Farmokognoziya oxiri p65


KAMFORA DARAXTI – CINNAMOMUM CAMPHORA (l.)



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet107/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

KAMFORA DARAXTI – CINNAMOMUM CAMPHORA (l.)
NEES ET EBERM
O‘simlik nomi.
Lavrdoshlar – Lauraceae oilasiga kiradi.
Bo‘yi — 15–30, ba’zan 50 m ga yetadigan doim yashil
daraxt. Po‘stlog‘i och yoki to‘q kulrang bo‘lib, biroz yorilgan.


132
Yosh shoxlari yashil va silliq. Bargi oddiy, tuxumsimon, qalin,
bazan elliðssimon, o‘tkir uchli, tekis qirrali, ustki tomoni
yashil, pastki tomoni esa och yashil bo‘lib, poyada bandi bilan
ketma-ket o‘rnashgan. Barglarida mayda nuqtaga o‘xshash efir
moyi saqlaydigan joylar bo‘ladi. Gullari mayda, ko‘rimsiz, oq-
sariq, ro‘vakka to

plangan. Gulqo‘rg‘oni oddiy, tojsimon, olti
bo‘lakka qirqilgan, otaligi 12 ta (to‘rt aylana shaklida joylashgan),
onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – shar-
simon, qora-ko‘k rangdagi danakli meva. May – iyun oylarida
gullaydi, mevasi noyabrda pishadi.
Geografik tarqalishi.
Vatani Yaponiya, Xitoy va Koreya.
Kavkazning Qora dengiz qirg‘oqlarida o‘stiriladi.
Kimyoviy tarkibi.
Barg tarkibida 0,8-1,8%, shoxchalarida
0,8–2%, yog‘och qismida 4,22%, ildizida 8% efir moyi bo‘ladi.
Kamfora efir moyining tarkibiy qismi bo‘lib, uning 75–85% ni
tashkil etadi. Efir moyi tarkibida kamforadan tashqari sineol,
pinen, kamfen, limonen, evgenol va boshqa terpenlar bor.
Yaponiyada efir moyi kamfora daraxti ildizidan, yog‘och
qismidan, po‘stlog‘idan va shoxlaridan suv bug‘i yordamida
haydab olinadi. Kavkazda esa kamfora plantatsiyalarini saqlab
qolish maqsadida, efir moyi serbargli shoxchalardan olinadi.
Plantatsiyalarda o‘stiriladigan kamfora daraxtidan kamfora olish
uchun uning shoxlarini bir yilda ikki marta (iyundan avgust-
gacha va oktyabrdan fevralgacha) kesiladi. Kamfora daraxtining
sarg‘ayib to‘kilgan barglari tarkibida efir moyi ko‘p bo‘ladi.
Zavodlarda kamfora daraxtining shoxchalaridan suv bug‘i
bilan haydab efir moyi olinadi. Efir moyi sovitilsa, uning stea-
ropteni – kamfora kristall holda ajraladi. Bu kamfora pressda
siqiladi va filtrlab ajratib olinadi. So‘ngra quruq haydash usuli
bilan tozalanadi.
Ishlatilishi.
Kamfora yurak-tomir sistemasi kasalliklarida
ishlatiladi. Is gazi, narkotiklar va uyqu dorilaridan zaharlanganda
hamda og‘ir yuqumli kasalliklardan so‘ng yurak-tomir sistemasi
ishini va nafas olish jarayonini qo‘zg‘atuvchi dori sifatida qo‘l-
laniladi. Ba‘zan kamforaning yuqoriroq dozasi asab kasalligini
davolashda ham ishlatiladi. Kamfora surtmasi hamda kamforaning
moydagi va spirtli eritmalari mushaklar og‘riganda, bod va bosh-
qa kasalliklarda tananing og‘rigan yeriga surtiladi. Kamfora mono-
bromid markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi moddadir.
Kamfora texnikada tselluloid xamda plastmassa tayyor-
lashda, xonadonlarda esa kuyaga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi.


133

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish