Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


V-BOB.KO’KRAK  QAFASI  A’ZOLARI  KASALLIKLARI



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

                   V-BOB.KO’KRAK  QAFASI  A’ZOLARI  KASALLIKLARI 
5.1. § . O`pka kasalliklarini sharqona usulda  tashxislash va davolash 
.O`pka nayi va o`pkaning anatomiyasi 
         O`pka  nayi  -  bir-biriga  tutashgan  halqa  va  halqaning  bir  cheti  shaklidagi 
ko`p  tog’aylardan  tuzilgan  a`zodir.  Bu  a`zoning  orqasidagi  ovqat  yo`li,  ya`ni 
qizilo`ngachga  tegib  turadigan  halqalarining  davrasi  qisqa  va  yarim  doiraga  yaqin 
qilib  tuzilgan  bo`lib,  ularning  kesilgan  joyi  qizilo`ngachga  qaratib  qo`yilgan. 
Qizilo`ngachga  o`pka  nayining  tog’aysimon  qismi  emas,  balki  pardasimon  qismi 
tegib, tog’aysimon qismi oldinga qarab turadi. U tog’ay halqalar bir-biriga boyloqlar 
bilan  birikkan  bo`lib,  bu  keyingilarni  parda  bilan  qoplab  turadi.  Ichkari  tomondan 
hammasining  ustidan  silliq  va  bir  oz  quruq  va  qattiq  bo`lgan  parda  o`rab  o`tadi. 
Sirtidan  og’iz  va  hiqildoqqa  yondosh,  yuqori  tomon  uchidan  ham  shunday  parda 
o`rab  o`tadi.  O`pka  nayining  quyi  uchi  ikki  qismga  bo`linadi.  Keyin  ular  harakatli 


245 
 
(arteriya)  va  harakatsiz  (vena)  tomirlarining  shaxobchalariga  yondoshib,  o`pka 
bo`ylab  o`tadigan  ko`p  bo`limlarga  bo`linadi.  Bo`limlarning  uchlari  og’izchalar  -  
pufakchalar  bilan  tugallanadi,  u  og’izchalar  shu    bo`limlarga  ham  shakl  bo`lib, 
ularga yondashib o`tadigan tomirlarning og’izchalaridan ko`ra torroq bo`ladi. 
        O`pka  nayining  tog’aydan  yaratilishi,  uning  ochilib  turishi  va  yumshoqlik 
uni berkilishga majbur qilmasligini ta`minlaydi. O`pka nayi qizilo`ngachdan oldinda 
joylashgan bo`lib, tovushning paydo bo`lishiga sabab yoki yordamchi bo`ladi. O`pka 
nayining pardalar bilan bir-biriga bog’langan ko`p tog’aylardan tuzilishi esa, havoni 
tortish va chiqarish paytida cho`zilishi va yig’ilishi mumkin bo`lishini ta`minlaydi. 
Shunda  quyi  va  yuqoridan  paydo  bo`ladigan  to`qnashishlardan  va  o`zida  ikkala 
tomonga  qarab  bo`ladigan  tortilishlardan  zarar  ko`rmaydi.  Yana  agar  biror  ofat 
yetsa, u tarqalmaydi va o`pka nayining  hammasini   qoplamaydi. 
        Nayning  yumaloq  shaklda  tuzilishi  uning  ixchamroq  va  bexavotirroq 
bo`lishi uchundir. Lekin qizilo`ngachga tegib turadigan joyining davrasi to`la emas. 
Bu ichga o`tadigan luqmani qismasligi va qizilo`ngach eniga cho`zilganda luqmadan 
uzoq  turishi  uchundir.  O`pka  nayi  o`z  kovakligini  go`yo  qizilo`ngachga  beradi. 
Shunda  qizilo`ngach  o`pka  nayi  tomon  kengayib  o`ziga  berilgan  kovaklikka  botib 
kiradi.  Ayniqsa  yutish  bilan  nafas  olish  bir  vaqtda  bo`lmaganidan  ham  shunday 
qilingan.  Chunki  yutish  o`pka  nayining  tepasidan  o`tadigan  ovqat  unga  kirib 
ketmasligi  uchun  uning  yuqori  uchini  birikishga  majbur  qiladi.  Birikishi  uning 
yo`lini  unga  to`nkariluvchi  tog’ay  va  otsiz  tog’ayning  qoplab  olishi  bilan  bo`ladi. 
Yutish va qusish o`sha yo`l og’zini birikishga majbur qiladigan bo`lgach, nafas olish 
paytida u ikkala ishning ham bo`lishi mumkin  emas. 
       Tovush chiqarish uchun "surnay tili" deb ataladigan narsa yaratilgan. Uning 
oldida  o`pka  nayining  uchi  torayib,  keyin  u  hiqildoqqa  borib  kengayadi,  so`ngra 
yana  toraya  boshlab,  keyin  surnaydagi  kabi  keng  bo`shliqqa  o`tadi.  Albatta  tovush 


246 
 
to`xtalib chiqadigan joy tor bo`lishi kerak. Surnay tiliga o`xshash shu  jismning ishi 
tovush urilib chiqishi uchun yopilib va ochilib turishdan iboratdir. 
       O`pka  nayi  ichki  pardasining  pishiq  qilib  tuzilganligi  nazlalar,  yomon 
tupuklar  va  yurakdan  haydalgan  tutunsimon  bug’larning  o`tkirligiga  chidamli 
bo`lishi  va  tovushning  urilishi  sababli  bo`shashmasligini  ta`minlaydi.  O`pka 
nayining  dastlab  ikkiga  bo`linishi  esa  o`pkaning  ikki  bo`lakligi  uchundir.  Venalar 
bilan birgalikda shaxobchalanishi ulardan oziq olishi uchun, shaxobchalar og’zining 
tor qilinganligi esa yurakka boradigan arteriyalarga ular orqali mayin sovuq yelning 
o`ta olishi va ularga qon kirib ketmasligi uchundir. Shaxobchalarga qon kirib ketsa, 
qon tuflash paydo bo`ladi. 
        Hiqildoq - bu tovushning tugal paydo bo`lishi va nafasning saqlanib turishi 
uchun  xizmat  qiladigan  bir  a`zodir.  Uning  ichkarisida  surnay  tiliga  o`xshash  bir 
narsa  bor.  Tanglayning  ro`parasidagi  qismi  surnay  uchini  berkitadigan  o`siqqa 
o`xshaydi va u bilan tovush paydo bo`ladi. 
         Hiqildoq o`pka nayi bilan birgalikda qizilo`ngachga shunday bog’langanki, 
qizilo`ngach  yutimni,  luqmani  tortish  uchun  ichkariga  harakat  qilsa,  hiqildoq 
yuqoriga  ko`tarilib  bekiladi,  shunday  tog’aylar  bir-biriga  zichlashadi,  pardalar  va 
mushaklar  esa  tortishadi.  Ovqat  qizilo`ngachga  ro`para  bo`lgach,  o`pka  nayining 
og’zi  va  hiqildoq  yuqori  tomondan  tanglayga  yopishib  oladi  va  qizilo`ngachga 
kiradigan narsa o`pka nayiga kirishi mumkin bo`lmaydi. Natijada ovqat va ichimlik 
o`pka  nayiga  tushmasdan,  ular  qizilo`ngachga  o`tib  ketadi.  Lekin,  ba`zi  vaqtlarda 
shu    harakat  tugal  bo`lishidan  ilgari  kishi  yutishga  shoshiladi  yoki  ovqatning 
qizilo`ngach  tomoniga  harakati  betartib  bo`lib,  o`pka  nayiga  qisman  kirib  ketadi, 
shunda organizm tinmay yo`talib, uni haydashga intiladi.  
        O`pka  bir  necha  bo`laklardan  tuzilgan.  Bo`laklarning  biri  o`pka  nayining 
shaxobchalari,  ikkinchisi  venasimon  arteriyaning  shaxobchalari,  uchinchisi  esa 
arteriyasimon  venaning  shaxobchalaridir.  U  shaxobchalarni  zarurat  yuzasidan  eng 


247 
 
suyuq va eng latif qondan yaratgan, bir qadar bo`sh, g’ovak va orasiga havo kirgan  
alveolalar,  ya`ni  o`pka  alveolalarini  yig’ib  turadi.  O`pkaning  ozig’i  ham  shu    xil 
qondan bo`ladi. O`pka eti ko`p teshiklik bo`lib, rangi oqimtirdir. O`pkada havoning 
ko`proq joylashishi, yetilishi va chiqindilarning chiqib ketish uchun u g’ovak qilib 
yaratilgan;  jigar  ham  ovqatlik  moddalarga  nisbatan  shunday  yaratilgan.  O`pka  ikki 
bo`lak  bo`lib,  biri  o`ng  tomonda  ikkinchisi  chap  tomonga  joylashgan,  chapdagisi 
ikki shaxobchali, o`ng bo`lagi uch shaxobchalidir. 
         Umuman  o`pkaning  foydasi  havoni  tortish,  havoni  tortishning  foydasi 
yurak  uchun  tomir  urishining  bitta  urishiga  kerak  bo`ladiganidan  ko`ra  ko`proq 
havoni  tayyorlashdir.  Bunday  tayyorlab  qo`yishning  foydasi  esa,  hayvonni  suvga 
sho`ng’igan  paytida  yoki  uzun  va  tutash  tovush  chiqarish  bilan  ovora  bo`lib,  havo 
ololmay  turgan  paytida,  yoki  jirkantiradigan  hidlar  va  boshqa  hollar  va  sabablar 
tufayli  havoni  ichga  tortishdan  jirkanish  paytida  yurak  o`ziga  oladigan  tayyor 
havoning  mavjud  bo`lib  turishidir.  Bu  tayyorlangan  havoning  foydasi  o`zining 
mayin  esishi  bilan  yurakning  issig’ini  mo`tadil  qilishi  va  o`z  mizojidagi  qolib 
moddasi bilan ruhga yordam berishidan iboratdir. Biroq, ba`zilar gumon qilganidek, 
faqatgina havoning o`zi ruhga aylanmaydi, shuningdek, faqatgina suv biror  a`zoda 
oziq  bo`lmaydi.  Lekin,  ularning  har  biri  yo  oziqning  bo`lagi,  yoki  yo`l  boshlab 
o`tkazuvchisi bo`ladi, suv badanga oziq bo`ladi, havo esa ruhga oziq bo`ladi. Badan 
va  ruh  ozig’i  bilan  bularning  har  biri  sodda  jism  bo`lmay,  murakkabdir.  Ruhning 
tutunsimon bo`lib qolgan qismi, ya`ni uning kuygan chiqindisini chiqarib turishdagi 
foyda,  o`pkani  bo`shatib  o`rniga  sovuq  havoni  kiritishdadir.  Chunki  tortilgan 
burungi havo albatta isib ketib , ruhni mo`tadil qilishga uning foydasi tegmaydi. 
        Tomirlar  va  o`pka  nayining  o`pkada  shaxobchalanishidagi  foydaga  kelsak, 
o`pka  nayi  va  venasimon  arteriya  nafas  ishini  bajarishda  hamkor    bo`ladi.  
Venasimon arteriya va arteriyasimon vena  esa o`pkani yurakdan keladigan yetilgan 
tiniq  shirin  qon  bilan  oziqlantirishda  hamkor  bo`ladi.  O`pka  etining      foydasi   


248 
 
oraliqni mahkamlash va shaxobchalarni yig’ib turishdan iborat, uning g’ovakligi esa 
havoni  tortishga  qobiliyatli  bo`lishi  uchundir,  chunki  havo  faqatgina  o`pka  nayiga 
o`tibgina qolmay, balki uning bir miqdori o`pka tanasiga ham o`tadi, g’ovaklik  ko`p  
havo  olishga  imkoniyat beradi, hamda yig’ilish sababli havoni haydab chiqarishga 
yordam  beradi.  Demak,  o`pka  eti  yig’ilish  va  yoyilish  harakatlariga  qobiliyatli 
bo`ladi,  shuning  uchun  o`pka  dam  bilan  yorilmaydi.  O`pka  etining  oqimtirligi  u 
oziqlanadigan narsada havoning ko`pligi va unda havoning ko`p aylanishidan keladi. 
Ikkala bo`lagining biriga zarar yetishi sababli nafas olish to`xtalib qolmasligi uchun 
o`pka    ikkiga    bo`lingandir.  Xuddi  shu    sababga  ko`ra,  har  bir  bo`lagi  ham  ikkiga 
bo`linadi.  O`ng  tomonda  bo`ladigan  uchinchi  bo`lagi  esa  kovak  deb  ataladigan  
tomir uchun  yotar o`rin bo`lib, nafas olish uchun uning ko`pda foydasi yo`q. Yurak 
chapga  bir  oz  moyil  bo`lganidan  ko`krakning  chap  tomonini  egallaydi,  o`ng 
tomonida  shunday  narsa  bo`lmagach,  ko`krakning  o`ng  tomonida  tomirlarga  yotar 
joy bo`ladigan o`pka o`sig’ining turishi yaxshi va kerakli topildi. 
        O`pkani  asabli  parda  o`rab  turadi.  Bu  to`qnashuvchi  narsani  sezish 
uchundir.  Parda  o`pka  tanasiga  kirishgan  bo`lmasa  ham,  uni  qoplab  turadi.  Yana 
o`pkaning o`zi yumshoqligi sababli yurak  uchun   yotish   va   saqlanish   joyidir.  
Ko`krak  ikkita  bo`shliqqa  bo`lingan.  Bo`shliqlar  orasini  ko`krak  suyagi  o`rtasidan 
chiqqan  parda ajratib  turadi. Ikkala  bo`shliqning  biridan ikkinchisiga  yo`l  yo`q. Bu 
parda  haqiqatda  ikkitadir.  Bu  parda  orqadan  umurtqalarga,  yuqoridan  esa  ikki 
o`mrov  suyaklarining  bir-biriga  uchrashgan  joyiga  tutashadi.  Bu  ikki  pardaning 
yaratilishidan  maqsad  ko`krakning  ikki  qismga  ega  bo`lishi  uchundir.  Qismlarning 
biriga  zarar  etsa,  nafas  olish  ishlarini    ikkinchisi  bajaradi.  Qizilo`ngach,  o`pka  va 
ko`krak a`zolarini bir-biri bilan bog’lash o`sha ikki pardaning foydalaridandir. 
           Ko`krak-qorin  to`sig’i  mushaklarining  biridir.  U  uch  qatlamdan  iborat 
bo`lib,  ularning  o`rtadagisi  uning  ishini  bajarilishiga  vosita  bo`ladigan  payning 
o`zidir. Uning yuqorisidagi qatlam ko`krak ichkarisiga yoyilgan pardalar uchun asos 


249 
 
va  o`tirg’ich  kabidir.  Quyi  qatlam  esa,  qorin  ichidagi  a`zolarning  yupqa  pardalari 
uchun  shu    vazifani  bajaradi.  Ko`krak-qorin  to`sig’ida  ikkita  teshik  bor.  Ularning 
kattasi  qizilo`ngach  va  katta  arteriya  uchun  yo`l  bo`lib,  kichigidan  esa  akxal  deb 
ataladigan vena o`tadi. Bu vena ko`krak-qorin to`sig’iga qattiq bog’lanib birikkan. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish