Labda bo’ladigan shish va yaralar Bularni davolashni ko’paygan xiltni bo’shatishdan boshlash kerak. Keyin o’sha
joyga maxsus dorilar ishlatiladi. Labdagi shishlarning hukmi tish milkidagi
shishlarning hukmiga yaqindir. Lekin bularda bir oz kuchliroq doriga qattiq
ehtiyoj tushadi.
Labdagi yaralarda ishlatiladigan mahalliy dorilarga kelsak, ularni halila, huzaz,
gul urug’i, sarv yong’og’i va kurkum ildizi kabi burishtiruvchi narsalardan
tayyorlanadi. Ba'zan u dorilarga dahna toshi, echkining kuydirilgan tuyog’i,
244
kuydirilgan kaklik o’ti, qorakuya va ushna ham solinadi. Lab shishlari va
yaralariga ishlatiladigan yog’lar esa o’rik va hind yong’og’ining yog’idir