Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   204
Bog'liq
dorivor

Badan rangidan belgi
olinishiga kelsak, badan rangi ko`pincha me`da va 
jigarning holiga kuchli belgi bo`ladi. Me`da kasalligining ko`pchiligi sovuq va ho’l
bo`ladi, shunday kasalliklarga uchragan kishilarning rangi qo’rg’oshin tusli bo`ladi,
agar ularda sariqlik bo`lsa, ularning rangi oqish sariq bo`ladi. 
Qorin quldirashidan
dalil olinishi qorin quldirashi me`daning kuchsizligiga, 
me`daning ovqatni o’ziga olishining yomonligiga va axlatning rutubatli ekaniga 
belgi bo`ladi. 


295 
So’lakdan olinadigan belgi:
so’lakning ko`pligi va ko`pikliligi me`daning 
rutubatliligiga va suvsimon so’lak ko`p ajratayotganligini bildiradi. Og’iz suvining 
qurib qolishi va og’izning quruqligi me`daning quruqligiga, so’lakning issiqligi
me`daning issiqligiga belgi bo`ladi. Og’iz quruqligi ikki xil bo`ladi: biri - chinakam 
quruqlik bunda og’izda so’lak bo’lmaydi, ikkinchisi esa yolg’on quruqlik - bunda 
so’lak yelimsimon yopishqoq bo`ladi, lekin o’ziga borayotgan bug’ning issig’i 
sababli qurib qoladi. Og’iz quruqligi bilan og’izda yopishqoq so’lakning qurishini 
ajrata bilish kerak. Birinchisi me`da quruqligiga dalolat qiladi, ikkinchisi esa 
me`dadan qo’zgalgan yoki boshdan tushgan yopishqoq rutubatdan dalolat qiladi. 
Kekirikdan olinadigan dalilga kelsak
, kekirik goho nordon goho sassiq hidli 
bo`ladi, ba`zan bug’simon, zangor va tutunga o`xshash, ba`zan chirigan yoki baliq 
hidli bo`ladi; ba`zan yeyilgan ovqatning mazasiga o`xshash bo`ladi, goho quruq yel
bo`lib unda boshqa biror kayfiyat bo’lmaydi, shunisi kekirikning eng sog’lom 
xilidir. Chunki kekirik tutun hidi bo`lib, bunga pishirilgan tuxum sarig’i va turp kabi 
tutunga tez aylanadigan ovqat moddasi yoki olovda tayyorlanadigan halvo va boshqa 
narsalar singari tutun kayfiyatini o’ziga olgan ovqat moddasi sabab bo`lmasa, unday 
kekirikning sababi me`daning modda jihatidan yoki buzilgan sodda mizoj jihatidan 
olovsimon bo`lishidir. Olovsimonlik modda sababli bo`lsa, aytib o’tilgan vajlarning 
biriga ko’ra bo`ladi; bu ko`pincha aytib o’tilgan yo’sinda o’t qopidan me`daga 
qo’yiladigan safro moddasidan yoki boshdan tushadigan o`tkir moddadan bo`ladi, 
ayniqsa safro mizojli bo’lmagan kishida shunday bo`ladi. Tutun hidi kekirikning 
sababi - moddali yoki moddasiz sodda harorat ekaniga arpanon kabi tutunlikdan 
uzoq bo`lgan ovqat bilan ilgari ovqatlanganlikdan ham dalil olinadi. 
Shunday ovqat yegan kishi tutun hidi kekirsa, unga sabab me`daning haroratidir. 
Shuningdek axlatning o’t aralash ekaniga qaraladi: agar u o’t aralash bo`lsa, 
kekirikka me`dadagi harorat sabab bo`ladi, biroq, axlat o’t aralash bo`lmasa, bundan 
sabab me`dada bo’lmaydi degan gap chiqmaydi, chunki ko`pincha bunga buzilgan 


296 
sodda mizoj sabab bo`ladi. Qusuq ham chiqayotgan narsasi bilan sababning me`da 
harorati ekaniga eng kuchli dalil bo`ladi. Goho tutunsimon kekirik uyqusizlik 
kasalligiga dalil bo`ladiki, unga yo`liqqan kishida me`da hazm ishiga bo’sh vaqt 
topolmay alangalanib qiziydi. 
Ammo kekirik nordon bo`lsa va bu nordonlik nordon ovqatdan va haddan 
tashqari ko`p yeyilganda nordonlashib o’zgaradigan ovqatdan bo`lmasa, bunga 
me`daning sovuqligi sabab bo`ladi ayniqsa asal kabi nordonlashishdan uzoq bo`lgan 
ovqat berib sinab ko’rganingda uning nordonlashganini ko’rsang, bunga sabab 
moddasiz yoki moddali me`da sovuqligi sovuqlik modda bilan bo`lsa, doimo me`da 
og’zida og’irlik bo`ladi. Nordon kekirik me`dasida savdo moddasi bo`lgan, taloq 
kasalligiga uchragan va me`dasiga sovuq nazlalar tushadigan kishilarda ko`proq 
paydo bo`ladi. Goho harorat shirin moddaga yo`liqib uni qaynatib achitsa ham 
kekirik nordon bo`ladi. Bunga nordon kekirik bilan birga issiq alangalanish, og’iz 
karashligi, tashnalik va sovutuvchi narsalar bilan foydalanish kabi belgilar ham dalil 
bo`ladi. Haddan tashqari issiqlikning me`dadagi ovqat yoki kekirikni achitishiga 
sutning issiqda sovuqdan ko’ra tezroq achishi ham dalil bo`ladi. Me`dadagi moddaga 
qusish bilan ham dalil qilinadi. Kekirik sassiq bo`lsa, u og’iz badbo’yligi dalolat 
qilganidek, me`dada sasish borligiga belgi bo`ladi goho me`dada yara borligini 
bildiradi. Kekirikning sassigan go`sht, baliq va balchiq hidiga o`xshashligi me`dada 
sasigan rutubat borligiga dalil bo`ladi. Uning zangor mazaligi sassish bilan birga 
o`tkirlik va issiqlik borligiga belgi bo`ladi; bu xil kekirik issiqda tutunsimon 
kekirikdan ko’ra kuchliroq dalil bo`ladi. Ammo kekirik tutunsimon va nordon 
bo`lmasa, lekin ovqat yeyilganiga bir qancha muddat o’tganidan keyin o’sha ovqat 
mazasini bersa, bu hol me`daning ovqatni o’zgartirishga kuchsizlik qilayotganiga 
dalil bo`ladi. 


297 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish