Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


O`pka kasalliklarida uchraydigan belgilar. Yo`tal



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

O`pka kasalliklarida uchraydigan belgilar. Yo`tal 
         Yo`tal  tabiatning  biror  a`zodan  zararni  haydashiga  vosita  bo`ladigan 
harakatlardan  biridir.  Aksirish  miyaga  nisbatan  qanday  bo`lsa,  yo`tal  ko`krakka 
nisbatan shundaydir. Yo`tal ko`krakning yoyilishi va yig’ilishi, hamda ko`krak-qorin 
to`sig’ining  harakati  bilan  bo`ladi.  Yo`tal  o`pkaga  xos  sababdan  yoki  boshqa 
a`zolarning  hamkorligi  bilan  vujudga  keladi.  Yo`talni  keltirib  chiqaruvchi  sabab 
sirtqi,  yoki  bog’lovchi,  yoki  oldin  keluvchi  sabab  bo`ladi.  Yo`talning  sirtdan 


251 
 
bo`ladigan  sabablari  ko`krak  a`zolarining  mizojini  yoki  shaklini  buzadigan  sirtqi 
sababning  biri  bo`ladi;  masalan,  o`pkaga  yo  ko`krak  mushaklariga,  yoki  bulardan 
boshqalarga ichga tortilgan havodan yoki ichilgan sovuq suv va boshqa narsalardan 
sovuq  tegadi;  shunda  tabiat  zarar  yetkazuvchini  haydash  uchun  harakatga  keladi. 
Yoki yo`talning sababi, o`sha a`zolarga kelgan sirtqi sabablarning boshqa biri bo`lib, 
u  a`zolarni  qizdiradi,yoki  chang,  tutun,  yoki  nordon,  yo  taxir,  yoki  o`tkir  biror 
ovqatning  mazasi  kabi  qurituvchi  yo  dag’al  qiluvchi  narsa  sabab  bo`ladi.  Yoki 
yo`talga  sabab  havodan  boshqani  qabul  qilmaydigan  yo`lga  tushgan  yot  narsa 
bo`ladi. Masalan, bexabarlik yoki so`z bilan ovoralik sababli, o`sha nafas yo`liga bir 
miqdor ovqat yoki ichimlik tushib qoladi va natijada yo`tal paydo bo`ladi. 
        Yo`talni  bog’lovchi  sabablarga  kelsak,  ular  gavdada  bo`lib,  mizojni 
moddasiz  issiqqa,  yo  sovuqqa  aylantiruvchi,  yo  ho`llovchi,  yoki  qurituvchi,  yoki 
safro,  yoki  suyuq  va  quyuq  balg’am,  yoki  savdo  moddali  sabablardan  iboratdir. 
Lekin savdodan yo`tal paydo bo`lishi kam uchraydi. Agar modda yuqoriga quyilib, 
devorda narsa sirg’angandek o`pka nayi bo`ylab sirg’anayotgan bo`lsa, ko`pda yo`tal 
qo`zg’almaydi,  agar  o`pka  nayi  bo`shlig’iga  quyilsa,  yo`tal  qo`zg’aladi.  Modda  
achishtirsa, o`pkada o`rnashib qolsa  va  tabiat uni  haydamoqchi  bo`lsa, yoki  modda 
me`dadan,  yo  jigardan,  yo  ko`krak  a`zolarining  ba`zisidan  ba`zisiga  haydalayotgan 
bo`lsa, yoki ularning o`zida tug’ilsa ham yo`tal paydo bo`ladi. 
          Yo`tal goho uzluksizlikning buzilishi sababli, ko`krak-qorin to`sig’i, o`pka 
yoki tomoqdagi, shuningdek o`pka, ko`krak-qorin to`sig’i, yurak va o`pka orasidagi 
pardadagi zararlar sababli, shu  xil moddani qabul qiluvchi hamma joylardagi shish 
va tiqilmalar sababli ham yuz beradi. 
         Ilgari  bo`lib  o`tgan  sabablar  esa,  to`liqlik  va  gavdaga  oid  sabablarning  
yuqorida  aytilgan  bog’lovchi  sabablardan  oldin  kelishidir. 
        Turli  a`zolarning  hamkorligi  bilan  bo`ladigan    yo`tal  jigar  shishi,  jigar  yo 
qizilo`ngach,  yo  me`da,  yo  sut  bezidagi  ofat  hamkorligi  bilan  bo`ladi;  shuningdek 


252 
 
isitmaga,  ayniqsa,  kuydiruvchi  isitmaga,  yoki  charchashdan  bo`ladigan  bir  kunlik 
isitmaga,  yoki  vabo  isitmasiga  uchragan  butun  gavda  hamkorligi  bilan,  yoki 
isitmasiz gavda hamkorligi bilan bo`ladi. 
         Yo`talning  ba`zisi  quruq  va  ba`zisi  ho`l  bo`ladi.  Qurug’ida  hech  narsa 
tuflanmaydi.  Quruq  yo`tal  moddasiz  issiq,  yo  sovuq,  yoki  quruq  buzuq  mizojdan 
bo`ladi,  goho  ko`krak  atrofida  issiq  shishlar  paydo  bo`la  boshlab,  ular  hali 
yetilayotganda bo`ladi. Goho qattiq shish borida juda quruq yo`tal paydo bo`ladi. 
         Goho  u  jigar  shishlari  va  boyloqlar  atrofidagi  shishlar  sababli,  ba`zi 
vaqtlarda  taloq  shishlari  sababli  paydo  bo`ladi.  Goho  ko`krak  bo`shlig’ini 
to`lg’izgan  modda  sababli  yo`tal  paydo  bo`ladi,  uni  yo`talgina  haydab    chiqara  
oladi. 
           Ba`zan  yo`tal  bilan  no`xat  yoki  do`ldek  toshga  o`xshash  bir  narsa 
to’shadi. Buning sababi quyuq xilt bo`lib, issiqlik  uni toshga aylantirgan.  
           Shiddatli  yo`tal  ko`pincha  qon  tuflashga  olib  keladi.  Yo`tal  goho  qishda 
va  qishsimon  bahorda  ko`payadi.  Ba`zan  mo`tadil  bahorda  ham  ko`payadi.  Shimol 
tomonning  shamoli  esganda  ham  ko`payadi.  Agar  yoz  shimolniki  kabi  va  kam 
yomg’irli, kuz esa janubniki kabi va yomg’irli bo`lsa, qishda yo`tal ko`payadi. 
          Belgilari: Sovuqdan bo`lgan yo`tal sovuqda ko`payib, sovuq kamayganda 
va issiqda kamayadi; yuz qo`rg’oshin rangida bo`lib, tashnalik kam bo`ladi. Ba`zan 
sovuq  yo`talda  nazla  bo`lib,  ko`krakka  bir  narsa  tushayotgani  va  uning  tomoqda 
yoyilayotgani  seziladi.  Moddani  burunga  tortish  va  tomoqqa  tushganini  tomoqni 
qirish  bilan  tashlaganda  yo`tal  kamayadi.  Nazla  yo`llarining  qichishi,  manglay 
tevaragining  tortilishi  va  burun  teshiklarida  tiqilma  bo`lishi  kabi  nazla  belgilari 
ko`riladi.  Bunda  dastlab  tuflash  bilan  hech  narsa  tashlanmaydi;  keyin  xom 
balg’amsimon  bir  narsa  tuflanadi,  keyin  sariq  va  ko`k  balg’am  tashlanadi.  Ba`zan 
o`shanday yo`tal bilan birga  isitma ham  bo`ladi. 


253 
 
         Issiqdan  bo`lgan  yo`talning  belgisi  alangalanish  va  tashnalik  bo`lib,  u 
sovuq  havo  bilan  suvga  qaraganda  tezroq  to`xtaydi,  bunda  yana  yuz  qizil,  tomir 
urishi esa katta bo`ladi. 
        O`pka moddasining ho`lligi, yo`talning keksalarda va ho`l mizojli kishilarda 
paydo  bo`lishi,  tomoq  xirillashining  ayniqsa  uyquda  va  uyqudan  keyin  ko`payishi 
ho`l yo`talning belgisi bo`ladi. 
         Yo`talning  harakat  va  ochlik  bilan  ko`payishi,  tinch  turganda,  to`qlikda, 
hammomga  tushganda  va  ho`llovchi  narsalar  ichilganda  yengillanishi  quruq 
yo`talning  belgilaridir.  Balg’am  tashlashning  bo`lmasligi  yo`tal  turlarining 
hammasida  ham  moddasiz  yo`talning  belgisi  sanaladi.  Balg’am  tashlash  moddali 
yo`talning  belgisi  bo`lib,  balg’amning  xili  moddaning  qanday  ekanligiga  belgi 
bo`ladi.  Shishlar  va  ularga  o`xshashlardan  bo`ladigan  yo`talning  belgisi  issiq  va 
sovuq  zotiljam,  o`pka  yallig’lanishi  kabi    belgilardan  iboratdir.  Yiringlanishdan 
bo`ladigan yo`talning belgisi tomoqdagi og’riq va quruqlikdir, u ko`pincha ho`l ham 
bo`ladi. 
         Yaralardan bo`ladigan yo`talning belgisi shuki, tuflaganda yara qovjirashi, 
yiring,  o`pka  jismi,  yoki  o`pka  nayi  halqasidan  bir  bo`lakning  tushishi  va  shunday 
tuflashning  o`yib  turuvchi  nazlalardan  va  qon  tuflashdan,  yoki  shishlardan  keyin 
bo`lishidir. Quruq yo`tal ko`proq o`pkada modda paydo bo`lganda, biroq haydovchi 
quvvatning o`pkani tozalashga kuchsizligi sababli vujudga keladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish