi.
50-yillarda diametri 2-2,5m bo‘lgan payvand quvurlaridan machtalarning yaxlit payvand konstruksiyalari keng tarqalib, unda zavoddagi va montaj birikmalari payvandlangandir. 50-yillarning oxirlarida tortqilari tik o‘rnatilgan va reyalari gorizontal bo‘lgan minoraning kombinatsiyalangan tizimi ishlab chiqildi. Balandligi 500m bo‘lgan bunday minoraning ustuni yuqori mustaxkamligi po‘latdan yasalgan diametri 4-5m bo‘lgan payvandlangan silindrdir. Ustun beshta tortiqlar yaruslari bilan maxkamlanib, ularning xar birida yopiq turdagi po‘lat arqonlardan tashkil topgan beshta tortki qabul qilingan.
Payvandlash va qirqishning yuqori darajada rivojlanishi Iqqinchi jahon urushi yillarida vaypon qilingan zavodlar binolari va inshootlarning sinchlarini muvaffaqiyatli ravishda tiklab olish imkonini berdi.
Hozirgi vaqtda qurilishda payvandlash qo‘llanilishi bo‘yicha etakchi o‘rinni egalaydi. Payvandlash sanoatini mexanizatsiyalash keng qo‘llanilmoqda, yarimavtomatik payvandlash va payvandlash jarayonlarini avtomatlashtirish joriy qilinmoqda. Metall konstruksiyalarini tayyorlashning yangi texnologik jarayonlari ishlab chiqilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonini sifat jihatidan o‘zgartirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan konstruksiyalarning yangi turlarini yaratish vazifasi qo‘yilmoqda. Ishlab chiqarishning yangi konstruktiv shakllarini va ilg‘or metodlarini qo‘llanish sanoat binolari ustyopmalarini oqimli konveyer yig‘ishning va blokli montaj qilishning ilg‘or metodlarini keng rivojlantirishga imkon beradi. Bularning xammasi konstruksiyalarning massasini kamaytirishga, mehnat unumdorligini oshirishga va binolarni qurish muddatlarini keskin qisqartirishga imkon beradi.
Ko‘prik konstruksiyalari (ayniqsa temir yo‘l ko‘priklarining oraliq qurilmalari) og‘ir sharoitlarda ishlaydi. Ularga juda katta o‘zgaruvchan va dinamik yuklanishlar, shuningdek atrof muhitning past haroratlari ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga ko‘priklarjuda mas’uliyatli inshootlar hisoblanib, ulardan foydalanish jarayonida biror xil yoriqlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sanoatda yoyli payvandlash joriy qilina boshlaganda, elektr yoyini qo‘llangan holda qurilgan dastlabki ko‘priklar 1920 yillarda tayyorlangan edi. Egersheldda to‘rtta payvandchi 25 kun ichida oralig‘i 25m bo‘lgan ko‘prikni qurib tugallashdi, 1931 yilda esa qutisimon kesimli elementlari ikkita burchaklikdan tashkil bo ‘lgan ko‘prik fermasi payvandlangan edi. Bosh fermalari ochiq bo‘lgan temir yo‘l ko‘priklarida payvandlashning keng qo‘llanilishi 1935-1936 yillarga to‘g‘ri keladi. Oralig‘i 45m bo‘lgan ochiq (farron) fermali yaxlitpayvandlangan oraliq qurilmasi o‘rnatilgan edi. O‘sha vaqtlar bu eng yirik payvandlangan oraliqli qurilma edi.
Payvandlangan ko‘priklar bo‘yicha o‘ziga xos masalalar avtomobil yo‘llari tarmog‘ini qayta qurish va ulardan ko‘pchiligini birinchi texnik toifaga o‘tkazish munosabati bilan yuzaga keladi.
Ko‘prik quruvchi zavodlar parchinlab tayyorlangan ko‘prik qurilmalari o‘rniga payvandlangan ko‘prik konstruksiyalariga to‘liq o‘tgandan so‘ng payvandlangan ko‘prik qurilishi 60-70 yillarda shiddat bilan rivojlandi.
Payvandlangan ko‘prik qurilishining yanada rivojlanishi oraliq qurilmalarida yuqori mustaxkamlikka ega po‘latlarning va yangi konstruktiv echimlarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Avtomobil yo‘llari ko‘priklari uchun bitta-ikkita qutisimon to‘sinli va po‘latli armatura plitali oraliq qurilmalari istiqbollidir. Bunday echimda elementlarni zavodda tayyorlashni va montaj birikmalarini bajarishni ko‘proq mexanizatsiyalashga erishiladi. Vantli avtomobil ko‘priklari, shuningdek oldindan zo‘riqtirilgan va bistal konstruksiyalar yanada rivojlanadi.
Keyingi yillarda payvandlangan ko‘prik qurilishining rivojlanishida vantli oraliqli qurilmalar muhim o‘rinni egallamoqda. Bunday konstruktiv shaklda payvandlash va dastlabki kuchlanish yuqori mustaxkamlikka ega arqonlardan faqat tasmalarnigina emas, balki panjarani xam yaratish imkonini berdi. Bu tizim shuningdek 390 va 660m oraliqli Amudaryo ustidan va oralig‘i 720m bo‘lgan
Dnepr ustidan o‘tish yo‘llarida qo‘llanilgan bo‘lib, keyingisi (ya’ni Dnepr ustidan qurilgan o‘tish yo‘li) dunyodagi eng yirik quvurli ko‘prik hisoblanadi.
Metall temir yo‘l ko‘priklarining rivojlanishidagi eng yaqin bosqich ko‘priklarning oraliq qurilmalarida payvandlangan germetik berk qutisimon elementlardan va yuqori mustaxkamlikka ega korroziyaga bardoshli po‘latlardan foydalanish bo‘ladi. Hozirgi kunlardayoq montaj birikmalari yuqori darajadagi mustaxkam boltlarda montaj birikmali oralig‘i 66m bo‘lgan germetik qutisimon elementli kam legirlangan po‘latdan sinov payvand oraliq qurilmasi qurilgan va sinovdan o‘tkazilgan.
O‘tgan 80 yil mobaynida ko‘prik qurilishida payvandlash yakka tartibdagi eksperimentlardan to ommaviy joriy etishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi va metall ko‘priklarni tayyorlashda etakchi texnologik jarayon bo‘lib qoldi.
Download 19,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish