Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Yurakka ta`sir ko’rsatadigan sabablar



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   204
Bog'liq
dorivor

Yurakka ta`sir ko’rsatadigan sabablar 
Yurakka ta`sir ko’rsatuvchi sabablarning ba`zilari yurakka xos, ba`zilari esa turli 
mizojlarni, turli shishlarni paydo qiluvchi, uzluksizlikni buzuvchi va shularga 
o`xshash yurakka va boshqa a`zolarga umumiy bo`lgan sabablardir.
Ammo yana nafas olish jihatidan va turli hissiy kechinmalar jihatidan paydo 
bo`ladigan va faqat yurakka xos boshqa sabablar ham bor. 
Nafas olishda nafas siqilsa yo juda issiq, yoki juda sovuq nafas olinsa, undan 
albatta yurakka zarar yetadi. Tug’ma issiqlikni ichga bo’g’ib qamashda yoki uni 
sirtga tarqatishda haddan tashqari ta`sir ko’rsatadigan har bir sabab hushdan 
ketkazishgacha, hatto halok qilishgacha olib boradi.
Shunday hissiy kechinmalardan biri bo`lgan g’azablanishning ta`siri 
hammasinikidan kamroq bo`ladi, chunki g’azablanishning halok qilishgacha olib 
borishi kam uchraydi.
Uyqusizlik va haddan tashqari ko`p badantarbiya va shularga o`xshashlar ruhni 
tarqatishi sababli yurakni kuchsiz qiladi.
Yurakni davolashning umumiy qoidalari 
Ammo bu yerda faqat tib kitoblarida aytilishi kerak bo`lgan qoidalarga amal 
qilib o’tamiz: yurak boshqaruvchi a`zo va hamma boshqaruvchi a`zolarning eng 
birinchisi va eng muhimi bo`lgani uchun uni dorilar bilan davolashdagi dadillik, 
yurak xiltini bo’shatmoqchi bo`lsak ham yoki mizojini almashtirmoqchi bo`lsak ham
ehtiyotlik bilan ish olib borish kerak. 
Tomirlardan qon olib bo’shatishga kelsak, biz u bilan davolashga 
kirishganimizda tozalovchi boshqa tadbirlar bilan qo’shib qilishga ehtiyoj 
sezmaymiz, balki bizga ko`proq lozim bo`ladigan narsa unday bo’shatishni haddan 
tashqari qo’llab, kasalning quvvatini tushirib yubormaslik va agar quvvat ozgina 
susayib yurakning sovuq yoki issiq mizoji sababli kuchsizlanganda uni ko’taruvchi 
narsalar bilan kuchaytirish lozimdir.


274 
Bu faqatgina qon olishgagina tegishli emas, balki qon olishda garchi qattiqroq 
ehtiyot qilinsa ham, boshqa hamma bo’shatish tadbirlariga ham tegishlidir.
Qon olishdan boshqa tadbirlarni ishlatishga ehtiyoj qolmasligining sababi qon 
olishning yurakka borib to’shadigan dori bilan bo’lmasligidadir; shu bilan birga 
yurakda bo`ladigan toliqishlarning ko`pi qon va bug’dan bo`lib, tomirdan qon olish 
har ikkalasining ham zararini qaytaradi.
Agar to’liqlik qondan bo`lsa, o’ng bosliqdan, bug’dan bo`lsa, so’l boslikdan qon 
olinadi. 
Dorilar bilan bo`ladigan bo’shatishlarga kelsak, bunda yuqorida aytilgan tadbirga 
boshqa tadbirlarni ham qo’shish kerak, chunki bo’shatuvchi dorilarning ko`pi 
badanga qarama-qarshi bo`lganidan, ularni yurak dorilari bilan birgalashtirish kerak, 
yurak dorilari esa o’z xossalari bilan yurakka quvvat beradigan dorilardir.
Yurak xiltini bo’shatishda ishlatiladigan dorilarga yurakka munosib bo`lgan 
taryoqlik va bodzahrlik dorilar aralashtiriladi. O’sha dorilarning ko`pi, hatto juda 
ko`pchiligi, boshqa tomondan ham foyda yetkazadi: ular bo’shatuvchi dorilarni 
yurakka o’tkazadi va yurakdan boshqaga o’tishdan qaytaradi. 
Yurak mizojini almashtirishda sovuq, yo issiq, yo ho’l, yoki quruq mizojga 
almashtirish tadbiri ishlatiladi. Sovuq mizojni almashtirmoqchi bo`lsak, issiqlik 
dorilarni yurak issiqlik dorilari bilan aralashtirib ishlatamiz; shu bilan birga shu
dorilarning yurak xiltini qattiq qo’zgatib yubormasligi ko’zda tutiladi, aks holda xilt 
yurak tanasini yel yoki shish paydo qiluvchi modda va boshqa narsalar bilan 
tortishtiradi.
Issiq mizojni almashtirmoqchi bo`lsak, sovutuvchi dorilarni ishlatish bilan 
chegaralanmaymiz. Chunki yurakning yaratilishiga sabab bo`lgan modda, ya`ni 
yurakka quyiladigan ruh moddasi issiq modda bo`lib, uning issiqligi badanga zararli 
haroratdan boshqa bo`lgan tug’ma haroratdir.


275 
Yurak mizojining issiqda aynib buzilishi sababli shu ruh moddasida kamayish, 
tarqalish, tutunsimon bo`lish va xiralanish paydo bo`ladi; shu paytda yurak tanasiga 
o’zining issiqligi bilan, to’g’rirog’i issiqlik birgalashib keluvchi alohida xususiyati 
bilan tug’ma issiqlikni kuchaytiruvchi issiq dorilar bilan aralashmagan biror 
so’ndiruvchi dori borib tushaversa, u tarmoq, ya`ni yurak tanasiga foyda qilsa ham 
aslga, ya`ni ruhga zarar qilishi mumkin. 
Yurak tanasining issig’ini mo`tadillashtirish bilan birga ruhning issiqligi 
zararlansa, uning foydasi nima bo’lar edik shuning uchun qadimgi olimlarning 
ichida yurakning buzilgan issiq mizojiga va u mizoj sababli paydo bo`ladigan 
kasalliklarga davo ishlatishda sovuqlik dorilarni issiqlik dorilarga aralashtirmasdan 
ishlatganlari uchramaydi.
Chunki ular, faqat kuchli bo`lsa, sovituvchini isituvchidan ajratib sovituvchi 
dorilarni yurakka, isituvchilarni esa ruhga yetkazishiga va natijada, yurakning 
harorati mo`tadil bo`lib ruhning harorati oshishiga ishonganlar.
Ular govzabon kabi o’z xossasi bilan ruhni kuchaytiradigan va mo`tadil yoki 
mo`tadillikka yaqin dorini uchratganlarida undan ko`p foydalanganlar; ammo tabiat 
kuchsiz bo`lsa, hech bir tadbir foyda qilmaydi. 
Goho qadimgi tabiblar sovuqlik yurak dorilari moddasining og’irligi, 
singishining kamligi, tabiatning singishga emas, to’xtab qolishga moyilligini 
bilganliklaridan yurak issiqlik dorilarini ishlatishga muhtoj bo`lganlar, ularni 
birgalashtirib olib o’tadigan yurak issiqlik dorilari bilan aralashtirib ishlatganlar, 
shunda ular tabiatning sovituvchi dorilarni yurakka yetkazishiga yordamlashadi.
Masalan, 
ular 
za’faronni 
kofur 
kulchalarining 
hamma 
tarkiblariga 
aralashtiradilar, shunda boshqa qo’shimchalarni za’faron yurakka o’tkazadi. 
So`ngra tabiiy kuch za’faronni yurakdan qaytarib, ruh bilan mashg’ul qiladi; 
sovutuvchilardan esa yurak mizojini mo`tadil qilish uchun foydalaniladi.


276 
Bunday qilish nuqul sovutuvchi dorilarni ishlatib, keyin ularning yo`l boshida 
to’xtab qolib o’ta olmay turishlaridan ko’ra foydaliroqdir. O’zi bilmasdan, 
qadimgilarning 
xatosini 
tuzataman 
deb, 
kofur 
kulchalariga 
za’faronni 
qo’shmaydigan tabiblar kofur kulchalarining foydasini kamaytirib qo’yadilar.
Yurak issiq mizojiga qarshi ho’l mevalarning qaynatib quyultirilgan shiralarini, 
ayniqsa shom olmasining va behining suvini ichirish bilan ham davo qiladi; ular juda 
yaxshi davo hamda yurakni kuchaytiruvchilarga qo’shiladigan so’ndiruvchi suyuq 
va quyuq surtma dorilar bilan davo qilinadi. Agar mizoj buzilishining sababi modda 
bo`lsa, bo’shatiladi. 
Ma`jun dorilar bilan, rayhoniy sharob, mo`tadil badantarbiyalar, yurakka 
ishlatiladigan issiqlik, xushbo’y quyuq va suyuq surtma dorilar bilan va hazm 
bo`ladigan miqdordagi issiqlik ovqatlar bilan davolanadi. Mizoj buzilishining sababi 
modda bo`lsa, bo’shatiladi. 
Yurakning buzilgan quruq. Mizojini ho’llovchi ovqatni ko`p yedirish, so`ngra 
hammomga tushirish, vanna qabul qildirish, dam olish kam harakat qilish, tinch 
kuyish va sovuq suv ichirish bilan davolash kerak. 
Buzilgan mizojda sovuqlik bo`lsa, juda sovuq, bo`lgan suvdan saqlaniladi; ovqat 
va ichimliklar mo`tadil miqdorda beriladi, issiq ovqatdan keyin ko`pgina uxlatiladi. 
Sabab modda bo`lsa, uni bo’shatiladi.
Yurakning buzilgan ho’l mizojini esa yengil ovqat kirituvchi dorilarni ishlatish, 
mo`tadil badantarbiyalarni ketma-ket va ko`p qilish bilan davolanadi; modda sabab 
bo`lsa, uni bo’shatiladi; ko`pincha ovqatdan ilgari badantarbiya qildiriladi, 
hammomga va issiq buloq suvlariga tushiriladi, issiq suvga ko`p tushib turiladi, surgi 
dorilar, siydikni haydovchi dorilar iste`mol qilinadi, kuchli va rayhoniy xushbo’y 
sharobdan oz-oz iste`mol qilib turiladi va yaxshi kaymusli ovqatlardan ko`p emas, 
oz miqdorda iste`mol qildiriladi.


277 
Agar u mizoji issiq bo`lsa, hammomdan saqlaniladi, jinsiy aloqani 
cheklanilmaydi. Mizoj buzilishining sababi ho’l yoki issiq. Modda bo`lsa, uni 
bo’shatiladi. 
Yurakka ishlatiladigan dorilar. Yurakka ishlatiladigan dorilarni to`la-to`kis qilib 
oddiy dorilar lavhalarining "Nafas a`zolari" lavhasidan terib olish kerak.
Oddiy dorilarning mo`tadillikka yaqinlari yoqo’t, qora marjon va feruza, oltin, 
kumush va gavzabondir. Ularning issiqlari esa dorunak, parpi, mushk, anbar, 
yovvoyi zanjabil, ipak va za`farondir; ikkala xil baxman tez foyda qiladi, karanful 
esa juda ajoyib dori.
Bunday dorilardan yana limon, rayhon va uning urug’i hamda tog’ rayhoni va 
uning urug’i, shohi isfaram rayhoni va uning urug’i, xil, kelindona, tuklik rayhon va 
uning urug’i, sitron yaprog’i, hind sodajini kursatish mumkin. Qora andiz ham 
ajoyib dorilardandir. 
Sovuq dorilar esa marvarid, qahrabo, marjon, kofur, sandal, qizilgul, 
taboshir, muhr loyi, olma, quruq va ho’l kashnichdir. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish