Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-2022-yillardagi faoliyati natijadorligini baholash
KO‘RSATKICHLARI
T/r
|
Ko‘rsatkichlar nomi
|
O‘lchov birligi
|
Amaldagi
|
2021-yil natijalari bo‘yicha
|
2022-yil natijalari bo‘yicha
|
1.
|
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xodimlar soni (1 mln. aholi soniga nisbatan)
|
nafar
|
932
|
950
|
1 050
|
2.
|
Ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga xorijdan jalb etilgan mablag‘lar
|
mlrd so‘m
|
6,9
|
7,2
|
12,0
|
3.
|
Xorijga qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tashga yuborilayotgan yosh olimlar
|
nafar
|
180
|
242
|
450
|
4.
|
Xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalar soni
|
dona
|
21
|
49
|
79
|
5.
|
Startap loyihalar akseleratsiyasi dasturlaridagi ishtirokchilar soni
|
dona
|
50
|
60
|
210
|
6.
|
Tijoratlashtiriladigan ilmiy ishlanmalar jami soni
|
dona
|
-
|
102
|
200
|
7.
|
Tijoratlashtirilgan ilmiy ishlanmalarga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi
|
mlrd so‘m
|
-
|
35
|
70
|
8.
|
O‘zbekiston sharoitida koronavirus infeksiyasiga qarshi biotexnologik yo‘l bilan yaratiladigan mahalliy vaksina soni
|
dona
|
-
|
2
|
2
|
9.
|
Post-genomik texnologiyalar asosida yaratiladigan makkajo‘xorining qurg‘oqchilikka, sho‘rxoklikka va sovuqqa bardoshli yangi navining hosildorlik ko‘rsatkichi
|
ts/ga
|
20 — 35
|
20 — 35
|
45 — 50
|
10.
|
SNP-mikrochiplashtirish texnologiyasiga asoslangan GWAS usuli yordamida olingan molekulyar markyerlar soni
|
dona
|
-
|
-
|
384
|
11.
|
Metabolomik muhandislik texnologiyasi asosida olinadigan g‘o‘zaning transformant liniyalari sinovdan o‘tkaziladigan eksperimental-tajriba maydonlari
|
ga
|
-
|
-
|
10
|
12.
|
Chorvachilik sohasi uchun ozuqabop lavlagining “O‘zbekiston-85” navini Ohangaron tumanida yetishtirishdan olinadigan hosildorlik dinamikasi
|
ts/ga
|
500
|
500
|
900
|
13.
|
Qashqarbeda va “Oqjo‘xori-8” ozuqa o‘simliklarini yetishtirishdan olinadigan hosildorlik dinamikasi
|
ts/ga
|
200
|
200
|
430
|
14.
|
Respublika hududlarida tashkil etiladigan tuproqning agrokimyoviy, mikrobiologik va biokimyoviy tahlilini amalga oshiruvchi va uning tarkibidagi zararli moddalarni aniqlovchi innovatsion “tuproq klinikalari” soni
|
dona
|
-
|
2
|
5
|
15.
|
Makkajo‘xori va soyani qo‘sh ekin usulida yetishtirish natijasida olinadigan
|
ko‘k massasi miqdori ko‘rsatkichi
|
ts/ga
|
420
|
650
|
720
|
silos tarkibidagi protein miqdori
|
kg/ga
|
950
|
1 250
|
1 420
|
ozuqa birligi miqdori
|
tn/ga
|
10,6
|
13,4
|
14,8
|
16.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasida sut mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun innovatsion yashil gidroponika usulida tayyorlanadigan ozuqa miqdori
|
kg
|
671 000
|
1 073 600
|
1 525 000
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son Farmoniga
3-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlar
RO‘YXATI
|
Hududlar
|
Tumanlar
|
1.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
Nukus tumani
|
2.
|
Andijon viloyati
|
Marhamat tumani
|
3.
|
Buxoro viloyati
|
Romitan tumani
|
4.
|
Jizzax viloyati
|
Do‘stlik tumani
|
5.
|
Qashqadaryo viloyati
|
Nishon tumani
|
6.
|
Navoiy viloyati
|
Karmana tumani
|
7.
|
Namangan viloyati
|
Chust tumani
|
8.
|
Samarqand viloyati
|
Urgut tumani
|
9.
|
Sirdaryo viloyati
|
Sirdaryo tumani
|
10.
|
Surxondaryo viloyati
|
Oltinsoy tumani
|
11.
|
Toshkent viloyati
|
Ohangaron tumani
|
12.
|
Farg‘ona viloyati
|
Oltiariq tumani
|
13.
|
Xorazm viloyati
|
Gurlan tumani
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son Farmoniga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi PF-3781-son Farmonida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlariga talabgorlar bo‘yicha tavsiyanomalarni qabul qilish va ularni saralash, davlat mukofotlariga nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish, ularning ilmiy, ijodiy, adabiy va badiiy ishlarining keng muhokamasini tashkil qilish, ekspertizadan o‘tkazish hamda tegishli takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etishda:
fan va texnika sohasida — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashiga yuklatilsin;
adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlari bo‘yicha kengashning asosiy vazifasi etib hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlari bo‘yicha kengash tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari bo‘yicha kengash
TARKIBI
1.
|
A.N. Aripov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisi
|
|
2.
|
A.A. Abduvaxitov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Kengash raisi o‘rinbosari
|
|
3.
|
X.M. Sultonov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Spichrayteri, Kengash raisi o‘rinbosari
|
|
Kengashning adabiyot sohasi bo‘yicha sho‘basi:
|
|
4.
|
S.S. Saidov
|
—
|
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, sho‘ba mudiri
|
|
5.
|
N.M. Mahmudov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor (tilshunos)
|
|
6.
|
B. Sayfullayev
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport qo‘mitasi raisi
|
|
7.
|
Sh.T. Rizayev
|
—
|
“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, filologiya fanlari nomzodi, dotsent (adabiyotshunos)
|
|
8.
|
Sh.S. Sirojiddinov
|
—
|
Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor (ad�biyotshunos)
|
|
9.
|
E.A. Sidikova
|
—
|
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari, O‘zbekiston xalq shoiri
|
|
10.
|
E.J. Shukurov
|
—
|
“Ma’naviy hayot” jurnali bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
|
|
11.
|
K.A. Karimov
|
—
|
Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist
|
|
Kengashning san’at va me’morchilik sohasi bo‘yicha sho‘basi:
|
|
12.
|
O.A. Nazarbekov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, sho‘ba mudiri
|
|
13.
|
A.V. Nuriddinov
|
—
|
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi
|
|
14.
|
Lavozimiga ko‘ra
|
—
|
Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari — shahar bosh arxitektori
|
|
15.
|
R. Abdullayev
|
—
|
O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi, O‘zbekiston san’at arbobi
|
|
16.
|
S.A. Abdullayev
|
—
|
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn inst�tuti professori, O‘zbekiston san’at arbobi (rassom)
|
|
17.
|
N.G‘. Karimova
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, san’atshunoslik fanlari nomzodi (kinotanqidchi)
|
|
18.
|
M.M. Azizov
|
—
|
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori, O‘zbekiston xalq artisti
|
|
19.
|
M.Q. Ahmedov
|
—
|
Toshkent arxitektura-qurilish instituti professori, arxitektura fanlari doktori
|
|
20.
|
I. Jabborov
|
—
|
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori, O‘zbekiston san’at arbobi (haykaltarosh)
|
|
21.
|
M.M. Muratov
|
—
|
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori
|
|
22.
|
M.A. Yo‘lchiyeva
|
—
|
Y. Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “Maqom xonandaligi” kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq artisti
|
|
|
23.
|
A.M. Mansurov
|
—
|
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi prorektori, professor
|
|
24.
|
Q.T. Mo‘minov
|
—
|
“O‘zbekiston” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, �zbekiston xalq artisti
|
|
25.
|
O. Matyakubov
|
—
|
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Davlat mukofoti sohibi, musiqashunos
|
|
26.
|
M.J. Sapayeva
|
—
|
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri artisti, O‘zbekiston xalq artisti
|
|
27.
|
A.Sh. Shahobiddinov
|
—
|
“O‘zbekfilm” kinostudiyasi rejissori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
|
|
28.
|
O.A. Vasilyev
|
—
|
O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
|
”;
|
v) 2-ilovaning matnida:
3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat mukofotlarini berish to‘g‘risidagi takliflar:
fan va texnika sohasida — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi;
adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlari bo‘yicha kengashi tomonidan taqdim etiladi.
Tegishli davlat mukofotlarini berish to‘g‘risidagi takliflar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlari bo‘yicha kengashi (keyingi o‘rinlarda — Davlat mukofotlari bo‘yicha kengashlar) qaroriga muvofiq belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish kiritiladi”;
4-bandning beshinchi xatboshisi, 6-bandning to‘rtinchi va oltinchi xatboshilaridagi “kengash” so‘zi “kengashlar” so‘zi bilan almashtirilsin;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat mukofotlariga talabgorlar bo‘yicha tavsiyanomalar va ularga tegishli materiallarni tayyorlash, Davlat mukofotlari bo‘yicha kengashlarga taqdim etish, ularni Davlat mukofotlari bo‘yicha kengashlarning ishchi organlarida rasmiylashtirish, ekspertizadan o‘tkazish, Davlat mukofotlari bo‘yicha kengashlarida ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
8-banddagi “kengash” so‘zi “kengashlar” so‘zi bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-5068-son Farmonida:
a) 1-banddan “1-ilovaga muvofiq qatnashuvchilar tarkibi bilan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 6-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Yashnobod” texnoparki faoliyatini muvofiqlashtiradi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga “Yashnobod” texnoparki rezidenti maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va “Yashnobod” texnoparki rahbarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi”;
g) 7-bandda:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “iqtisodiyot” so‘zi “innovatsion rivojlanish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264-son Farmonining 1 va 3-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni 22-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi
TARKIBI
1.
|
A.N. Aripov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi
|
|
2.
|
O.M. Umarov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, komissiya raisining o‘rinbosari
|
|
3.
|
Sh.M. Sadikov
|
—
|
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
|
|
4.
|
T.A. Ishmetov
|
—
|
moliya vaziri
|
|
5.
|
R.K. Davletov
|
—
|
adliya vaziri
|
|
6.
|
A.V. Shin
|
—
|
maktabgacha ta’lim vaziri
|
|
7.
|
Sh.X. Shermatov
|
—
|
xalq ta’limi vaziri
|
|
8.
|
A.X. Toshqulov
|
—
|
oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri
|
|
9.
|
A.M. Xadjibayev
|
—
|
sog‘liqni saqlash vaziri
|
|
10.
|
A.S. Sultanov
|
—
|
energetika vaziri
|
|
11.
|
J.A. Xodjayev
|
—
|
qishloq xo‘jaligi vaziri
|
|
12.
|
Sh.R. Xamrayev
|
—
|
suv xo‘jaligi vaziri
|
|
13.
|
N.B. Xusanov
|
—
|
bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
|
|
14.
|
B.E. Zakirov
|
—
|
qurilish vaziri
|
|
15.
|
I.Y. Abduraxmonov
|
—
|
innovatsion rivojlanish vaziri
|
|
16.
|
I.R. Maxkamov
|
—
|
transport vaziri
|
|
17.
|
Sh.D. Kudbiyev
|
—
|
Davlat soliq qo‘mitasi raisi
|
|
18.
|
M.B. Azimov
|
—
|
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi
|
|
19.
|
I.I. Norqulov
|
—
|
iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari
|
|
20.
|
B.E. Zaxidov
|
—
|
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari
|
|
21.
|
O.A. Pekos
|
—
|
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari
|
|
22.
|
A.J. Ortikov
|
—
|
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
|
|
23.
|
G‘.M. Ziyayev
|
—
|
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i
|
|
24.
|
A.D. Xadjayev
|
—
|
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi
|
|
25.
|
F.K. Umarov
|
—
|
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Kadastr agentligi direktori
|
|
26.
|
U.I. Muhammadiyev
|
—
|
Davlat xizmatlari agentligi direktori
|
|
27.
|
B.K. Ziyayev
|
—
|
Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori v.b., komissiya kotibi
|
”.
|
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3365-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “2018 — 2021-yillarda” so‘zlari “2018 — 2022-yillarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 10-banddan uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2018 — 2022-yillarda Dasturni amalga oshirish moliyaviy xarajatlarining hisob-kitob hajmlari
PARAMETRLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |