208
Tilning bo`shashuvi bo`shashish kasalligining turlaridandir. Til
bo`shashuvining sababi ma`lum bo`lib,
u goho suvsimon rutubatdan, goho
miyadagi birlamchi sababdan paydo bo`ladi. Ba`zan tilni harakat qildiruvchi
asablardagi yoki o`sha asablardan tilga keluvchi shaxobchadagi sababdan yuz
beradi. Til shishuvi miya hamkorligi bilan yoki uning hamkorligisiz bo`lganligini
miyadan sug’orilib turgan boshqa a`zolardagi sezish va harakatning ahvolidan
bilinadi. Moddaning qon ekani tilning qizilligi va issiqligidan bilinadi. Moddaning
suvsimon suyuqlik ekaniga oq so`lakning ko`p oqishi, tarqatuvchi dorilarning oz
foyda qilishi oz burishtiruvchi dorilarning esa foyda berishi belgi bo`ladi.
Goho tildagi bo`shashish so`zlashning yo`q bo`lib qolishi, yo
qiyinlashishi yoki o`zgarishigacha yetib boradi. So`zlaganda duduqlanib "f" va "t"
harflarini qaytaraverishi shular jumlasidandir. Bolalarning ba`zisida so`zlay
olmaslik davri uzoq davom etadi.
Davolash
. Oldin kichik iyoraj bilan, keyin katta iyoraj bilan "Og’izni
tozalash, so`ngra boshni o`ziga xos dorilar bilan davolash kerak. Agar ho`llik
bilan birga qonning ko`payganligiga gumon qilinsa, til tomirlaridan qon olinadi,
engakka qortiq qo`yiladi, keyin esa tomoqqa chayiladigan va tilga ishqalanadigan
dorilar ishlatiladi. Bo`shatishdan keyin doimo til harakatlantirib turiladi. Kasal
joyning o`ziga ishlatiladigan
dorilarga kelsak, ko`proq vaqt tilni yumshatuvchi,
ajratuvchi va latiflashtiruvchi dorilar bilan ishqalanadi va ularning suvlari bilan
tomoq va og’iz chayiladi. U dorilar esa kaklik o`ti, tog’jambil, hardal, nazla o`ti va
kovul il-dizi, hatto hardal bilan etmak kabi narsalardan iboratdir. Shulardan
hammasini murriy va dengiz piyozining sirkasi kabi narsa bilan qo`shib ishlatiladi.
Tilga navshadilni ayron qurt yoki suzma qurt bilan qo`shib, undan ko`p so`lak
oqquncha ishqalash ham foyda qiladi. Yovvoyi piyoz sikanjubini bilan tomoq va
og’iz chayilsa juda foyda qiladi. Igir tilning bo`shashuvi va og’irligiga qarshi juda
yaxshi doridir.
209
Til haddan tashqari bo`shashib so`zlash mumkin bo`lmay qolsa, farfiyun va
yetmakdan bir miqdor olib tilni va tilning ildizini o`sha tarkib bilan ishqalash kerak.
O’sha dorilarni va ularga o`xshashlarni bo’yinga ham qo`yiladi. Goho shu
dorilar va
ularga o`xshashlardan tayyorlanadi, buning uchun ularni tez erib ketishdan
saqlaydiganlardan anbar, sanavbar yelimi va boshqa yopishqoq yelimlar bilan
qoqiladi. Tilning bo`shashuviga va chiqib osilib qolishiga qarshi til tagiga olib
turiladigan habning tarkibi quyidagicha: ikki dirham bo’tm daraxtining saqichi va
bir dirham anguzani olinadi va shundan: no’xat
barobarida hab dori tayyorlab, til
tagida olib turiladi. Bu bobda sinalgan tadbirlardan biri novshadil, murch, nazla o`ti,
hardal va buraq, zanjabil, tog’ mayizi, kaklik o`ti, sedana, quruq samsoq va neftli
tuzlarni yanchib, elab va ularni issiq suvga solib, bir
necha kun ketma-ket tomoq
chayishdir.
Tilning bo`shashuviga qarshi hidlar ko`rsatadigan juvorishn dorilardan biri
mana shu tarkibdagi juvorishndir: qora zira, Kermon zirasi, dorchin va hind tuzining
har biridan yarim miskrl, yuz dona uzunchoq murch, ikki yuz dona qora murch
va
shakardan sakkiz istor, bir istor olti yarim dirham bo`ladi, olib doimo ishlatib
turiladi.
Tarqatuvchi dorilar ta`sir qilmasa va sen rutubatni suyuq va oquvchan deb
taxmin qilsang, burishtiruvchi va tarqatuvchi dorilarni, masalan: gul bilan
aralashtirilgan qandul va taboshir bilan aralashtirilgan qora chayir guli kabi dorilarni
ishlat. Qurt, uzo’t gurasi va dumbul mevalar kabi nordon va burishtiruvchi narsalar
bilan tilni ishqalash til bo`shashuviga ko`pincha foyda qiladi. Chunki ular so`lakni
tarqatishi va oqizishi bilan birga nordonligi sababli tilni mahkam qiladi.
Bolaning
tilga kirishi kechikib ketsa, doimo uning tilini harakatlantirib
turish, ishqalash va so`laklarni oqizish kerak. Ayniqsa, shunday bolaning tiliga asal
va andaron tuzi oq tuz ishqalansa, yaxshi foyda qiladi. Yana tilning ortiqcha
ho`lligini davolash to`g’risida aytilgan dorilar ham foydalidir. O’shanday bolalarni
210
so`zlashga majbur qilish tillarini harakatlantiradigan va
ravon qiladigan tadbirlar
sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: