F A R M O Y I SH
Muassasa ma’muriyati (dirеktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdеk bo‘limlarning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarning amal qilish muddati chеklangan bo‘lib, bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA QILAMAN”, “RUXSAT BЕRAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
Farmoyish — boshqaruvga doir huquqiy hujjat; konstitutsiyaviy huquqda davlat boshligʻi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatlari doirasida chiqariladi. Ijro etuvchi hokimiyat organining tez hal qilinishi kerak boʻlgan va boshqa joriy masalalarga oid qarori F. shaklida chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94moddasida koʻrsatilishicha, Prezident konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar va F.lar chiqaradi. "Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fukarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va F.lar chiqaradi" (Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 98modda). Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi F.lar chikarishi Konstitutsiyada koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, muassasa rahbarining yakka uzi tomonidan chikariladigan huquqiy hujjatlar ham F. hisoblanadi. F. mansabdor shaxslarning muayyan aniq doirasiga moʻljallanib, uning amal qilish va bajarilish muddati belgilangan boʻladi.
FARMON — 1) muayyan mamlakatlarda davlat boshligi (Prezident) chiqaradigan muhim huquqiy hujjat. F. bilan, odatda, shaxslar yuksak lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy etiladi, orden va medallar bilan mukofotlash amalga oshiriladi, oliy harbiy va faxriy unvonlar beriladi, umumnormativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlar rasmiylashtiriladi. Umumiy qoidaga koʻra, F. mazkur davlat konstitutsiyasi va qonunlariga (OʻzRda — Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Krraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va OʻzR qonunlariga) zid boʻlmasligi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida Prezident F.lari Oliy Majlis yoki Vazirlar Mahkamasi roziligisiz mustaqil tarzda Prezident tomonidan qabul qilinadi. F. — mazmun va mohiyatiga koʻra, konstitutsiyaviy normalarni ijtimoiy hayotga tatbiq qilishning vositasi sifatida namoyon boʻlib, yuridik kuchi nuqtai nazaridan konstitutsiya va qonun normalariga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining "Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonuni (2000-yil 14 dek.)ga koʻra, Prezident F.lari belgilangan tartibda kuchga kiradi va ular eʼlon qilinishi shart. Gʻarb mamlakatlarida, F.ga oʻxshash hujjatlar koʻpincha dekret (AQShda ijro etuvchi direktivalar) deb ataladi; 2) Eron shohlari, Usmonli turk imperiyasi sultonlari, Old va Oʻrta Sharq mamlakatlarida qad. hukmdorlarning oliy buyrugʻi
Do'stlaringiz bilan baham: |