Buzilgan quruq mizojning belgilari.
Tilning haddan tashqari quruqligi, badanning ozishi va tabiiy qotmalikdan ko’ra
ko`proq qotmaligi, rutubatli ovqatlarning va rutubatli havoning yoqishi belgi bo`ladi.
300
Buzuq ho’l mizojning belgilari
.
Bu mizojga kam tashna bo`lish, rutubatli ovqatlardan nafratlanish, ularning zarar
qilishi, oz va quruq ovqatning foyda qilishi belgi bo`ladi. Yana bunga so’lak va og’iz
suvining ko`pligi ham dalolat qiladi, agar bu holat ochlikda yuz bersa, ko`pincha
me`dadagi harorat va rutubatga dalil bo`ladi, goho haroratning yolg’iz o’zidan ham
shunday bo`ladi. Ko`pincha ayrim kishilarda me`daning og’zida ho’llab turuvchi
rutubat bo`ladi. U kishi har vaqt biror narsa yeganidan so`ng o’rnidan qo’zg’alsa,
qusib tashlaguday bo`ladi. Shu hol goho me`da kuchsizligidan ham bo`ladi, lekin
bunda yuqorida aytilgan me`da kuchsizligining belgilari ham bo`ladi. Bu narsa
me`da bo’shlig’ida va ovqat yemaganda ham bo’laveradi. Oldingi hol esa faqatgina
ovqat yeganda paydo bo`ladi.
Me`daning buzilgan sovuq ho’l mizojini davolash
Bu mizoj moddali bo`lsa, qonun va qoidalarda aytilganiga muvofiq bo`shatilsin.
Agar modda ko`p bo`lmasa, bu haqida tajriba egalarining mashhur yo`llari bor.
Modda bo`lmaganda ovqatlantirishdagi yo`l mana shunday kasalni burishtirishi va
achchiqligi bor narsalar bilan ovqatlantiriladi, shunda ular burishtirish xususiyati
bilan quritadi va achchiqligi bilan qizitadi.
Taxir sharob ham shular jumlasidandir. Ichiladigan dorilardan erman qo`shilgan
dorilar, erman sharobi, ermanning o`zi va behi bilan tayyorlanadigan dorilar beriladi.
Qo`yib bog’lanadigan, surtiladigan va ishqalanadigan dorilarga kelsak, qo`yib
bog’lanadiganlarni amom, xushbo’y qamish, sunbul, sodaj, ladan, mukl, gulsafsar
ildizi, bal'zam, uning yog’i va urug’i va may`a yelimidan tayyorlab ishlatiladi.
Surtiladigan dorilar mastaki yog’i, zaytun yog’i, rum sunbuli yog’i va behi yog’idan
tayyorlanadigan mumli yog’lar bo`ladi. Agar bular yetarli ta`sir qilmasa, tarqatuvchi
quyuq surtmalarni va tog’ gazago`tining yelimidan tayyorlanadigan dorini
ishlatadilar.
301
Kuchli quyuq surtmalardan biri mana bu za`faron shom sunbuli, mastaki va
balzam yog’ining har biridan bir bo`lak asaldan uch bo`lak, murrdan uch bo`lak,
saqichdan bir yarim bo`lak, farfiyundan bir bo`lakni olib shu tarkibdan quyuq
surtma dori qilinib ishlatiladi bundan ozgina ichilishi ham mumkin.
Yana boshqa quyuq surtma to’rt bo`lak ma’ya yelimi, uch bo`lak mum, ikki
bo`lak kiyik iligi, bir bo`lak saqich, bir yarim bo`lak balzam yog’i va ikki bo`lak
Rum sunbulining yog’idan tayyorlanadi.
Boshqa quyuq surtmaning tarkibi: uch bo`lak ma’ya yelimi, uch bo`lak kiyik
iligi, uch bo`lak qizil sabr va ikki bo`lak mastaki. Yana tarkib: sakkiz bo`lakdan
maya yelimi va rum sunbulining yog’i, uch bo`lak balzam yog’i, besh bo`lak mum
olib, mumli yog’ tayyorlab ishlatiladi.
Solishtirish usuli qiyos bilan davolovchilar esa oldin kasalni mo`tadil
badantarbiyaga, yaxshi kaymusli, hazmi oson ovqatlarni ozgina va hazm qilinadigan
miqdorda iste`mol qilishga buyuradilar. So`ngra bulardan sekin-asta aytib o’tilgan
dorilarni va ularning o’rniga o’tadigan, xushbo’y issiqlik juvorishinlarni iste`mol
qilishga o’tadilar ularni kasallikka qarshi turish talab qilganiga qarab mo`tadil yoki
mo`tadildan ko`proq miqdorda beriladi, shunda me`da mizoji mo`tadil bo`ladi.
Falofiliy va kammuniy shu juvorishinlardan sanaladi.
Yaxshi dori: tog’ archasining urug’i, saqich va murchning har biridan bir bo`lak.
Atrogilon shahridan keltiriladigan murr,- gumonimcha, bu may`a yelimi bo`lsa
kerak,- va Rum sunbulining har biridan ikki bo`lak fo’trosoliyun, ya`ni tog’
petrushkasi va Rum sassiq kavragining har biridan yarim bo`lak olib yetarli
miqdordagi asal bilan qorib ishlatiladi. Agar me`da mizojining sovuqligi undan
kuchliroq bo`lsa, amrusiyo va sajazoniyo ichiriladi. Dengiz piyozining ichimligi ho’l
moddali va rutubati quyuq hamma me`da kasalliklariga foydali dorilardan sanaladi
uning tarkibi: tozalab to’g’ralgan dengiz piyozidan uch man olib shisha idishga
solinadi va olti oy idishning og’zini berkitib qo’yiladi.
302
Do'stlaringiz bilan baham: |