2) Oraliq nazorat – institut o‘quv jarayoni jadvaliga binoan o‘tkaziladigan, fanning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan, ya’ni fan o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan so‘ng talabaning bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Ushbu fan bo‘yicha oraliq nazorat yozma va og‘zaki yoki slayd shaklida bo‘lib, talabalar bilimini baholash uchun tarqatiladigan variantda 3 savolga javob berishi lozim, har bir savoli javobiga 3 ball ajratiladi.
Oraliq nazorat savollari yangi o‘quv yili boshida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Tasdiqlangan oraliq nazorat testlari oldindan talabalarga tarqatiladi.
Oraliq nazoratni o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartibi buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |