206
Ba`zan kasallik tilning xuddi o`zida, ba`zan esa miyaning ham-korligi bilan
bo`ladi. Shu paytda ikki yuz va lablar ham ko`pincha, hamkorlik qiladi. Ba`zan,
zarar tilga xos bo`lgan asab shaxobchasining o`zidagina bo`lmasa, kasallik boshqa
sezgilarning hamkorligi bilan ham bo`ladi.
Til kasalligi, ko`pincha, me`daning
hamkorligi bilan bo`ladi, ba`zi vaqtlarda o`pka va ko`krak ham hamkorlik qiladi.
Tilning mizojlariga rangining oqligi, sariqligi, qizilligi va qoraligi, tegib
sezilishi hamda nordonlik,
shirinlik, bemazalik, achchiqlik yoki sasishdan kelib
chiqadigan yomon mazali, shuningdek, taxir va burishtiruvchi maza kabi biror
mazani ko`proq sezishi belgi bo`ladi. Bu ham borki tilning rangidan va u sezayotgan
mazadan olingan belgi boshqa a`zolarning kasalliklariga ham belgi bo`ladi. Chunki
tilning qizilligi, ayniqsa u g’adir-budurlik bilan birga bo`lsa, bosh, me`da
va jigar
tomonlarida qondan paydo bo`lgan shishlarning borligiga belgi bo`ladi. Oqligi,
me`da og’zi va jigarning sovuqligiga va boshda balg’am borligiga belgi bo`ladi,
ba`zan tilning oqligi badan rangi boshqacha bo`lsa ham, sariq kasalligiga belgi
bo`ladi. Til sezayotgan maza butun badanda yoki me`da va boshda qaysi xiltning
ko`payganligiga dalolat qiladi. Goho tilning kasalligiga uning ho`lligi va quruqligi
ham belgi bo`ladi. Uning quruqligi ikki jihatdan bilinadi: biri til yuzining tozaligi
bilan bilinadi, bu esa haqiqiy quruqlikdir. Ikkinchisi yopishqoq
xiltning til yuziga
oqib kelib issiq sababli qurib qolganligidan bilinadi. Bu hol, til javharining
quriganligiga emas, balki til yuzida yo nazladan, yoki quyu va tiqiz bug’dan
yig’ilgan yopishqoq rutubatga belgi bo`ladi. Bu hol tabiblarni yanglishtiradigan
narsalardandir: ular kasaldan uning og’zi quriganini bilganlarida birinchi xil quruqlik
bilan ikkinchi xil quruqlik orasini ajratolmaydilar. Til quruq bo`lsa g’adir-budur,
ho`l bo`lsa silliq bo`ladi.
Goho tilning ahvoli haqida so`zlagan vaqtdagi uning harakati, oriqligi, yengilligi,
qalinlashib qolib hamisha uni tishlab ola berish va harakatining og’irligiga qarab
hukm qilinadi. Bu hol uning qon yoki rutubat bilan to`lganligiga dalolat qiladi.
207
Til kasalligiga goho unda paydo bo`ladigan shishlar va
mayda chiqiqlar dalolat
qiladi. Aytilib o`tilgan umumiy qoidalarni va ularga yondoshib keladigan xususiy
qoidalarni to`la o`rganganingdan keyin bu manbalardan dalil olish yo`llarini
kengaytira olasan.
Goho tilning bir o`zi og’riydi, goho miya yoki me`daning hamkorligi bilan og’riydi.
Til asablari bir qancha boshqa asablarga tutashgan bo`lib, yo o`sha asablar til
asablarining harakatiga to`sqinlik qilmay, ularga birgalashadi, sog’lom
so`zlovchilarda Shunday bo`ladi, yoki to`sqinlik qiladi va osonlik bilan ularga
birtalashmaydi. Natijada so`zlovchi tutilib so`zlay boshlaydi va boshqalar. Ba`zan
tutilib so`zlash tilning to`xtalib qolishidan bo`ladi. Chunki til asablari quvvatni
boshqa asabdan olishi natijasida, quvvat yetib kelgunicha til tutilib turadi.
Davolash. Goho tilni bosh yoki me`dani tuzatadigan
narsalar orqali davolash
bilan birgalikda davolanadi. U narsalarning hammasini o`z bobida bildingiz. Goho
ichni surib bo`shatuvchi ichiladigan dorilar bilan tilning o`ziga xos davolash tadbiri
ham qo`llanadi, Bu dorilar qustiradigan va mizojni o`zgartiradigan dorilardan ko`ra
foydaliroqdir. Yoki uni burishtiruvchi yo tarqatuvchi, parchalovchi va suyultiruvchi
dorilar bilan davolanadi; bularni ichilsa, quvvati tilga borib yetadi. Bu xil dorilarni
ovqatdan keyin ichish yaxshiroq.
Tilni goho og’iz chayiladigan, ishqalanadigan va tomoq chayiladi-gan dorilar;
og’izga olib turiladigan yog’lar va yuqoridagi xususiyatlarga ega bo`lgan dorilardan
tayyorlanib, keragida og’izga olib turiladigan hab dorilar bilan davolanadi.
Bularni
yapaloq qilib tayyorlash yaxshiroq. Og’iz va til dorilari tomoq va o`pkaga zarar
qiladigan bo`lsa, ulardan oqadigan suyuqlik tomoq va o`pkaga bormasli-gi uchun
ularni ehtiyotlik bilan ishlatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: