Parlamentdagi ko‘pchilik–O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi.
Parlamentdagi muxolifat–yangitdanshakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi.
Partitsipatsiya – (ingl) ishtirok etmoq; fuqarolar tomonidan davlat va jamiyat ishlarini boshqarish jarayonida u yoki bu funksiyalarni bajarishini shart qilib qo‘yadigandemokratiyaning modeliga doir nisbat.
Partiya - lot. pars (partis)-qism, guruh; qandaydir ijtimoiy qatlam yoki guruhmanfaatlarini ifodalovchi, qandaydir siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi tashkilot.
Do'stlaringiz bilan baham: |