Ibn Sinoning tibbiyotga oid asarlari:
1. "Urjuza fi-t-tib" tabobat ilmining nazariyasi va umumiy masalalarini o`rganish
to`g’risida bo`lib, bu asar rajaz vaznida she`riy usulda yozilgan.
Bu asarning asl arabcha matni Kal'kuttada (1829y), Laqnav (1845y), Parij
(1956y) da nashr etilgan. 1972 y Toshkentda ham nashr etilgan.
2. "Al-adviyat al-Qalbiya" ("Yurak dardlari") asarining arabcha matni
Istambulda 1937 y, lotin tilida 1482 y, turk tilida 1937 y, o`zbek tilida 1966 y
Toshkentda nashr qilingan.
3. "Daf`-al-madorr al-kulliya an-al-abdan al-insoniya" ("Inson badaniga etishgan
barcha zararlarni yo`qotish")
Bu asar xifz assiqa, ya`ni sog’likni saqlash (gigiena) va parhez masalalariga
bag’ishlangan bo`lib, lotin tilida 1547 yilda, arab tilida 1837 y Qoxirada, 1978 yil
o’zbek tilida Toshkentda chop etilgan.
4. "Kitob al-Qulanj" - yo`g’on ichakda bo`ladigan kolit kasalligiga bag’ishlangan
asar bo`lib, bu risola nashr etilgan, uning qo`lyozma nusxasi kutubxonalarda
saqlanadi.
5. "Maqola fi-n-nabz" ("Tomir urishi haqida maqola") asari fors tilida yozilgan
bo`lib, Tehronda 1937 y, 1952 yillar nashr etilgan .
6. "Urjuza fi-t-tibb ("Fil-l fusul al-arba`")- yilning 4 fasliga oid tibbiy urjuza- bu
asar yilning har bir faslida nima qilish kerak, qanday ovqat, ichimlik va dorilarni
21
iste`mol qilish kerakligi haqida fikr yuritgan. Bu kitob ham chop etilgan,
qo`lyozmasi kutubxonalarda saqlanadi.
7. "Urjuza fi-l- mujarrabot" ("Tajribadan o`tgan davolar haqida urjuza"), chop
etilmagan.
8. "Risola fi-l-box" ("Shaxvoniy quvvat haqida risola") -yosh o`tishi bilan bu
quvvatning kamayishi va uni qo`zg’atuvchi dorilar haqida gapiriladi. Chop
etilmagan.
9. "Risola fi tadbir al-musofirin" ("Safarda yuruvchilarning tadbiri haqida
risola"). Bu asar dengizda safar qilgan vaqtda, qordan ko`z qamashib og’rigan
vaqtda, qattiq sovuqdan qo`l-oyoqlar og’riganda qo`llanilishi lozim bo`lgan chora-
tadbirlarni o`z ichiga oladi. Turk tilida chop etilgan nusxasi mavjud.
10. "Risola fi xifz as-siqqa" ("Sog’liqni Saqlash haqida risola"). Bu asar 13
bobdan iborat bo`lib, unda umumiy shaxsiy gigiena qoidalari haqida to`liq
ma`lumotlar berilgan. Chop etilmagan.
11. "Risola fi-s - sikanjubin" ("Sikanjubin haqida risola") sikanjubinni
tayyorlanish usullari va uning foydalari haqida so`z boradi. O’rta asrda lotin tilida
chop etilgan.
12. "Risola fi-l-fasad" ("Qon olish haqida risola") turk tilida chop etilgan.
13. "Risola fi-l-xindibo" ("Sachratqi haqida risola") bu asarning arabcha matni
va turk tilidagi tarjimasi 1955 y Istambulda chop etilgan.
Olimning falsafaga oid muhim asarlari quyidagilar:
"Kitob ash-shifo" - eng yirik falsafiy asar bo`lib, 4 qismdan iborat:
1) mantiq
2) tabiiy fanlar (minerallar, o`simliklar, hayvonot olami haqida)
3) matematika, riyoziyot ilmi
4) metafizika yoki ilohiyot. 1887-1888 y Texronda , 1952 y Qohirada chop
etilgan.
22
II. "Kitob an-najot" - ("Najot" kitobi). Bu kitobda kitob ash-shifoning mazmuni
qisqartirib bayon etilgan. Arabcha matni 1593 y Rimda , 1913 -1933 y illar
Qohirada chop etilgan.
III. "Al- ishorat va tanbixot" ("Ishoralar va tanbixlar") eng so`nggi yirik asari
bo`lib, falsafaning asosiy masalalari qisqacha bayon etilgan. Arabcha matni
Leydenda 1892 y , Qohirada 1947 y, Texronda 1864 y, Istambulda 1873 y nashr
etilgan. Fransuz tilida 1951 y fors tilida 1937-1954 yilda nashr etilgan.
IV. "Donishnoma" - ("Bilim") kitobi - fors-dariy tilida yozilgan falsafiy asar.
Forscha matni Xaydarobod 1891 y, Tehronda 1897, 1952 y. Ruscha matni
Dushanbeda 1957 y nashr etilgan.
Ibn Sino tog’larning paydo bo`lishi to`g'risida ajoyib 2 fikrni bildirgan:
Birinchidan, kuchli yer qimirlash hisobidan yer qobig’ining ko`tarilishi,
ikkinchidan, suv oqimi va havoning asta-sekin ta`siri natijasida chuqur jarliklar
paydo bo`lib, natijada ularning yonida balandlik hosil bo`lib qolishi sabab bo`ladi
degan nazariyani ilgari surgan. Mineralogiya va geologiya faniga qo`shgan hissasi
tufayli, 1956 yilda O`zbekistonda topilgan yangi mineral Avisennit deb ataldi.
Mashhur shved botanigi Karl Linney (1707-1778) Ibn Sinoning botanika
sohasidagi xizmatlarini taqdirlab, tropik mamlakatlarda dengiz suvida ham o`suvchi
va doimo yashil holda qoladigan bir daraxtni Avitsena deb ataydi. Poeziya sohasida
ham ibn Sino sezilarli iz qoldirdi. U o`zining ayrim ilmiy asarlarini rajaz vaznli
she`rda yozgan. Olimning falsafiy qissalari fors-tojik adabiyotiga chuqur ta`sir
ko`rsatdi. Masalan, ibn Sinoning "At-tayr" ("Qushlar") nomli she`riy risolasi bilan
Fariduddin Attor (1142-1224)ning "Mantiq at -tayr" ("Qushlar so`zi") dostoni
orasida ma`lum darajada bog’liqlik bor. Olimning fors tilida yozilgan bir nechta
g'azal va qit`alari, 40 dan ortiq ruboiylari mavjud. Bundan tashqari ibn Sinoning
tibbiyot va kimyo fanining taraqqiyotiga qo`shgan ulkan hissasi beqiyosdir.
23
Ma`lumki, tabobat ya`ni meditsina fani eng qadimiy fanlardan bo`lib,
Misr, Hindiston, Markaziy Osiyo mamlakatlarida asrimizdan 2 ming yil oldin
taraqqiy topa boshlagan. Keyinchalik bu fan qadimgi Yunoniston, so`ngra Rim
(imperiyasiga qarashli) yerlarida rivoj topadi.
Qadimgi Yunon va Rim tabiblaridan quyidagilarni zikr etish mumkin:
Buqrot, ya`ni Gippokrat (asrimizdan oldingi 460 -355 yillar), Dioskorid (1 asrda
yashagan) , Jolinus , ya`ni Galen (129-200 yillar), Oribaziy (325-402 yillar), Pavel
(615-690yillar).
Hindiston tabiblaridan Kushon podshosi Kanishka davrida, ya`ni 1 asrda
yashagan Charakaning tibbiy asarlari juda mashhur bo`lib, bu kitob Abbosiylar
davrida arab tiliga tarjima qilingan.
O`rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida esa xalq orasidan yetishib chiqqan tib
olimlari quyidagilar:
-Abu Jurayj - taxminan 8 asrda yashagan, nasroniy tabib.
-Mosarjavayx -Umaviylar davrida Basrada yashagan, uni ko`pincha al-Yaxudiy
deb ataydilar.
-Masix ad -Dimashqiy - Xorun ar-Rashidning (786-809 yillar) shaxsiy tabibi
bo`lgan. "Kunnosh al Kabir" nomli katta asar muallifi.
-Ibn Mosavayx (777-857y) - Eronning ilmiy markazlaridan bo`lgan
Jundishopurda tug’ilgan, Bog’dodda istiqomat qilgan va birinchilardan bo`lib ko`z
kasalliklari haqida ilmiy asar yozgan.
-Sobur ibn Saxl (869 y vafot etgan) avval Jundishopurda, so`ngra Bog’dodda
kasalxonani boshqargan. Sharqda birinchi bo`lib farmakopiyani ("Kitob al-
aqrabodin al -kabir") yaratgan.
-Saxorbuxt – Bog’dodda yashagan bo`lib, sodda dorilar haqida kitob yaratgan.
Tib olimlaridan Abu Bakr Roziyning (865-925y) nomini alohida qayd
qilish lozim. U O`rta asrning eng buyuk tabiblaridan biri va ulug’ kimyogari
24
hisoblanadi. Abu Rayxon Beruniy o`zining dorishunoslikka bag’ishlangan
"Seydana" nomli asarini yozishda Roziyning asarlariga keng tayangan. Roziyning
tabobatga oid eng yirik asari "Kitob al -xoviy" ("Qamrab oluvchi kitob") bo`lib, bu
kitob Roziygacha tib ilmi sohasida ma`lum bo`lgan barcha ma`lumotlarni o`z ichiga
oladi va hajm jihatdan "Tib Qonunlari"dan ham katta. Biroq , bu kitobning qat`iy bir
reja asosida bob va qismlarga ajratilmaganligi undan foydalanishni qiyinlashtiradi.
Shuning uchun ham kitobning arabcha nusxalari ko`p tarqalmagan va hatto nashr
ham etilmagan.
Ibn Sinoning ustozlari quyidagilar:
Ali ibn Rabban at-Tabariy (Marv shahrida tug’ilgan) "Firdavs al - hikma"
(Xikmat bog’i) nomli katta asarni yozgan.
Rabi` ibn Axmad al- Axavayniy al-Buxoriy (Abu Bakr Roziyning buxorolik
shogirdi), "Hidoyat al-Mo’tallimin fit - tibb" ("Tabobatni o`rganuvchilar uchun
qo`llanma) fors-dariy tilida yozilgan kitobi mavjud bo`lib, 1965 y Eronda nashr
etilgan.
-Abu Mansur al -Xasan ibn Nux al-Qumriy (999 y Buxoroda vafot etgan) ning 2
ta katta asari bizgacha yetib kelgan: "Kitob al -qino val - muno" ("Mukammal va
maqsadlarga yetishtiruvchi kitob"), "Kitob at-tanvir fil istiloxot at -tibbiya" ("Tibbiy
istiloxlarni yorituvchi kitob").
Bulardan birinchisi, inson a`zolarida bo`ladigan barcha kasalliklarni
davolashga qaratilgan bo`lsa, ikkinchi asar o`sha davr tabobatida qo`llanilgan tibbiy
terminlarning izohli lug’ati deb ataladi. Ibn Sino bilan yaqindan muloqotda bo`lgan
tabiblarning biri Xorazmda yashab ijod etgan Abu Saxl al-Masixiy ham tabib
sifatida mashhurdir. Uning tabobatga oid ilmiy asari "Kitub al - mi` - a fis - sinoat at
- tibbiya" ("Tib san`ati bo`yicha 100 kitob") nomli bo`lib, unda tibbiyotga oid barcha
sohalar mufassal bayon etilgan.
25
Umuman Ibn Sino oldida turgan asosiy vazifa turli xalq namoyandalari
tomonidan asrlar davomida tib ilmi sohasida to`plangan ma`lumotlarning
muhimlarini 2-darajadagilardan ajratib, ularni muayyan bir tartibga solish va o`z
tajribalari bilan boyitilgan holda ma`lum nazariy va qonun - qoidalar asosida
umumlashtirishdir.
Nihoyatda murakkab va mas`uliyatli vazifani ibn Sino katta mahorat
bilan amalga oshirdiki, uning "Tib Qonunlari" asari jahon tib ilmi tarixida tutgan
mavqei yorqin guvohlik beradi.
"Tib Qonunlari" kitobining asl arabcha matni birinchi marta 1593 yili
Rimda, keyinchalik u hozirgi Qohira (1873,1877,1879), Tehron (1889), Laknav
(1906) va Loxur (1906) shaharlarida chop etildi. Ispaniyaning Toleda shahrida
1130 yilda tarjimonlar kollegiyasi tashkil qilinadi va Kremonalik Gevard (1114 -
1187 y) "Tib Qonunlari" ni arab tilidan lotin tiliga tarjima qilishga kirishadi.
Shundan boshlab "Tib Qonunlari" kitobi Yevropa vrachlari qo`lidagi asosiy
qo`llanmaga aylanadi va universitetlarda meditsina fani shu asar bo`yicha
o`qitilgan.
O`zbekistonning sharqshunos olimlari Toshkentdagi shifokorlar bilan
hamkorlikda 1954-1961yillar mobaynida "Tib Qonunlari" ning besh kitobini
arabchadan o`zbek va rus tillarida tarjima qilib nashr etdilar.
Umuman,
"Tib
Qonunlari" besh kitobdan iborat va ular quyidagilar:
Birinchi kitob - tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning
umumiy masalalari haqida ma`lumot beradi. Tabobat ilmining ta`rifi, uning
vazifalari, xilt va mizoj haqidagi ta`limot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining
"oddiy" a`zolari - suyak, tog’ay, asab, arteriya, vena, pay, mushaklar haqida
qisqacha anatomik ocherk keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari,
ko`rinishlari, turkumlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi.
26
Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida Sog’liqni saqlash
tadbirlari haqidagi ta`limot batafsil bayon qilinadi.
Ikkinchi kitob - o`sha davr tabobatida qo`llanilgan dori - darmonlar
haqida zaruriy ma`lumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir. Unda o`simlik,
hayvon va ma`danlardan olinadigan 800 dan ortiq dori - darmonlar ta`rifi, ularning
davolik xususiyatlari va qo`llanish usullari bayon qilingan. Muallif O`rta Osiyo va
Yaqin Sharq hamda O`rta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan - dori - darmonlardan
tashqari Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Afrika, O`rta yer dengizining orollari va
boshqa joylardan keltiriladigan ko`plab dorivor o`simliklarni ham ko`rsatib o`tadi.
Uchinchi kitob - Inson tanasining boshidan tovonigacha bo`lgan a`zolarida
yuz beradigan "Xususiy" va "Mahalliy" kasalliklar haqida ma`lumot beradi. Ya`ni,
bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga bag’ishlangan. Unda bosh miya, ko`z,
quloq, burun, og’iz bo`shlig’i, til, tish, milk, lab, tomoq, o`pka, yurak, qizilo`ngach,
oshqozon kasalliklari, jigar, o`t pufagi, ichak, buyrak, qovuq, jinsiy a`zolar
kasalliklari haqidagi ma`lumotlar keltirilgan.
To`rtinchi kitob - inson a`zolarining birortasiga xos bo`lmagan "umumiy"
kasalliklarga bag’ishlangan. Masalan, turli isitmalar (buxronlar), shishlar, toshmalar,
yara - chaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, turli xil jarohatlar kiritilgan.
Shuningdek mazkur asarda o`ta yuqumli kasalliklar: chechak,
qizamiq, moxov, vabo va quturish kasalliklari haqida so`z boradi. Shuningdek,
toksikologiyaning ham asosiy masalalari bayon qilinadi. Kitobning maxsus bo`limi
inson husni va chiroyini saqlashga va pardoz - andoz vositalariga bag’ishlangan,
sochni to’kilishdan saqlaydigan, haddan tashqari semirib ketish yoki ozib ketishning
oldini oladigan dori-darmon va tadbirlar haqida so`z yuritilgan.
Beshinchi kitob - farmakopiya bo`lib, unda murakkab tartibli dori -
darmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan. Kitobning 1-
qismida turli taryoqlar (ziddi - zaharlar), ma`junlar, kulchadori, elaki dori,
27
sharbatlar, qaynatma, sharob, malham va boshqalar tavsifi berilsa, 2- qismida esa
muayyan a`zolar - bosh, ko`z, quloq, tish, tomoq, ko`krak qafasi va qorin bo`shlig’i
a`zolari, bo`g’imlar va teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan dori
darmonlar keltiriladi.
Xulosa qilib aytganda, Abu Ali ibn Sinoning eng mashhur va durdona
asarlaridan biri "Kitob al -Qonun fit-tib" (Tib qonunlari) kitobi hisoblanadi. Bu asar
o`z zamonasidagi tabobat ilmlarining mufassal qomusi sifatida inson sog’ligi va
kasalliklarga oid bo`lgan barcha muammolarni mantiqiy tartibda to`la mujassam
etgan. Buyuk olimning qilgan xizmatlarini, jahonning ilm ahli e`zozlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |