Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Qon tuflash 
         Qon,  goho  tuflaganda  chiqadi,  bunda  u  og’iz  bo`laklaridan  chiqayotgan 
bo`ladi. Goho burun qoqqanda va tomoq qirilib, tuflagandan chiqadi, bunda u tomoq 
tevaragidan  chiqqan  bo`ladi.  Goho  tomoq  qirishda  chiqadi,  bunda  u  o`pka  nayidan 
chiqqan  bo`ladi.  Goho  qusganda  ham  qon  chiqadi,  bunda  u  qizilo`ngach,  me`da 
og’zi, me`daning o`zi va jigardan chiqqan bo`ladi. Goho yo`talganda chiqadi, bunda 
u ko`krak atrofidan va o`pkadan   chiqqan   bo`ladi. 


254 
 
          Ko`krakdan  (qon  kelishda)  o`pkadan  chiqqandagidek    xavf  yo`q.  Chunki 
ko`krakdan  chiqadigani  tez  tuzaladi,  tuzalmasa  ham  unda  o`pka  yaralarida  yuz 
beradigan zarar yuz bermaydi. O`pkada ko`pincha bitmaydigan  yaralar bo`lib, u har 
vaqt yangilanib qon tuflash davom etadi. 
         Bularning  hammasi  uchun  eng  yaqin  sabab  ko`krakka,  jigarga,  qorin-
ko`krak  pardasiga  yetgan  zarbadan,  yoki  o`sha  a`zolar  bilan  yig’ilishdan,  yoki 
keskin  biror  narsadan  iborat  sirtqi  sababga  ko`ra  yuz  bergan  jarohat  bo`ladi.  Yoki 
davomli  yo`tal, baqirish, birdan  chinqirish  va  g’azablanishda  ham  shunday  bo`ladi. 
Shuning  uchun  jinnilarda  va  har  narsadan  asabiylashadigan  kishilarda  qon  tuflash 
ko`p  bo`ladi.  Goho  qattiq  qusishdan  qon  tuflash  paydo  bo`ladi,  ayniqsa  qon 
tuflashga  qobiliyatli  kishilarda  shunday  bo`ladi.  Goho  o`tkir  surgi  dorilarni, 
sarimsoq  va  piyoz  kabi  o`tkir  ovqatlarni  iste`mol  qilishda,  qonni  o`tkirlashtiruvchi 
qo`rquv  yoki  g’amginlikdan,  ko`rpa  -  to`shaksiz  taxir  yerda  uxlashdan,  tomoq 
ichkarisiga yopishgan zulukdan, yoki biror bog’lovchi sababdan ham qon tuflanadi. 
          Bu xil sabab  tomirlarda yoki boshqa joyda bo`ladi. Tomirlarda bo`ladigan 
sabab,  yo  tomirlarning  uzilishi,  yorilishi,  qonning  o`tkirligidan,  tomirning  ochilishi 
va  kengayishi,  yoki  bo`shashishi  yoki  xiltning  o`tkirligi  sababli  yeyilishidan  iborat 
bo`ladi.  Yoki  tomirlarning  qon  sizib  chiqadigan  darajadagi  yupqaligidan  iborat 
bo`ladi. 
         Ko`pincha  o`pka  nayi  va  arteriya  bo`laklarining  teshikchalari  tabiiy 
holdagisidan ko`ra ko`proq kengayib, qon o`pka nayiga sizadi. Tomirlardan boshqa 
joyda  bo`ladigan  ichki  sabab  yo  jarohat  bo`ladi,  yoki  yeyilish  va  a`zodan  biror 
parcha  qo’parilib,  sasish  sababli  paydo  bo`lgan  yara  bo`ladi.  Qon  tuflash  goho 
o`pkadagi  qonli  shishdan  bo`ladi,  u  shishdan  qon  sizib  turadi.  Bunday  shishning 
tuzalishi  oson,  chunki  u  qondan  paydo  bo`lib,  moddasi  sizib  turadi,  qamalib 
qolmaydi  va  quyuqlashmaydi.  Zulukdan  boshqa  shu    sabablarning  hammasi  goho 
o`pkada  ham   bo`ladi. 


255 
 
           Shu  bog’lovchi sabablar uchun ulardan oldinroq keladigan sabablar bor. 
Bular  esa  yo  moddaning  ko`pligidan  iborat,  bu  narsa  yo  ko`p  ovqatdan  va 
badantarbiya  qilmaslikdan,  yoki  tabiatning  kerak  qilganidan  ko`ra  ortiq  qon 
borligidan bo`ladi.  Bunday holat badantarbiya qilmay qo`yganda yoki hayz qoni, yo 
bavosir  qoni to`xtab qolganda, yoki  biror a`zo kesilganda  yuz beradi. Yoki bunday 
hol moddaning bir a`zoga tortilishi yo qattiq qo`zg’atilishi, yoki tomirlardagi ularni 
yoradigan ko`p yeldan, ayniqsa sil kasalligiga uchrab yelkalarini qush qanoti singari 
qilib  yuruvchilarning  tomirlaridagi  kabi  ko`p  yeldan  bo`ladi.  Chunki  shunday 
kishilarda  qon  tuflash  ko`p  uchraydi.  Yoki  bu  narsa  moddani  o`rab  turuvchi  qurol 
a`zolarning  yorilishga  qobiliyatliligidan  bo`ladi.  Qobiliyatlarning  sababi,  ularni 
burishtirib  turuvchi  sovuqlik    bo`lib,  yoyilishlari  qiyin  bo`ladi  va  ular  yoyilishga 
majbur qiluvchi kuchga bo`ysunmaydi, balki yoriladi. Bunday holat, sirtqi yoki ichki 
issiqlikdan yo quruqlikdan ham bo`ladi. Ularning qaysi biri  bo`lsa ham o`sha qurol 
a`zolarini  qalinlashtirib,  quritib,  eng  arzimagan  sababdan  ham  yoriladigan  qilib 
qo`yadi,  yoki  u  a`zolarni  bo`shashtiruvchi  ho`llikdan  bo`ladi:  ho`llik  ularning 
teshikchalarini  kengaytirib  yuboradi,  yoki  yirtuvchi,  yeyuvchi  va  kesuvchi,  yoki 
sasituvchi narsaga duch kelishidan ham bo`ladi. 
        Qon  to`liqligi  paydo  bo`lgach,  tabiat  moddani  mumkin  bo`lgan  tomonga, 
ya`ni  moddani  osonroq  qabul  qiladigan  tomonga  yoki  ortiqcha  narsa  turadigan 
joyning  yaqinrog’iga  haydashga  kirishadi.  Shunda  moddani  tuflash  orqali,  bavosir 
yoki  hayz  qoni,  yoki  burun  qonashi    orqali  haydaydi.  Shu    paytda  tomirlar  kuchli 
bo`lib,  qonni  o`zidan  chiqib  ketishga  qo`ymaydigan  bo`lsa,  to`satdan  o`lim  yuz 
beradi. Chunki qon tomirlarning kovaklariga quyiladi. 
         Kishi  qon  tuflayversa,  o`pkasida  yara  paydo  bo`lganiga  belgi  bo`ladi, 
chunki  qon  tuflash  ko`proq  jarohatdan  keladi,  jarohat  esa  osonlik  bilan  yaraga 
aylanadi. To`xtab qolgan qon tuflashdan keyin yana qaytadan qon tuflana boshlansa, 
shu    ikkinchi  qon  tuflashning  yaraga  aylangan  birinchi  jarohatdan  kelayotganligini 


256 
 
ko`rsatuvchi  xavf    tug’iladi.  Ko`pincha  tuflangan  qon  burun  qoni  bo`lib,  boshdan 
o`pkaga  oqib  tushgan  bo`ladi.  Qon  tuflash  o`pka  tomonidan  bo`lsa,  bunda  ikkita 
xavf  bor:  birinchisi  haddan  tashqari  ko`p  qon  oqish  xavfi  va  ikkinchisi  esa 
jarohatning  yaraga  aylanish  xavfidir.  Har  bir  qon  tuflash  ham  qo`rqinchli 
bo`lavermaydi, balki to`xtamaydigan yoki isitmalisi qo`rqinchli bo`ladi. Qon tuflash  
ko`pincha,  jigar yoki taloqdagi shishning tuzalishiga   sabab   bo`ladi. 
         Belgilar.  Hiqildoq  yaqinidan  tuflanadigan  qon  oz  yo`tal  bilan, 
ichkariroqdan  tuflanadigani  esa  kuchli  yo`tal  bilan  tashlanadi.  Qon  qancha  uzoq 
bo`lsa,  shuncha  kuchli  yo`tal  bilan  tashlanadi.  Kasal  bo`lgan  tomonni  bosib 
uxlaganda, tuflanadigan qon ko`p bo`ladi. Avvalo tuflanayotgan qonning burun qoni 
emasligini  bilish  kerak.  Bu  kasalda  burun  qonash  odati  borligiga,  uning  tez  bo`lib 
turishiga va ilgari bosh og’ir bo`lib turib, qon tashlagandan keyin yengil bo`lishiga 
qarab  aniqlanadi.  Burun  qonash  belgilari,  masalan,  yuz  va  ko`zning  qizilligi,  ko`z 
oldida nurli zarralarning ko`rinishi, qonning ko`pikli bo`lmasligi  va qon tuflashning 
to`satdan bo`lishiga qarab aniqlanadi. 
        O`pka etining moddasidagi jarohatdan yoki yaradan tuflanayotgan qonning 
belgilari:  uning  ko`pikli  bo`lishi,  to`xtab-to`xtab  chiqishi  va  og’riq  bo`lmasligidir. 
Buning  miqdori  tomirdan  kelayotgan  qondan  kamroq,  biroq  zarari  kattaroq  va 
oqibati  yomonroq  bo`ladi.  Goho  zotiljam  va  o`pka  yallig’lanishi  kasalligiga 
uchragan  kishilar,  o`pkalarida  olovdek  qaynatuvchi  issiqlik  bo`lganda  ko`pikli  qon 
tuflaydilar.  Goho  o`pka  nayidan  ham  ko`pikli  qon  chiqadi,  lekin  u  ichdan  tortib 
tomoq  qirish  bilan  va  bir  oz  yo`tal  bilan  keladi;  bunda  chiqayotgan  narsaning   
miqdori   ham   kam   bo`ladi   va   bir   oz   og’riq   seziladi. 
        O`pka  tomirlaridan  chiqayotgan  qon  ko`pikli  bo`lmaydi;  u  issiqroq  va 
o`pkadan  keladigandan  ko`ra  quyuqroq,  ko`krakdan  keladigan  qon  quyuqligida 
bo`lmasa ham sog’lom qonga o`xshashroq bo`ladi. 


257 
 
        Ko`krakdan  tuflanayotgan  qonning  belgilari:  qon    rangining  qoraligi, 
quyuqligi  va  masofaning  uzoqligi  sababli  qotganligi  va  bir  oz  ko`pikli  bo`lishidir; 
yana ko`krakda og’riq bo`lib, kasallikning  joyiga belgi bo`ladi; o`sha tomon bosib 
yotilganda, og’riqning  ko`payishi shu  davoni quvvatlaydi. O’sha og’riqning sababi, 
ko`krak  a`zolarining  asabli  bo`lishidir.  Bunda  qon    oz-oz  tuflanib,  uzluksiz 
bo`lmaydi  va  tuflanish  tugallangunicha  kuchli  yo`tal  davom  etadi.  Qonning    mo`l 
chiqishi  tomirlarning    uzilishidan  bo`layotgan  qon  tuflashga  belgi  bo`ladi.  O’yilib 
kelishdan  bo`layotgan  qon  tuflashning  belgisi  o`yilish  sabablarining  oldin  yuz 
berganligi,  ya`ni  o`tkir  narsalarning  iste`mol  qilinganligi  va  o`tkir  nazlalarning 
tushgan bo`lishidir. Bunda isitma ham bo`ladi; yiring yoki po`stga aylangan yiring, 
yoki  o`pka  parchalari  tashlanadi.  Go`sht  selisimon  narsa  tashlanadi.  Qon  tashlash 
dastlabda  oz-oz  bo`lib,  keyin  goho  birdan  ochilib  ketadi  va  yomon  rangli  ko`pgina 
qon tashlanadi. 
        To`liqlikdan 
tomirlar  og’zining  ochilib  ketishi  natijasida  qon 
tashlanishining  belgisi  hech  bir  og’riq  bo`lmaslik  va  qon  tashlanganda  rohat  va 
lazzat  sezilishidir.  Buning  dastlabida  tomir  uzilishi  va  yorilishi  sababli  chiqadigan 
qonning  dastlab  chiqishidan  ko`ra  kamroq  qon  chiqadi.  Biroq  bunda  ko`pincha 
o`yilishdan  chiqadigandan  ko`ra  ko`proq  qon  chiqadi.  Biror  shishdan  sizib 
tuflanayotgan  qonning  belgisi  qonning  kam  chiqishi,  o`pka  yallig’lanishi 
belgilarining va boshqa belgilarning   yuz   berishidir. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish