Litargus sovuq sarsom «unutish» kasalligi
.
Kalla suyagining ichida bo’ladigan balg’amli shishga litargus deyiladi,
bu balg’amdan vujudga keladigan sarsomdir. Shish ko’pincha miya
moddasining yo’llarida bo’lib, uning pardalarida, qorinchalarida va miya
171
mag’zida bo’lmaydi, chunki balg’am miya pardalarining qattiqligi sababli
ulardan kamdan-kam o’tadi va yig’iladi, miya moddasiga ham uning
yopishqoqligi sababli kam o’tadi. Shuningdek zotiljam kasalligi ham ko’proq
vaqt safrodan hosil bo’lib, balg’amdan bo’lishi kamdan-kam uchraydi,
chunki balg’am asab tolalaridan qiyinlik bilan o’tadi. Biroq bu kam
uchraydigan hollar ikkala kasallikda ham har holda bo’lishi mumkin va
bunday shishlarning miya mag’zi va uning pardalarida ham paydo bo’lishi
mumkin.
Bu kasallik o’z belgisining ismi bilan atalgan, chunki litargus
so’zining tarjimasi «unutish» bo’lib, bu kasallikda doimo unutish yuz beradi.
Buning shunday atalishi ko’p tabiblarni yanglishtiradi, ular bunday
sovuq shishdan paydo bo’ladigan kasallik ekanini bilmaydi va bu kasallikni
xuddi unutishning o’zi, deb tushunadilar. Ayrim manbalarda yozilishicha
miyada bo’ladigan sovuq shishni xox u savdodan bo’lsin, xox balg’amdan
bo’lsin litargus deb nomlangan.
Keltirib chiqaruvchi sabablar:
Ko’p ichish, ko’p ovqat yeyish, ho’l mevalarni ko’p iste`mol qilish, ko’p
piyoz yeyish va Boshqalar.
Belgilari.
-yengil bosh og’rig’i
-kuchsiz isitma
-og’ir uyqu
-kasal ko’zini ochish uchun yumadi
-unutish
-esnash
-og’izni ochib-yumish ko’payadi
172
-ba`zan og’iz ochilgancha qoladi, og’izni yopishni unutadi yoki xoxlasa ham
uddasidan chiqa olmaydi
-nafas siyrak, sust, kuchsiz
Me`da hamkorligi ham qo’shilsa:
-hiqichoq
-til oqligi
-so’roqqa javob berolmaslik
-ko’z milklarini qimirlata olmaslik
-aql chalkashligi
-qo’l-oyoqlar titrab terlaydi
-o’ringa yotganda bemor tomir urishi qattiq, siyrak, sust, titroqli, tulqinsimon
bo’ladi
Agar shish savdo moddasidan bo’lsa, qattiq og’riq bilan birga
asabiylik va alaxlash bo’ladi. Uning ko’zi ochiq, lekin hech narsani eslay
olmaydi.
Agar shish miya mag’zining o’zida bo’lsa, og’ir uyqu, harakat
qiyinligi, til oqarishi juda kuchli ko’z gulagining bir oz irg’ib turishi
kuzatiladi.
Agar shish miya pardasida bo’lsa, og’riq qattiqroq, harakat esa yengilroq
bo’ladi. Bunda unutish va siydik chiqaruvchi mushakning yengilligi sababli
siydik tutolmaslik yuzaga keladi. Agar yuqorida belgilarga terlash ham
qo’shilsa, o’lim yuzaga keladi, chunki terlash organizm quvvatini tushirib
yuboradi.
Davolash
. Agar biror monelik bo’lmasa, oldin qon olinadi, huqna va
qustirish. Bemorni yorug’ uyga yotqizib, qattiq uxlashga qo’ymaslik,
uyg’otib turish, sovuq suv ichirilmaydi. Badani zaytun yog’i, tabiiy soda,
qichitqi o’ti urug’i, murch kabi dorivor o’simliklar surtiladi. Bundan tashqari
173
tarqatuvchi quvvati kuchli bo’lgan dorilardan hidlatiladi. Bularga tog’ jambil,
yalpiz, kaklik o’ti solingan suyuqliklar, asal, dengiz piyozidan ishlatiladi.
Oyoq-qo’llar qizarib og’riguncha ishqalab uqalanadi. Ovqat yegandan so’ng
qo’l-oyoqlar 1 necha soat massaj qilinadi, bemorni fiziologik chiqaruvlar
normaga keltirib uchun qorni va qovug’i binafsha va gulsapsar ildizi solingan
qaynatma suv bilan massaj qilinadi. Bemorga tuzalish bosqichlarida yengil
badantarbiya mashqlari qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |