Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   204
Bog'liq
dorivor

Uchinchi Rais a`zo jigar 
shaxsni sog’lom saqlash uchun ozuqa moddasi unga 
tayyorlovchi a`zolar oshqozon va ichaklardan masoriqo tomirlari orqali oladi, 
demak, jigarning foydali ish bajaruvchi a`zolari oshqozon va ingichka ichaklar 
bo`lib hisoblanadi. Olgan ozuqa moddasi xilusni jigardagi oziqlantiruvchi quvvatlar 
orqali hazmi tugal bajariladi va xilusdan xiltlar hosil bo`lib, vena tomirlari orqali 
o`tkazilib butun tana a`zolari bo`ylab tarqaladi va tana oziqlanadi. Demak, jigarni 
o`tkazuvchi ya`ni foydali ish bajaruvchi a`zosi jigardan chiquvchi vena qon 
tomirlaridir.


54 
To`rtinchi Rais a`zo moyaklar
. Moyaklarni rais a`zo turkumiga kiritishdan 
maqsad turni saqlashdan iborat bo`lib, moyaklar inson naslini doimiyligini 
ta`minlovchi a`zodir. Shuning uchun uni rais a`zolar turkumiga qo`shamiz.
Moyaklarda maniyni hosil bo`lishi jigardagi hosil bo`lgan ozuqani sifatiga, 
yurakda shakllangan hayotiy ruhni sifati va miqdori, bosh miyadagi shakllangan 
nafsoniy ruh va quvvatlarning sifatlariga bog’liq bo`lib, bu uchala rais a`zo va ikkala 
buyrak tayyorlash ishini bajaradi. Ya`ni bu to`rttala a`zo moyaklarda maniy hosil 
bo`lishida moddiy manbalar vazifasini o`tovchi foydali ish bajaruvchi, xizmat 
qiluvchi a`zo bo`ladi.
Moyaklarda hosil bo`lgan maniyni o`tkazuvchi, ya`ni foydali ish bajaruvchi 
a`zosi, moyaklardan zakarga keluvchi yo`llar va zakardagi siydik o`tuvchi kanal 
hisoblanadi. Chunki jinsiy aloqa qilganda maniyni, ayollar jinsiy a`zosi orqali 
bachadon og’ziga yetkazuvchi a`zo, yuqorida zikr qilingan a`zolar hisoblanadi.
Qurol a`zolar. 
Qurol a`zolarga qo`l, oyoq, yuz, bosh va ko`krak qafasi kiradi. Bu a`zolarni 
qurol a`zolar deyishimizga sabab, ular rais a`zolar vazifasini va harakatlarini tugal 
bajarishi uchun qurol va vosita vazifasini bajaradilar: chunonchi ko`krak qafasi
ko`krak a`zolarini himoya qilish bilan birga nafas olish aktida qatnashadi va 
o`pkadagi gazlar almashinuvida bilvosita ishtirok etadi yoki qo’l va oyoqlarda 
hayotimizda asosiy harakat va ishlarni bajaradigan qurol a`zolardir.
Arterial qon bilan bosh miyaning oldingi qorinchasiga yetib kelgan hayotiy ruh 
uning mizojini qabul qila boshlaydi va unda sifat o`zgarishi natijasida nafsoniy ruh 
shakllana boshlaydi. O`rtà qorinchadan o`tib oxirgi to`rtinchi qorinchaga yetib borib 
to`liq shakllanib yetiladi, ana shu shakllanish jarayonida birinchi qorinchada 
o`rnashgan tashqi sezgi quvvatlarni qabul qilib, ko`rish, eshitish va ta`m bilish 
a`zolarini faoliyatini amalga oshiradi. Agar bu joyda nafsoniy ruhning sifati yoki 
o`tishi qiyinlashsa, a`zo o`z faoliyatini qisman bajaradi yoki umuman yo`qotadi. 


55 
O`rta qorinchada esa ichki idrok quvvatlarini qabul qilib, yod olish, tafakkur, 
fikrlash qobiliyatini harakatga keltirsa, orqa qorinchada to`liq shakllanib yetilgan 
nafsoniy ruh a`zolardagi bukilish va yozilish, sezish, esda saqlash va farosat kabi 
faoliyatlarni shakllantirib harakatga keltiradi
1.Arterial qon tarkibida rais a`zo jigarga yetib kelgan hayvoniy ruh, uning 
mizojini qabul qilib sifat o`zgarishi natijasida tabiiy ruhga aylanib xizmat qilinuvchi 
va xizmat qiluvchi quvvatlarni qabul qilib shaxsni saqlaydi, agar o`sish yoshida 
bo`lsa, uni o`stiradi, ya`ni jigarda kechadigan hazm jarayonini bajaradi va 
organizmni oziqlantirish uchun oraliq mahsulot kaymus va tabiiy xiltlarni hosil 
bo`lishini ta`minlash bilan birga qon tarkibida organizm a`zolariga iste`mol 
mahsulotini suvli qismini siydik sifatida ajralishini bajaradi.
2.Rais a`zo -moyaklarga yetib kelgan hayotiy ruh, uning mizojini qabul qilib, 
sifat o`zgarish natijasida, tabiiy ruhga aylanib, navni saqlovchi, shakl beruvchi 
quvvatlarni harakatga kelishini ta`minlaydi. Tuxumdonlarga yetib borgan hayotiy 
ruh mizojini qabul qilishi va sifat o`zgarishi natijasida tabiiy ruhga aylanib, tuxum 
hujayralarini oziqlanishi va yetilishini ta`minlaydi.
Agar tabiiy va nafsoniy ruhlarning sifati, miqdori va yetib kelishida biror 
kamchilik kuzatilsa, a`zolar o`z faoliyatini nuqsonli bajarishi yoki umuman 
bajarmasligi mumkin.
Agar hayotiy ruh sifatida o`zgarish bo`lsa kasallik paydo bo`ladi. Mabodo 
uning hosil bo`lishi to`xtasa yoki u tarqalsa o`lim sodir bo`ladi.

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish