TARQATMA MATERIALLAR:
TESTLAR
FUQAROLIK JAMIYATI FANIDAN TEST SAVOLLARI:
1. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Fuqarolik jamiyati ijtimoiy sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni.
V) Davlatning tashqi siyosatini.
S) Fuqarolik jamiyatida inson huquq va erkinliklari himoya qilinadi.
D) Fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini.
2. O‘zbekistonda «Fuqarolik jamiyati» fanini o‘qitish qachon ta’lim tizimiga kiritildi?
A) 2016 yilda
V) 2000 yilda
S) 2015 yilda
D) 1991 yilda
3. Fuqarolik jamiyati tushunchasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadigan ijtimoiy tizimdir.
V) Kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan iqtisodiy faoliyatining mahsuli bo‘lib, davlatning rivojlanish darajasini belgilaydigan munosabatdir.
S) Qadimgi davrdan shakllanib kelayotgan huquqiy munosabatlaridir.
D) Jamiyatning ijtimoiy munosabatlari tizimidir.
4. Fuqarolik jamiyatining shakllanish bosqichlarini ko‘rsating?
A) IX –XV, XVI-XIX asrlar.
V) IX –XV, XVI-XIX, XX asrdan hozirgi kungach.
S) XV-XVI, XVII-XIX asrlar.
D) XVI-XVII, XVIII-XIX, XX asrdan hozirgi kungacha.
5. Fuqarolik jamiyati shakllanishi asoslari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Huquqiy, ma’naviy.
V) Ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, huquqiy.
S) Iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy.
D) Iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy.
6. Fuqarolik jamiyati holatini belgilash asosiy mezonni aniqlang?
A) Iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
V) Demokratlashtirish ko‘rsatkichlari.
S) Inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi.
D) Insonni kamolatga erishish darajasi.
7. Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari nimalardan iborat?
A) Erkin individlar uyushmasi; o‘zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma;
V) Barcha javoblar to‘g‘ri
S) Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan plyuratilstik tizim;
D) O‘zini o‘zi rivojlantiradigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan tizim.
8. Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari nimalardan iborat?
A) Iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor munosabatlari; inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz e’tirof etish va himoya qilish; hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati;
V) Qonun va odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning yuridik jihatdan ishonchli himoyalanganligi; hokimiyatning uchga bo‘linishi va hokimiyatlarning o‘zaro aloqasi prinsipiga asoslangan huquqiy davlat; siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi;
S) So‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlatning aralashmasligi, ularning o‘zaro majburiyatlari va burchlari; sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik; odamlarning munosib turmush darajasini ta’minlovchi samarali ijtimoiy siyosat.
D) Barcha javoblar to‘g‘ri.
9.»Mamlakat boshqaruvida to‘rt qoidaga amal qilish kerak: mashvarat, muhokama, qat’iy qaror, tadbirkorlik, ogohlik va ehtiyotkorlikka» degan fikrni qaysi alloma ilgari surgan?
A) Amir Temur
V) Abu Ali ibn Sino
S) Abu Rayxon Beruniy
D) Abu Nasr Farobiy
10. «Hukumat boshlig‘ining asosiy vazifasi etib aholining turli qatlamlari, kuchlilar va kuchsizlar o‘rtasida siyosiy va huquqiy adolat mezonini o‘rnatish deb kim ta’kidlaydi?
A) Amir Temur
V) Abu Ali ibn Sino
S) Abu Rayxon Beruniy
D) Abu Nasr Farobiy
11. Qaysi davrdan boshlab fuqarolik jamiyati g‘oyasi demokratiya rivojlanishi bilan chambarchas bog‘lanib kelmoqda?
A) antik davrda
V) o‘rta asrlarda
S) yangi davrda
D) XX asr boshlarida
12. YAngi davrda Evropadagi fuqarolik jamiyati konsepsiyasi shaklanish necha an’anaridan iborat?
A) ikki
V) uch
S) to‘rt
D) besh
13. «Davlat – fuqarolik jamiyat dixotomiyasi kuzatiluvchi konsepsiyalar» qaysi davrda shakllangan?
A) Antik davrda
V) O‘rta asrlarda
S) YAngi davrda
D) XX asr boshlarida
14. «Oxirgi vaqtlarda paydo bo‘layotgan, jamiyatning, erkin ehtiyoriy assotsiatsiyalari, shuningdek, huquqiy va ommaviy institutlari doirasida amalga oshiriluvchi jamoaviylikning nomumtoz shakllari, nafaqat davlat doirasidan, balki kapitalistik bozor iqtisodiyoti chegarasidan ham chiqib ketmoqda degan fikrni qaysi zamonaviy yondoshuv ilgari surmoqda?
A) Liberal an’ana konsepsiyasi
V) Amerikancha kommunitariz konsepsiyasi
S) Evropacha neokonservatizmi konsepsiyasi
D) Post-marksistcha konsepsiya
15. «Fuqarolik jamiyati faqat mustaqil mamlakat doirasida amalga oshishi, haqidagi xulosasini ilgari surgan g‘oyaviy oqim – bu ...»
A) Jaddidchilik
V) Marksizm
S) Konservatizm
D) Liberalizm
16. Fuqarolik jamiyati zamonaviy konseptual diskursining normativ yondoshuvi vakillarini aniqlang.
A) Aleksis de Tokvil
V) Endryu Arato
S) Karl Marks
D) Nikolo Makiavelli
17. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarining qaysi yondoshuvi fuqarolik jamiyati a’anaviy jamiyat urnini egallagan yoki zamonaviy jamiyatga xos bo‘lgan belgilarni shakllantiradigan jamiyati sifatida tushuniladi?
A) formatsion
V) sivilizatsion
S) modernizatsiya
D) taraqqiyot
18. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarining qaysi yondoshuvi fuqarolik jamiyati kapitalistik tizimga bog‘lanadi va keng va torma’nolarda tushuniladi?
A) formatsion
V) sivilizatsion
S) modernizatsiya
D) taraqqiyot