Xafaqon xastaligi , uni tashhislash va davolash
Xafaqon - yurakka aziyat beruvchi -yurakning o’zida, yoki uning g’ilofida
yo yurakka u bilan yonma-yon turgan va hamkor a`zolardan keladigan - har bir narsa
sababli yurakda paydo bo`ladigan uchganga o’xshash bir harakatdir.
Xafaqon goho moddadan, goho moddasiz (sodda) mizojdan, goho shishdan,
goho uzluksizlikning buzilishidan, ba`zan esa chetki biror bir sababdan va qattiq
hisdan (qo’rqishdan) paydo bo`ladi.
Xiltli modda qondan, rutubatdan, savdodan, safrodan va yeldan iborat bo`ladi.
-moddasiz sodda mizojdan bo`ladigan xafaqonda harbir kuchaygan mizoj
yurakda kuchsizlikni keltirib chiqaradi. Kuchsizlik - yurak quvvatining qoldig’i
bo`lsa, iztirob paydo qiladi – go’yo yurak o’zidan zararni haydamoqchi bo`ladi va
natijada xafaqon paydo bo`ladi. Xafaqon haddan tashqari kuchli bo`lsa, hushdan
ketishga o’tadi, behushlik haddan tashqari bo`lsa halok qiladi. Ba`zan har bir
buzilgan sodda mizoj ham xafaqon paydo qilaveradi.
Issiq shish xafaqon paydo qiladi, keyin behushlikni keltiradi, so’ng halok qiladi.
Sovuq shish ham issiq shishga yaqin ba`zan halokatni bir oz kechiktiradi.
283
Uzluksizlikning buzilishi ham qon va ruhning yurakka boradigan yo’llarida,
yurakning yonverida va o’pka bo’laklari hisoblangan, qattiq tomirlarda yuzaga
keladigan tiqilmalar ham shunday holatga olib keladi.
Chetki sababdan bo`ladigan xafaqonning misoli tinkani quritadigan og’riqlar,
yurakka yondosh shishlar moddasining yurakka ko’chishi va zahar ichishdan paydo
bo`ladiganidir; yana jonivorlarning chaqishlaridan paydo bo`ladigan, ichda
bo`ladigan gijjalardan ayniqsa, ular ovqat va axlat to’xtaydigan joylarning
teppalariga chiqqan vaqtda paydo bo`ladiganidir.
Yurak sezgisining nozikligidan bo`ladigan xafaqonga kelsak, yurak uning g’ilofi
o’rtasidagi bo’shliqda, yo g’ilof jismida yoki uning tomirlaridan paydo bo`ladigan
ozgina yeldan, yurakka borib taqaladigan ozgina sovuq yo issiq kayfiyatdan hatto
yurak ishlarini kuchsizlantirmasa ham suv ichishdan keyin paydo bo`ladi.
Hamkorlik sababli bo`ladigani esa, yo isitmalarda, ayniqsa vabo isitmalarida
bo`lgani kabi butun badan hamkorligi bilan bo`ladi. Yurak g’ilofida bo’sh yo qattiq
shish paydo bo`lsa, yurak g’ilofining hamkorligi bilan bo`ladi yoki me`daning
hamkorligi bilan bo`ladi: me`da og’zida yopishqoq, shishasimon xilt yoki
achishtiruvchi safro bo`lsa yoki me`dada ovqat buzilib qolsa, goho me`dadagi xilt yo
uning og’zidagi toshma yaralar yoki qattiq qusishdan keyin bo`ladigan bo’shashuv
sababli me`da hamkorligi bilan xafaqon zo’rayadi, hatto shu hamkorlik xafaqoni
bilan yurakning o’zidagi sabab bilan bo`ladigan xafaqonni ajratib bo’lmaydi. Ba`zan
me`da og’zida ketma-ket o’chish bo`ladi. Bu yurak xafaqoniga juda o’xshaydi.
Gohida o’pkaning yurakka yondosh tomonida tiqilmalar ko`payib nafas
keragicha o’ta olmagach, o’pkaning hamkorligi bilan xafaqon paydo bo`ladi; bu
xafaqon omon qo’ymaydigan nafas siqilishidan darak beradi. Goho buxron sababli
va buxron paytida xiltlarda paydo bo`ladigan harakatlar sababli xafaqon paydo
bo`ladi. Kishi biror kasallikdan keyin xafaqondan shikoyat qilsa, u kishida o’qchish
284
va ko`plab safro tashlab, ko`ngil aynishi bosilmasa, bu yomon va me`da tirishuvidan
dalildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |