II-bosqich - Bemor tabiatini yumshatish va parhez taomlar buyurish
Bavosirga uchraganlarni deyarli barchasida qabziyat bo`lib, axlatning qattiqligi
bilan orqa teshik aziyatlanadi va kasallik og’irlashadi, buning uchun bemor tabiatini
yumshatib turishga harakat qilish kerak.
Bemorga anjir, qora olu, shaftoli iste`moli, o`rik, olma, behi xushoblari
buyuriladi. Ularni barcha g’aliz go`shtlar, sutli narsalar, hamda qonni kuydiruvchi
ziravor va dorivorlar iste`molidan tiyish kerak. Dorivor ziravorlardan zarurat
tug’ilganda manfaat etadigan darajada iste`molga buyurish mumkin. Bavosiri bor
bemorlarga tez hazm bo`ladigan g’izoligi yaxshi bo`lgan narsalardan: chala
pishirilgan tuxum va uning sarig’i, yog’li qush go`shti sho`rvasi, uloqcha va shishak
go`shtlari, zirboj va no`xat suvlari, o`moch kabilarni shirin kunjut yog’i bilan
iste`molga buyurilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu bemorlarga yong’oq, bodom,
o`rik danagi yog’i, arab tuyalarining o`rkach yog’i va yosh mollar charvisini
iste`molga buyurish, tuxum sarig’i, gandano va piyoz solib tayyorlangan quymoq,
kalla qand, anjir kabilar iste`moli bavosiri borlarga foydadan xoli emas.
Agar kasallik buqroni vaqtida ich ketish va qon oqish haddan tashqari ko`p
bo`lsa, guruch va anor solib pishirilgan ovqatni mayiz bilan iste`molga buyuriladi.
Jiyda, mozi, shoqbalo’t kabilardan tayyorlangan qaynatmalar ham tavsiya etiladi.
III-bosqich - Bavosirni davolashda qo`llaniladigan dorilarni ishlatish
qonuniyatlari
-Bavosirni davolashdagi dorilar quyidagilar:
-Og’riqni qoldirish.
-Bavosir tugunlarini ochish.
-Ochilgan tugunlarga et undirib davolash.
308
-Haddan tashqari oqayotgan qonni to`xtatish maqsadlarida qo`llaniladi.
-Buning uchun dorilar ichiriladi, shiyof qilinadi, surtiladi, chaplanadi, qo`yib
bug’lanadi, sepiladi, tutatiladi yoki bug’lantiriladi. Bularning hammasi oddiy yoki
murakkab holda qo`llanilib, shishlar va yaralar bo`lsa, oldin davolanib, so`ngra
bavosir xastaligi davolaniladi.
2. Tugunlarni kesish tartibi.
Agar kesishga tegishli bo`lgan tugunlar ko`rinib turgan bo`lsa, uning tadbiri
osonroq, lekin tugun ichkariga botgan bo`lsa va ko`zga ko`rinmasa uni kesish ancha
qiyinchiliklar bilan bo`ladi.
A) Tuguni ko`rinib turgan bavosirni tagidan ipak yoki kanop ip bilan, yohud
qalin qil bilan bog’lanadi. Shu muolaja bilan bavosir tuguni tushib ketsa, ketgani,
bo`lmasa dorilardan ishlatib ko`riladi, bunda ham tushmasa, tugun tagidan kesib
tashlanadi.
B) Bavosir tuguni ichkariga botgan bo`lsa, ya`ni Ichakichida bo`lsa, avval
Ichakag’dariladi va tugunlar tashqariga chiqariladi, so`ngra kesib tashlanadi.
Ag’darish, qortiq solish yo`li bilan bo`ladi, qortiqni ma`qadga toki tugunlar
ag’darilib chiqqunga qadar qo`yib qo`yiladi, so`ngra tugun qolip-tutqich bilan
ushlanadi. Tugunni tezda o`rniga qaytishidan qo`rqilsa, qortiqni u qo`yilgan joyini
toki shishib chiqqaniga qadar qo`yib qo`yiladi, shunda tugun qaytib ichkariga botib
ketmaydi. Yoki ba`zida tugunni tezlikda shishib ketadigan darajada ip bilan qattiq
bog’lanadi.
Ba`zi holatlarda ag’darish muolajasini dorilar yordamida bajariladi. Buning
uchun xotinak shirasi, ho`l ukrop, tog’ mayizlaridan olinib asal bilan qoriladi va orqa
teshikka surtiladi, yoki bu qorishmani jun parchasiga surtib shiyof qilinadi. Bu
usulda shiyof qilingan yoki surtilgan dori axlatni chiqarishga undab, ma`qadni
zo`riqtiradi va tugunlarini tashqariga chiqishini osonlashtiradi. Bu maqsadda yana
quyidagi darmonlar ishlatiladi: tabiiy soda bilan qora mol o`ti, yoki tabiiy sodani
309
murch bilan qo`shib ham ishlatiladi. Ba`zida tabiiy soda bilan tog’ mayizini ishlatish
ham ijobiy natija beradi.
Bavosir tugunlarini kesishdan oldin ehtiyot yuzasidan bosliq tomiridan qon
olinadi.
S) Bavosir tugunini kesish uslubi: Bavosir tugunlarini kesmoqchi bo`lgan tabib,
tashqariga chiqib turgan yoki qisqich bilan tashqariga chiqarilgan tugunni o`ziga
tortib uni nashtar bilan ildizidan kesib tashlaydi. Bavosir ildizidan nariga o`tish
yoki ildizini qoldirib kesish yaramaydi. Chunki bunday hollar boshqa ofatlarni, ya`ni
bavosir tugunlari shishlarini, kuchli og’riqlarni, ba`zida esa siydik tutilishi
holatlarini keltirib chiqariladi.
Bavosir tuguni kesilgach, to kasal zaiflashib kuchdan ketish xavfi tug’ilgunga
qadar qon oqishga yo`l qo`yiladi, so`ngra yuqorida izohlangan qon to`xtatuvchi
uslublar bilan oqayotgan qon to`xtatiladi. Mabodo bavosir tugunini kesganda ko`p
qon oqmasa, bosliq tomirlaridan qon olinadi, agar kasal ko`tara olsa va uni og’riq
kuchidan zaiflashishidan qo`rqilmasa yuqorida zikr qilingan tomir ochuvchi
dorilarni qo`llab qon og’izishga to`g’ri keladi. Ba`zida bu maqsadda piyoz shirasini
ishlatishni o`zi kifoya qiladi. Agar bavosir tugunlarini kesganda, ma`qadni og’riqdan
shishib ketish yoki qattiq og’riqi kuzatilsa, unda muhilni arab tuyasining o`rkachi
bilan bug’latib, oq nonga tuxum sarig’i, biroz afyun va za`faron qo`shib bog’lanadi.
Bemorni dalachoy nabiziga o`tkazish, og’riqni qoldiruvchi vosita hisoblanadi,
bunga yetadigani yo`q. Bemorni yumshatuvchi dorilar solib qaynatilgan suvlarga
o`tkazish h’am og’riqni qoldiruvchi vositalardandir. Zig’ir urug’i, gulxayri va uning
urug’i, karam, kabilar yumshatuvchi dorilar hisoblanadi.
Ichakbavosiri tugunlarining shishlariga qarshi: tosh upasi va kangardan bir
uqiyadan, kuydirilgan qo`rg’oshindan ikki uqiya, mastakidan uch dirham olib ming
devona bilan qo`shib, qo`yib bog’lanadi.
310
Bavosir tugunlarini kesgandan so`ng Ichakshishlari va og’rig’ini qoldirish bilan
birga ich qotishiga yo`l qo`ymaslik lozim. Agar siydik tutilishi voqe` bo`lsa, bavosir
shishlarini yumshatish bilan davolananiladi. Kesilgan tugundan kuchli qon ketish
kuzatilsa, qonni to`xtatuvchi tadbirlarni qo`llash bilan birga bemorni bir kecha
kunduz hojatga borishiga mone`lik qilinadi.
Agar bavosir tugunlarini asbob bilan yorish istalmasa yoki biror mone`lik bo`lsa,
unda yuqorida davolashni umumiy qonuniyatlari bo`limida zikr qilingan
darmonlarni qo`llab maqsadga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |