Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Ko`krak yaralarini va silni davolash



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Ko`krak yaralarini va silni davolash 
         Yara o`pka nayida bo`lsa, dori unga tez boradi. Kasal orqasi bilan yotishi, 
dorini  og’ziga  olib  turib,  so`lagini  oz-oz  yutishi,  ya`ni    bir  yo`la  ko`p  yutmasligi 
kerak,  chunki  ko`plab  yutish  yo`talni  qo`zg’atadi.  Dorili  so`lak  yo`talni 
qo`zg’atmasdan halqumga borib yetsin uchun halqum mushagini bo`sh tutish kerak. 
U  dorilar  esa  yopishtirish  va  quritish  xususiyatiga  ega  bo`lgan  dorilardan  iboratdir. 
Ko`krak  va  o`pkada  bo`ladigan  va  biz  yuqorida  aytib  o`tgan  yaralarni  davolashga 
kelsak,  buning  uchun  yuvib  tozalovchi  dorilarni  buyurish  zarur.  Kasalga  og’riq 
tomonini bosib yotish, yo`talib turish va qimirlash buyuriladi, yoki u bir oz tebratib 
turiladi.  Ba`zan  yaraga  asal  suvi  yuborilgandan  keyin,  yiringni  tortadigan  qurol 
orqali yaradan yiring chiqariladi. Modda tozalanib undan hech narsa qolmaganligiga 
ishonilsa,  u  paytda  et  undirib  bitiruvchi  dorilar  ishlatiladi.  Tozalab  ketkazadigan 
dorilar ichida bu kasallik uchun asaldan yaxshi dori yo`q. U tozalovchi bo`lish bilan 
birga tabiatga sevimli  va yaralarga zarar qilmaydigan ovqat hamdir. 
       O`pka  yarasiga  kelsak,  u  ikki  xil  tadbir  bilan  davolanadi;  ularning  biri 
haqiqiy davolash, ikkinchisi yaraga to`sqinlik qilib turish bilan davolashdir. Haqiqiy 
davolash, kasallik davolashni qabul qilarli darajada bo`lganidagina mumkin bo`ladi. 
Biz  buni  aytib  o`tdik.  Bu  xil  davolash  yarani  tozalash,  uni  quritish,  undan 
moddalarni haydash, nazlalarni to`xtatish va et unishiga yordam berish bilan bo`ladi.  


265 
 
Qisqasi,  badanni  tozalash,  moddani  boshdan  quyi  a`zolarga  tortish  va  boshda 
chiqindilar ko`paymasligi uchun boshni kuchli qilish, boshdan o`pkaga quyiladigan 
moddani  to`xtatish  va  uni  boshqa  tomonga  tortish  kerak.  Tozalash  tomirdan  qon 
olish bilan ham turli chiqindilarni chiqarib tashlaydigan qo’tsoyo, ayniqsa muql va 
arab  yelimi  qo`shilgan  qo’tsoyo  kabi  dorilar  bilan  bo`ladi.  Ba`zan  savdoli  xiltlarni 
chiqaradigan  devpechak  va  shunga  o`xshash  doriga  ehtiyoj  bo`ladi.  Ba`zan 
chiqindilarni  kamaytirish  uchun  qayta-qayta  bo`shatishga  to`g’ri  keladi.  Bo`shatish 
dori yordami bilan va tomirdan qon olish orqali qilinadi. Keyin dam beriladi, so`ngra 
yana bo`shattiriladi, ayniqsa kuchli badanlarda   shunday qilinadi. 
         Ko`knor  sharbati,  ayniqsa  uning  ko`knordan  qilinganini  va  boshqasini 
iste`mol qilish nazlalar zararini   qaytaradigan   foydali   tadbirlardandir. 
        Havosi  quruq  joylarga  ko`chish,  bemor  tabiatining  shunday  tadbirni  qabul 
qilishiga  yordam  beradigan  narsalardan  sanaladi.  Bemorni  u    yerda    davolab,      sut  
ichirib   turish lozim. 
       O`pka  bo`laklari  bir-birining  ustiga  tekis  tushib  turishi  va    yara  bo`laklari 
doimo  birikkan  va  tabiiy  holatda  tursin  uchun  kasalni  ko`proq  vaqt  bo`ynini 
yuqoriga va  oldinga cho`zdirib,  tikka  vaziyatda  qo`yish kerak. Balg’am  tashlashga 
to`sqinlik  qiladigan  narsalar  orqali  yo`talni  va  tuflashni  hadeb  to`xtayvermaslik 
lozim,  chunki  bunda  bemor  o`zini  yengil  deb  his  qilsa  ham,  zo`r  xavf  bor.  O`pka 
yarasiga  to`sqinlik  qilishga  kelsak,  uning,  yeyilmasligi  va  kengaymasligi  uchun 
qotirish  va  quritish  tadbirini  ishlatish  zarur.  Lekin,  u  bilan  yaraning  et  olib  bitishi 
umid  qilinmasa ham  kasalning umrini bir oz uzaytirishi  mumkin. Lekin  bemorning 
shu    muddatdagi  hayoti  yaxshi  o`tmaydi  va  u  tadbirdagi  eng  kichik  xato    sababli  
qiynaladi.  Shu    qurituvchi  dorilar,  o`pkani  burishtirib,  quritib,  yarasini  bitkazmasa 
ham  biriktiradi  va  toraytiradi.  Shu    tadbirni  qo`llagan  tabib  bemorga  sut  iste`mol 
qildirishi  kerak  emas.  Asal  sil  yarasiga  ishlatiladigan  dorilarning  biriktiruvchisi 
bo`lib  yaralarga      zarar      qilmaydi.  Yaralarni  tozalash  yuqorida  aytilgan  tozalovchi 


266 
 
dorilar bilan va karobodinda sil uchun tayin qilingan zufo qaynatmasi bilan amalga 
oshiriladi.  Ulardan  kuchlirog’i  karobodinda  ko`rsatilgan    yovvoyi  yasmiq  va 
chigitdan tayyorlanib yalanadigan doridir; undan ham kuchlirog’i oq piyozni ot suti 
bilan  qo`shib  tayyorlab  yalanadigan  doridir.  Ba`zan  o`sha  dorilarga  ilashtirib 
yopishtiradigan  narsalarni  qo`shish  kerak  bo`ladi.  Ba`zan  yo`talni  to`xtatish  va 
dorining  qo`nib  ta`sir  qilishi  uchun  uvushtiruvchi  dorilar  qo`shiladi;  Shu    paytda 
kasalni oyoqqa turg’azadigan kuchli ovqatlardan buyurish  kerak bo`ladi. Ularning 
odatdagisi  yovvoyi  yasmiqdan  qilingan  hamda  shom  gandanosi  qo`shib  no`xat, uni 
va  xandarus  o’simligidan  tayyorlangan  suyuq  oshlardir,  yana  suvda  qaynatilgan 
shom  gandanosining  o`zi,  hamda  tozalovchi  va  et  undiruvchi  dorilar  solib 
qaynatilgan  asal  suvlari  beriladi;  yana  kammuniy  va  asonosiyo  kabi  qurituvchi 
ma`jun dorilar va tarkibiga zig’ir qo`shilgan yalanadigan dorilar ishlatiladi. Ammo 
mitridat  va  taryoqni  ma`lum  vaqtlarda,  ayniqsa  kasallikning  dastlabida  bemor  juda 
ozmagan va isitma juda so`litmagan vaqtda iste`mol qilinsa, foyda beradi. Muqrloyi 
ham  shunday.  Shuningdek,  qo`yib  bog’lanadigan  hamma  dorilar,  kompresslar    va  
surtiladigan  dorilar  ham  foyda   beradi.   Ko`krak va o`pka yaralari eskirgan bo`lsa, 
kasalga qatronning o`zi yoki unga asal  qo`shib ertalabki va kechqurun kichkina bir 
qoshiq  yalatish  yoki  oquvchi  may`adan  bir  ozini  asal  bilan  qo`shib  yalatish  foyda 
qiladi. Agar kasalda harorat yuqori bo`lib, tozalovchi issiqlik dorilarni ishlatish xavf 
tug’dirsa,  sovuqliklari  esa  foyda  qilmasa,  tulki  o`pkasi,  arpabodiyon  urug’i, 
chuchukmiyaning  qaynatib  quyultirilgan  toza  shirasi  va  sunbulsoch  shirasi  olib 
shakarning quyultirilgan suvi bilan qo`shib beriladi. Bu juda foyda beradi. Goho shu  
kasallikda  qurituvchi  va  tozalovchi  tutatiladigan  dorilarning  turli  xillari  ham 
ishlatiladi;  ularni  tutatib  voronka  orqali  burunga  yuborish  foydalidir.  Ulardan  biri 
zirnix  va  murchdan  iborat  bo`lib,  uni  tuxum  oqi  bilan  qo`shib,  qo`lak  qilib 
ishlatiladi.  Yana  biri:  shirin  zaytunning  yaprog’i,  taka  buyragining  charvisi,  zirnix 
bir xil  miqdorda  olinadi,  yana  tuxum  po`chog’i  va  zirnixni taka  buyragining  yog’i 


267 
 
bilan, yoki zirnixni qo`y yog’i bilan qo`shib ishlatiladi. Yana: zirnix, aristoloxiya va 
kovul  ildizining  po`stlaridan  barobar  bo`laklarni  olib  asal  va  yog’  bilan  qo`shib 
tutatiladi.  Shuningdek,  sanavbar  cho`pi  va  qatron  quyqasi  ham  ishlatiladi.  Yana 
kunjut  yog’i  bilan  qo`shilgan  sariq  zirnix  tutatiladi.  Kasalning  mizoji  ortiqcha  isib 
ketgan paytda bir necha kungacha kofur kulchasi bilan davolanadi, undan keyin yana 
qurituvchi dori ishlatiladi. 
          Bunday  kasalning  ovqatiga  kelsak,  unga  o`rmon  kakligining  pishirilgan 
go`shti  beriladi.  Kasallikning  boshida  suv  qo`shilmagan  holisog’  sharobdan 
tiyilmaydi. U doimo rayhon hidlab turishi, doimo dam olishi va tinch yotishi kerak. 
G’azablantiradigan  va  asabiylashtiradigan  ishlarga  urinmasligi  ham  kerak;  unga 
g’amgin qiladigan   xabar   bildirilmaydi.  
          Shu    kasallikka  uchragan  kishi  yil  bo`yi  har  kuni  istagancha  shakarli 
gulhandni  iste`mol  qilib  turadi,  hatto  anchagina  miqdorda  bo`lsa  ham  non  bilan 
yeyishga buyuriladi, keyin u kishining ahvoli kuzatib boriladi: agar gulning quritishi 
sababli nafasi qissa, kerakli miqdorda zufo sharobi, isitmasi ko`tarilganda esa kofur 
kulchalari  ichiriladi.  Shunday  davolash  o`zgartirilmay  borilsa,  natijada  kasal 
sog’ayadi.    Goho  gavdaning  quruqligi  va  so`lishi  sut  yoki  ayron  iste`mol  qilishga 
muhtoj  qiladi.  Bu  narsalarda  ovqatlik,  badanni  qo`llash,  buzilgan  xiltni  mo`tadil 
qilish  xususiyati  bor;  ulardagi  pishloq  bo`ladigan  modda  yarani  yopishtiradi,  sut 
o`zining  suvi  bilan  yara  zardobini  va  yiringini  ketkazadi.  Hatto  qotirilishi  maqsad 
bo`lmagan  o`pka  yaralarini  ham  ko`pincha  u  sog’aytiradi.  Sutlarning  eng 
yog’adigani  xotinlarning  ko`kragidan  emiladigan  sut,  keyin  ot  suti,  undan  keyin 
echki  suti  turadi,  ayniqsa  echki  suti  burishtirish  uchun  muvofiq  bo`ladi.  Tuya  suti 
ham  tozalovchi  va  balg’am  tashlashni  osonlashtiruvchi  narsalardandir,  lekin, 
gumonimcha,  bunda    sutlardagidek  oziqlik  yo`q.  Sigir  va  qo`y  sutida  esa  g’alizlik 
bor. 


268 
 
         Sog’iladigan  hayvonni  ta`sir  va  xususiyati  zarur  bo`lgan  o`simliklar  bilan 
bog’ish  kerak.  Yarani    bitirish  ta`siri  zarur  bo`lsa,  hayvonga  qizil  tasma,  jumro’t, 
"kambag’allar  arqoni"  va  shunga  o`xshashlar  beriladi;  tozalovchi  va  balg’am 
tashlatuvchi dorining ta`siri kerak bo`lsa, tog’ jambil  kabi o`simliklar beriladi. Sut 
ichish bilan shug’ullanadigan kishi boshqa tadbirlarga ham rioya qilishi kerak, agar 
u  biror  narsada  xato  qilsa,  sut  ba`zan  zararli  bo`ladi.  Tabobatni  kamolga 
yetkazuvchilardan biri sut ichirish  yo`lini  bayon  qildi. Bizning tuzatishimiz bilan 
uning  aytganlari  mana  shu  :  tuqqaniga  to`rt  oy  yoki  besh  oy  bo`lgan  ot  saylab 
olinadi. Uni sog’ishdan avval xurmachani suv bilan yuvish kerak, agar xurmachaga 
ilgari sut sog’ilgan bo`lsa, uni issiq suv bilan yuvib ichiga yana issiq suv quyiladi va 
ichidagi narsalar suvga yorib chiqsin uchun qo`yib qo`yiladi. Keyin u yana issiq va 
sovuq  suv  bilan  yuviladi.  So`ngra  xurmachani  issiq  suvga  qo`yib,  unga  yarim 
sukurraja sut sog’iladi, kasallik bexavotir bo`lsa, birinchi kunda ichiladigai sut shu  
miqdorda  bo`ladi.  Aks  holda  mo`ljalga  qarab  keragicha  ichiriladi.  Ikkinchi  kuni 
shunga ikki qissa sutni o`shanday sog’ib ichiriladi, agar birinchi kunda ich to`xtalib 
qolsa,  ikkinchi  kuni  ichiriladigan  sutga  bir  oz  shakar  qo`shiladi.  Uchinchi  kuni  esa 
birinchi  kuni  qilingani  ichiladi.  Uchinchi  kuni  ich  yumshamasa,  ayniqsa  uchinchi 
kunning  oxirigacha  ham  yumshamasa,  ikki  sukurraja  sutni  ikki  dona  hind  tuzi  va 
yarim  dirhamdan  bir  yarim  dirhamgacha  kraxmal  bilan  qo`shib  ichirish  kerak. 
Doimo sutni har kuni yarim sukurraja dan orttirib boriladi. Oltinchi kunga borganda 
ham  ich  yumshamasa,  uch  sukurraja  sutni  olib  unga  shakar,  tuz,  bodom  yog’i    va 
kraxmal aralashtirasan. Ich uch martadan ortiq kelib tursa, bundan keyin sutga hech 
narsa  qo`shma  oz  sutni  kamaytir.  Umuman,  ich  bir  kecha  kunduzda  uch  martadan 
ortiq  va  ikki  martadan  kam  kelmasligi  kerak.  Agar  bemor  shu    tadbir  bilan 
foydalansa,  sutni  uch  hafta  ichir.  Tabobatni  kamolga  yetkazuvchilardan  birining 
aytishicha,  ot  yoki  boshqa  hayvonlarning  sutini  ichirishda  ularni  yog’och  idishda 
saqlash yaxshiroq. Burishtirish va quritish bilan birga latiflashtirib tozalovchi o`tlar, 


269 
 
masalan,  "yorma"  boshqa  o`tlar,  yana  darmana    qaysum,  julah  va  maymunjon  bor 
joylarda  o`tlaydigan  hayvonning  suti  eng  yaxshi  sutdir.  Echki  sutining  yangi 
sog’ilganiga bir oz suv aralashtirib ichirish eng to`g’ri tadbirdir. Yetilib  suv qismi 
ketgunicha  bir  necha  marta  toshni  qizdirib  sutga  tashlab  olinsa,  bu  -  olovda 
qaynatilganidan  ko`ra  yaxshiroq  hazm  bo`ladi.  Tabiatni  yumshatishni  ham  nazarda 
tutish  kerak,  lekin  sutdan  me`da  buzilib,  ich  ketsa,  sutga  "er  olati"  qo`shish  kerak 
yoki ko`p yo`talish paydo bo`lsa, sutga bir dirham vaznida katiro qo`shiladi. Me`da 
kuchsiz  bo`lsa,  sutga  zira  va  qora  zira  qo`shiladi.  Qaynatilgan  sutni  sil  kasalligiga 
uchragan  kishi  singdira  olsa,  bu  uning  uchun  yetarli  ovqat  bo`ladi.  Sil  kishi  sut 
ichgandan  keyin  isitma  chiqarsa,  sutni  to`xtatish  kerak.  Isitma  o`rayganda  va  ich 
surganda ayronga    ehtiyoj seziladi, bu juda    foydali. Ayronning eng yaxshisi shu : 
qatiqning hamma yog’ini olgandan keyin, bir kecha havosi mo`tadil joyga qo`yiladi, 
keyin ertasiga bo`laklari bir-biriga yaxshi aralashgunicha qattiq chayqatiladi. Keyin 
oq toza bug’doy unidan qilib chaqich bilan chaqichlangan va forscha barozada deb 
ataladigan  kulchalarni  olib, uning o`n dirham  vaznidagisiga  ayrondan o`ttiz  dirham 
vaznida  quyib  qatiq  bilan  beriladi.  Ikkinchi  kuni  ayrondan  o`n  dirham  ko`paytirib 
nondan  bir  dirham  vaznida  kamaytiriladi.  Ayronning  yolg’iz  o`zi  qolgunicha, 
shunday  qilib  boriladi.  Keyin  kasallik  pasaysa  va  sog’ayish  belgilari  yuz  berib, 
ayronga ehtiyoj qolmasa, aksincha tadbir qo`llab, ayron doimo kamaytirilib, kulcha 
ko`paytiriladi, nihoyat sut va ayron to`xtatiladi. Agar ba`zi kasallarda me`da buzilib, 
ich  ketish  paydo  bo`lsa,  ayronga  qizdirilgan  temirni  bir  necha  marta  tashlab 
olishning zarari yo`q.  
          Ovqatlarga  kelsak,  ularni  oq  non,  umoch  oshi  va  qo`noq  oshi  kabi 
yopishtiruvchi  narsalar  bilan  ovqatlantirish  kerak.  Guruch  ham  tozalaydi  va  et 
undiradi. Yaxshi qaynatilgan arpa oshi yopishtiruvchi va tozalovchi bo`lib, u isitma 
qattiqlashgan paytda ham foyda beradi, ayniqsa uni qo`l- oyoqlari yulinib, kul va suv 
bilan  qayta-qayta  yuvilgan  qisqichbaqalar,  xususan  sovuqlik  sabzavotlar  hamda 


270 
 
yasmiq  bilan  yeyish  yaxshi.  Yana  kraxmal  va  bodring  bilan  tayyorlangan  ovqatlar 
ham  foyda  qiladi.  Qovun  balg’am  tashlashni  osonlashtiradi.  Isitma  yengil  bo`lsa, 
karam, morcho`ba va tozalovchi dorilardan ko`ra yaxshiroq davo yo`q. Ammo tuzli 
baliqni bir marta yoki ikki marta yeyilsa, tozalashga foyda qiladi, yara yomon sifatli 
bo`lsa,  sho`r  baliqdan  va  butun  sho`r  narsadan  saqlanish  kerak.  Go`sht  bilan 
ovqatlantirmoqchi  bo`linsa,  kaklik,  tovuq,  to`rg’ay  va  chumchuq  go`shtlari  kabi 
go`shtlarni  berish  kerak;  ular  yog’li  bo`lmasligi  kerak.  Quritishi  va  et  undirishi 
kuchliroq bo`lishi uchun o`sha go`shtlarni qovurib yedirish yaxshiroq. Pochalar ham 
yopishqoqligi  sababli  foydalidir,  kabob  qilingan  baliq  ham  shunday.  Kasal  sho`rva 
ichishni  istasa,    uni      asal    bilan    aralashtirib    berish  kerak.  Kasalning  jigarida 
tiqilmalar  bo`lmasa,  uni  ovqatdan  oldin  yoki  keyin  hammomga  tushirish  mumkin. 
Hammom  ularni  semirtiradi  va  kuchli  qiladi.  Ular  ichadigan  suv  yomg’ir  suvi 
bo`lishi kerak. 
          Sil kasalligiga uchragan kishilarda, biz yuqorida aytganimizdek, ko`pincha 
qon  tuflash  paydo  bo`ladi.  Bunga  qarshi  ishlatiladigan  yaxshi  kulchalarning  biri 
quyidagi  tarkibdagisidir:  muhr  loyidan  uch  dirham,  kraxmal,  arman  loyi  va  qizil 
gulning  har  biridan  to`rt  dirham,  qahrabo  va  mirta  donidan  olti  dirhamdan, 
kuydirilgan  qisqichbaqa  va  semizo`tning  har  biridan  o`n  dirham,  marjon,  katiro, 
taboshir va shodananing har biridan besh dirham, dudiy yelimi va taka soqoldan yetti 
dirhamdan olinadi. Shularni bog’ semizo`tining suvi yoki yangi guldan olingan suv 
bilan qorib kulcha tayyorlanadi va u tarrak suvi yoki yomg’ir suvi bilan ichiriladi.          
Ko`pincha  sil  kasalligiga  uchragan  kishilarning  tilchalari  tushadi  va  shu    sababli 
ularda xirillash va pishillash paydo bo`ladi, natijada ba`zan uni qirqishga ham to`g’ri 
keladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish