Moddani a`zodan qaytarish - hali modda kuchli quyilib, uning miqdori ko`p
bo`lganda bunday qilish yaramaydi, bu narsa ikkita yomon natijaga olib keladi: biri
shuki, u moddani siqib uning harakatiga to`sqinlik qiladi va natijada zo`r og’riq
paydo bo`ladi,- agar shuning kabi hodisa voqe bo`lib qolsa, moddani qaytarishdan
saqlan va yumshatuvchilarni ishlat. Ikkinchisi shuki, qaytarish, ko`pincha, moddani
boshqaruvchi a`zolarga yuborib, ularni xatarga soladi. Lekin modda ko`p
bo`lmaganda yoki uning quyilib kelishi oz bo`lganda, uni og’riqning avvalida,
shunda ham irqunnasodan boshqasida, qaytarishning zarari yo`qdir; irqunnasoda
moddani qaytarish uni chuqurlikda qamab qo`yadi, bunda uni qaytarish oz va
kuchsiz bo`lishi kerak, yoki uni qilmasdan bo`shatish bilan mashg’ul bo`lish kerak.
Kasallikning oxirida esa, tarqatadigan va moddani latiflashtirib chuqurda yuzaga
chiqaradigan narsalarga murojaat qilish kerak. Bu ishni tilib qortiq solish, so`rish,
dog’lash, qizartiruvchi va qavartiruvchi dorilar qo`yish bilan bajariladi. Bular bilan
moddani oqizib bir muddat jarohatni bitkizmasdan qo`yadilar. Sarimsoq va piyoz
qavartiruvchi narsalardandir, biroq balozur asaliga teng keladigan narsa yo`q.
Bulardan keyingi o`rinda yattularning sutlari va anjir suti turadi. Tarqatuvchi va
qavartiruvchilarga yumshatuvchi narsalarni aralashtirish kerak, bo`lmasa, ular
bo`g’imlarda tosh paydo qilishga olib keladi, chunki qavartirish ham quyuq xiltni
quritish jihatidan tarqatish kabidir. Tarqatuvchi va qavartiruvchi dorilarga yog’lar
aralashtirish, sovutuvchilardan esa saqlanish kerak. Kasallikning boshlanishida
bo`shatishdan ilgari bularga kuchli tarqatuvchilarni qo`shish yaramaydi, aks holda u
366
ko`p moddalarni tortib latifini tarqatadi, qolganini esa quyultirib band qilib qo`yadi.
Bunga aksar hollarda rioya qilish kerak, ayniqsa modda yopishqoq yoki savdoviy
bo`lganda shunday qilish lozim.
Og’riq chidab bo`lmaydigan darajada qattiqlashsa, og’riq qoldiradigan narsalarni
ichirmay va surtmay chora yo`q. Surtiladigan narsalar yo moddani yengil tarqatish
bilan yoki uvushtirish xususiyati bilan og’riqni qoldiradi. Zarurat bo`lmaganda
uvushtiruvchilar iste`mol qilinmasin. Shunda ham og’riqning shiddatini bosadigan
miqdorda iste`mol qilish mumkin. Issiqdan bo`lgan bo`g’im og’riqlariga
uvushtiruvchilarni jur`at bilan va ko`plab ishlataver ; ko`pincha uvushtirish pastga
yo`nalib ketayotgan moddani quyultirish jihatidan yuz beradi, bunda u modda
qamalib qoladi. Ma`lum bo`lsinki, uvushtiruvchi dorilarni ishlatishda biridan
ikkinchisiga o`tib turish yaxshiroq bo`ladi. Qay bir vaqtlarda bir dori bir a`zoga
foyda qilib, boshqasiga foyda qilmaydi. Ba`zan u bir vaqtda foyda qilib, keyin zarar
qiladi va og’riqni qo`zg’atadi. Tugal tuzalib va undan keyin to`rt fasl o`tguncha
sharobdan butunlay uzoqlashish kerak. Sharobga odatlangan kishi uni tadrijiy
ravishda tark qilishi lozim, shunda ular siydiruvchilarni ham iste`mol qiladilar.
Siydikni haydovchi dorilar qo`shilgan asal sharobi ularga foyda qiladi.
Bo`g’im og’rig’iga uchragan savdo mizojli kishilarning taloqlarini isloh
qilish, savdo xiltini bo`shatish va badanini oziqlar, ishqalanadigan dorilar va shu
kabi narsalar bilan qo`llash kerak. Ko`p yumshatmasdan zo`r berib tarqatishga o`rin
berilmaydi. Bo`g’im og’rig’iga uchragan kishilar go`shtdan uzoqlashishlari kerak,
hatto, bu illatning sovuqdan bo`lganida ham shunday qilish kerak. Agar go`sht
iste`mol qilish lozim bo`lsa, tog’ qushi, quyon, ohu etlari va umuman chiqindisi oz
go`shtdan iste`mol qilsin.
Agar og’riq oldin orqada paydo bo`lib, so`ng ikki qo`lga o`tsa, xiltni o`zi
moyil bo`lgan tomondan chiqarish uchun qo’l tomiridan qon olish kerak.
367
Bunday kasalliklarda ich surish. Ularda yolg’iz shilliqni surmasdan, balki
safroni ham surish lozim, chunki agar shilliqning yolg’iz o`zini chiqarilsa, u darhol
foyda beradi, biroq safro shilliqni a`zoga yana bir marta oqizib qaytaradi. Ularga
ishlatiladigan surgilar zo`r haroratli va juda kuchli bo`lmasligi kerak, aks holda ular
xiltlarni eritib a`zoga o`zi olganidan bir qancha marta ko`p qilib qaytaradi. Sovuq
xiltni darhol surganidan savrinjonning manfaati ko`p deb e`tiqod qiladilar, bunda
boshqa xususiyat ham bor; surishning ketidan u burishtiradi va kuchaytiradi, natijada
dori bilan tortilgan, biroq nima uchundir chiqmay qolgan chiqindilarning qaytishi
mumkin bo`lmaydi; yana u dori quvvati bilan suyulgan xiltlarning yo`llarga oqishiga
qarshilik
qiladi.
Savrinjonning
boshqa
issiq
mizojli
tarqatuvchi
va
bo`shatuvchilardan farq qiluvchi xossasi shundan iborat; keyingilarning ko`pchiligi
o`tish yo`llarini kengaytirib kengligicha qoldiradigan narsalardir. Lekin savrinjon
me`daga zararlidir,
Shuning uchun uni murch, zanjabil va zira kabi narsalar bilan aralashtirish kerak.
Uning surishi kuchli bo`lsin uchun goho unga sabr va saqmuniyo ham
aralashtiradilar. Ba`zilar so`zanakda ham savrinjondagi kabi ta`sir bor va uning
me`daga zarari yo`q, deydilar. Arman toshi ham bo`g’im og’riqlariga foyda qiladi.
Bu to`g’rida tanilgan dorilardan "najot habi" bilan "sassiq hab"larni ko`rsatish
mumkin. Rufus iyorajining irqunnaso va podagraga foydasi kattadir. O`sma urug’i
ham foydalidir, yana moqudona, bo`zidon, mohnzaqra, tizim gul, lufo, Abu Jahl
tarvuzi, sabr va cho`l qovog’i olinib, bularga isiriq, ushna, anziratgo`shtxo`r, muql
va nazla o`ti qo`shiladi.
Yengil surgi nusxasi retsepti. Zanjabil bir dirham, murg yarim dirham,
daraxt po`kagi yarim dirham, mahsar mag’zi ikki dirham, so`zanak ildizi uch dirham
vaznida; hargal o`n sakkiz qirotdan yigirma to`rt qirotgacha ichiladi. Bu dori kasalni
olti yoki yetti marta ichini surib foyda qiladi.
368
Yana, kirmon zirasi, zanjabil va savrinjonning har biridan bir dirhamdan va
sabrdan ikki dirham olinadi. Bu doridan ikki yarim dirhamni talqon qilib, ukrop
qaynatmasi bilan ichiladi, bu shu vaqtning o`zidayoq foyda qiladi. Yana yong’oq
yog’i va anzirat go`shtxo`r yoki kanakunjut yog’i va anzirat go`shtxo`rni olinib bir
kun iyoraj fiqro bilan va bir kun tanho holda yetti kun iste`mol qilinadi. Ba`zan bu
dorini temirtikan va ukrop suvi bilan qaynatib ishlatiladi. Yana: savrinjon, bo`zidon,
mog’izaqra, murch, zanjabil, Rum arpabodiyoni va yovvoyi sabzidan olib asalga
qoriladi va bundan har kun ichib turiladi. Yana: savrinjondan o`ttiz dirham va Abu
Jahl tarvuzining etidan o`n dirham olib, o`n besh ritl suvda uch ritli qolguncha
qaynatiladi. Bundan har kuni yarim ritlni uch uqiya shakar bilan ichiladi; bu juda
ajoyibdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |