Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga ham ajratish mumkin:
-fuqaro mas’uliyatli, ongli va vijdonli bo‘lsa u dastlabki pog‘onada, ya’ni fuqaroviy xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar qatoriga kiritish mumkin;
-agar fuqaroda atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan ma’lum bir munosabati shakllangan bo‘lsa uni fuqaroviy pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxs sifatida e’tirof etish mumkin;
-agar fuqaroda o‘z haq-huquqlari hamda burchi uchun amaliy harakatni bajarish ko‘nikmasi mavjud bo‘lsa uni faol fuqaro sirasiga kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |