V-BOB.KO’KRAK QAFASI A’ZOLARI KASALLIKLARI
5.1. § . O`pka kasalliklarini sharqona usulda tashxislash va davolash
.O`pka nayi va o`pkaning anatomiyasi
O`pka nayi - bir-biriga tutashgan halqa va halqaning bir cheti shaklidagi
ko`p tog’aylardan tuzilgan a`zodir. Bu a`zoning orqasidagi ovqat yo`li, ya`ni
qizilo`ngachga tegib turadigan halqalarining davrasi qisqa va yarim doiraga yaqin
qilib tuzilgan bo`lib, ularning kesilgan joyi qizilo`ngachga qaratib qo`yilgan.
Qizilo`ngachga o`pka nayining tog’aysimon qismi emas, balki pardasimon qismi
tegib, tog’aysimon qismi oldinga qarab turadi. U tog’ay halqalar bir-biriga boyloqlar
bilan birikkan bo`lib, bu keyingilarni parda bilan qoplab turadi. Ichkari tomondan
hammasining ustidan silliq va bir oz quruq va qattiq bo`lgan parda o`rab o`tadi.
Sirtidan og’iz va hiqildoqqa yondosh, yuqori tomon uchidan ham shunday parda
o`rab o`tadi. O`pka nayining quyi uchi ikki qismga bo`linadi. Keyin ular harakatli
245
(arteriya) va harakatsiz (vena) tomirlarining shaxobchalariga yondoshib, o`pka
bo`ylab o`tadigan ko`p bo`limlarga bo`linadi. Bo`limlarning uchlari og’izchalar -
pufakchalar bilan tugallanadi, u og’izchalar shu bo`limlarga ham shakl bo`lib,
ularga yondashib o`tadigan tomirlarning og’izchalaridan ko`ra torroq bo`ladi.
O`pka nayining tog’aydan yaratilishi, uning ochilib turishi va yumshoqlik
uni berkilishga majbur qilmasligini ta`minlaydi. O`pka nayi qizilo`ngachdan oldinda
joylashgan bo`lib, tovushning paydo bo`lishiga sabab yoki yordamchi bo`ladi. O`pka
nayining pardalar bilan bir-biriga bog’langan ko`p tog’aylardan tuzilishi esa, havoni
tortish va chiqarish paytida cho`zilishi va yig’ilishi mumkin bo`lishini ta`minlaydi.
Shunda quyi va yuqoridan paydo bo`ladigan to`qnashishlardan va o`zida ikkala
tomonga qarab bo`ladigan tortilishlardan zarar ko`rmaydi. Yana agar biror ofat
yetsa, u tarqalmaydi va o`pka nayining hammasini qoplamaydi.
Nayning yumaloq shaklda tuzilishi uning ixchamroq va bexavotirroq
bo`lishi uchundir. Lekin qizilo`ngachga tegib turadigan joyining davrasi to`la emas.
Bu ichga o`tadigan luqmani qismasligi va qizilo`ngach eniga cho`zilganda luqmadan
uzoq turishi uchundir. O`pka nayi o`z kovakligini go`yo qizilo`ngachga beradi.
Shunda qizilo`ngach o`pka nayi tomon kengayib o`ziga berilgan kovaklikka botib
kiradi. Ayniqsa yutish bilan nafas olish bir vaqtda bo`lmaganidan ham shunday
qilingan. Chunki yutish o`pka nayining tepasidan o`tadigan ovqat unga kirib
ketmasligi uchun uning yuqori uchini birikishga majbur qiladi. Birikishi uning
yo`lini unga to`nkariluvchi tog’ay va otsiz tog’ayning qoplab olishi bilan bo`ladi.
Yutish va qusish o`sha yo`l og’zini birikishga majbur qiladigan bo`lgach, nafas olish
paytida u ikkala ishning ham bo`lishi mumkin emas.
Tovush chiqarish uchun "surnay tili" deb ataladigan narsa yaratilgan. Uning
oldida o`pka nayining uchi torayib, keyin u hiqildoqqa borib kengayadi, so`ngra
yana toraya boshlab, keyin surnaydagi kabi keng bo`shliqqa o`tadi. Albatta tovush
246
to`xtalib chiqadigan joy tor bo`lishi kerak. Surnay tiliga o`xshash shu jismning ishi
tovush urilib chiqishi uchun yopilib va ochilib turishdan iboratdir.
O`pka nayi ichki pardasining pishiq qilib tuzilganligi nazlalar, yomon
tupuklar va yurakdan haydalgan tutunsimon bug’larning o`tkirligiga chidamli
bo`lishi va tovushning urilishi sababli bo`shashmasligini ta`minlaydi. O`pka
nayining dastlab ikkiga bo`linishi esa o`pkaning ikki bo`lakligi uchundir. Venalar
bilan birgalikda shaxobchalanishi ulardan oziq olishi uchun, shaxobchalar og’zining
tor qilinganligi esa yurakka boradigan arteriyalarga ular orqali mayin sovuq yelning
o`ta olishi va ularga qon kirib ketmasligi uchundir. Shaxobchalarga qon kirib ketsa,
qon tuflash paydo bo`ladi.
Hiqildoq - bu tovushning tugal paydo bo`lishi va nafasning saqlanib turishi
uchun xizmat qiladigan bir a`zodir. Uning ichkarisida surnay tiliga o`xshash bir
narsa bor. Tanglayning ro`parasidagi qismi surnay uchini berkitadigan o`siqqa
o`xshaydi va u bilan tovush paydo bo`ladi.
Hiqildoq o`pka nayi bilan birgalikda qizilo`ngachga shunday bog’langanki,
qizilo`ngach yutimni, luqmani tortish uchun ichkariga harakat qilsa, hiqildoq
yuqoriga ko`tarilib bekiladi, shunday tog’aylar bir-biriga zichlashadi, pardalar va
mushaklar esa tortishadi. Ovqat qizilo`ngachga ro`para bo`lgach, o`pka nayining
og’zi va hiqildoq yuqori tomondan tanglayga yopishib oladi va qizilo`ngachga
kiradigan narsa o`pka nayiga kirishi mumkin bo`lmaydi. Natijada ovqat va ichimlik
o`pka nayiga tushmasdan, ular qizilo`ngachga o`tib ketadi. Lekin, ba`zi vaqtlarda
shu harakat tugal bo`lishidan ilgari kishi yutishga shoshiladi yoki ovqatning
qizilo`ngach tomoniga harakati betartib bo`lib, o`pka nayiga qisman kirib ketadi,
shunda organizm tinmay yo`talib, uni haydashga intiladi.
O`pka bir necha bo`laklardan tuzilgan. Bo`laklarning biri o`pka nayining
shaxobchalari, ikkinchisi venasimon arteriyaning shaxobchalari, uchinchisi esa
arteriyasimon venaning shaxobchalaridir. U shaxobchalarni zarurat yuzasidan eng
247
suyuq va eng latif qondan yaratgan, bir qadar bo`sh, g’ovak va orasiga havo kirgan
alveolalar, ya`ni o`pka alveolalarini yig’ib turadi. O`pkaning ozig’i ham shu xil
qondan bo`ladi. O`pka eti ko`p teshiklik bo`lib, rangi oqimtirdir. O`pkada havoning
ko`proq joylashishi, yetilishi va chiqindilarning chiqib ketish uchun u g’ovak qilib
yaratilgan; jigar ham ovqatlik moddalarga nisbatan shunday yaratilgan. O`pka ikki
bo`lak bo`lib, biri o`ng tomonda ikkinchisi chap tomonga joylashgan, chapdagisi
ikki shaxobchali, o`ng bo`lagi uch shaxobchalidir.
Umuman o`pkaning foydasi havoni tortish, havoni tortishning foydasi
yurak uchun tomir urishining bitta urishiga kerak bo`ladiganidan ko`ra ko`proq
havoni tayyorlashdir. Bunday tayyorlab qo`yishning foydasi esa, hayvonni suvga
sho`ng’igan paytida yoki uzun va tutash tovush chiqarish bilan ovora bo`lib, havo
ololmay turgan paytida, yoki jirkantiradigan hidlar va boshqa hollar va sabablar
tufayli havoni ichga tortishdan jirkanish paytida yurak o`ziga oladigan tayyor
havoning mavjud bo`lib turishidir. Bu tayyorlangan havoning foydasi o`zining
mayin esishi bilan yurakning issig’ini mo`tadil qilishi va o`z mizojidagi qolib
moddasi bilan ruhga yordam berishidan iboratdir. Biroq, ba`zilar gumon qilganidek,
faqatgina havoning o`zi ruhga aylanmaydi, shuningdek, faqatgina suv biror a`zoda
oziq bo`lmaydi. Lekin, ularning har biri yo oziqning bo`lagi, yoki yo`l boshlab
o`tkazuvchisi bo`ladi, suv badanga oziq bo`ladi, havo esa ruhga oziq bo`ladi. Badan
va ruh ozig’i bilan bularning har biri sodda jism bo`lmay, murakkabdir. Ruhning
tutunsimon bo`lib qolgan qismi, ya`ni uning kuygan chiqindisini chiqarib turishdagi
foyda, o`pkani bo`shatib o`rniga sovuq havoni kiritishdadir. Chunki tortilgan
burungi havo albatta isib ketib , ruhni mo`tadil qilishga uning foydasi tegmaydi.
Tomirlar va o`pka nayining o`pkada shaxobchalanishidagi foydaga kelsak,
o`pka nayi va venasimon arteriya nafas ishini bajarishda hamkor bo`ladi.
Venasimon arteriya va arteriyasimon vena esa o`pkani yurakdan keladigan yetilgan
tiniq shirin qon bilan oziqlantirishda hamkor bo`ladi. O`pka etining foydasi
248
oraliqni mahkamlash va shaxobchalarni yig’ib turishdan iborat, uning g’ovakligi esa
havoni tortishga qobiliyatli bo`lishi uchundir, chunki havo faqatgina o`pka nayiga
o`tibgina qolmay, balki uning bir miqdori o`pka tanasiga ham o`tadi, g’ovaklik ko`p
havo olishga imkoniyat beradi, hamda yig’ilish sababli havoni haydab chiqarishga
yordam beradi. Demak, o`pka eti yig’ilish va yoyilish harakatlariga qobiliyatli
bo`ladi, shuning uchun o`pka dam bilan yorilmaydi. O`pka etining oqimtirligi u
oziqlanadigan narsada havoning ko`pligi va unda havoning ko`p aylanishidan keladi.
Ikkala bo`lagining biriga zarar yetishi sababli nafas olish to`xtalib qolmasligi uchun
o`pka ikkiga bo`lingandir. Xuddi shu sababga ko`ra, har bir bo`lagi ham ikkiga
bo`linadi. O`ng tomonda bo`ladigan uchinchi bo`lagi esa kovak deb ataladigan
tomir uchun yotar o`rin bo`lib, nafas olish uchun uning ko`pda foydasi yo`q. Yurak
chapga bir oz moyil bo`lganidan ko`krakning chap tomonini egallaydi, o`ng
tomonida shunday narsa bo`lmagach, ko`krakning o`ng tomonida tomirlarga yotar
joy bo`ladigan o`pka o`sig’ining turishi yaxshi va kerakli topildi.
O`pkani asabli parda o`rab turadi. Bu to`qnashuvchi narsani sezish
uchundir. Parda o`pka tanasiga kirishgan bo`lmasa ham, uni qoplab turadi. Yana
o`pkaning o`zi yumshoqligi sababli yurak uchun yotish va saqlanish joyidir.
Ko`krak ikkita bo`shliqqa bo`lingan. Bo`shliqlar orasini ko`krak suyagi o`rtasidan
chiqqan parda ajratib turadi. Ikkala bo`shliqning biridan ikkinchisiga yo`l yo`q. Bu
parda haqiqatda ikkitadir. Bu parda orqadan umurtqalarga, yuqoridan esa ikki
o`mrov suyaklarining bir-biriga uchrashgan joyiga tutashadi. Bu ikki pardaning
yaratilishidan maqsad ko`krakning ikki qismga ega bo`lishi uchundir. Qismlarning
biriga zarar etsa, nafas olish ishlarini ikkinchisi bajaradi. Qizilo`ngach, o`pka va
ko`krak a`zolarini bir-biri bilan bog’lash o`sha ikki pardaning foydalaridandir.
Ko`krak-qorin to`sig’i mushaklarining biridir. U uch qatlamdan iborat
bo`lib, ularning o`rtadagisi uning ishini bajarilishiga vosita bo`ladigan payning
o`zidir. Uning yuqorisidagi qatlam ko`krak ichkarisiga yoyilgan pardalar uchun asos
249
va o`tirg’ich kabidir. Quyi qatlam esa, qorin ichidagi a`zolarning yupqa pardalari
uchun shu vazifani bajaradi. Ko`krak-qorin to`sig’ida ikkita teshik bor. Ularning
kattasi qizilo`ngach va katta arteriya uchun yo`l bo`lib, kichigidan esa akxal deb
ataladigan vena o`tadi. Bu vena ko`krak-qorin to`sig’iga qattiq bog’lanib birikkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |