Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

MAKROSKOPIK TAHLIL
Makroskopik tahlilda mahsulotning tashqi ko‘rinishi, kat-
ta-kichikligi, rangi, hidi va mazasi aniqlanadi. Tekshirish vaq-
tida faqat lupadan foydalanish mumkin.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishini tekshirishda uning shakli,
ustki va pastki tomonlarining tuzilishi, ko‘ndalang sinishiga
(tekis yoki zirapchali), sertolaligi va boshqalarga ahamiyat
beriladi. Tekshirish, odatda, quruq mahsulot bilan olib boriladi.
Burishgan barglarni va ba’zi gullarni namlab, so‘ngra tekislab
ko‘rish mumkin.
Mahsulotning katta-kichikligi millimetrli chizg‘ich yorda-
mida (mayda meva va urug‘lardan boshqa mahsulotlar) aniqla-
nadi. Mahsulotning katta-kichikligi o‘zgaruvchan bo‘lganligi
uchun, odatda, har bir mahsulot bir necha marta o‘lchanadi
(eng kichik, eng katta, o‘rtacha bo‘laklar bilan), so‘ngra xulosa
chiqariladi.
Mahsulotning rangini aniqlash tabiiy yorug‘lik yordamida
quruq o‘simlik organida olib boriladi. Mahsulot rangi o‘z-
gargan bo‘lsa (tayyorlash, quritish va saqlash qoidalari buzilishi
natijasida), uning sifati to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin.
Mahsulotning hidi va mazasi o‘ziga xos bo‘ladi. Mahsulot
hidini yo‘qotsa yoki boshqa hidga ega bo‘lsa, yoxud mazasi
o‘zgarsa u buzilgan, sifatini yo‘qotgan hisoblanadi. Mahsulot
hidini aniqlash uchun uni ikki barmoq orasiga olib, maydalab,
so‘ngra hidlab ko‘riladi. Qattiq mahsulotlar esa pichoq bilan qi-
rib yoki hovonchada ezib, so‘ngra hidlanadi. Mahsulot mazasi-
ni esa quruq bo‘lakchalar yoki ular qaynatmalari ta’mini kî’rib
aniqlash mumkin. Bunda mahsulot zaharli bo‘lishini unutmaslik
kerak. Shu sababli mazasini aniqlash uchun og‘ziga olib chay-
nalgan bo‘lakchani yoki uning qaynatmasini tezda tupirib tash-
lash, so‘ngra og‘izni chayish lozim.
MIKROSKOPIK TAHLIL
Makroskopik tekshirish bilan dorivor mahsulot chinligini
aniqlash (identifikatsiya qilish) mumkin bo‘lmagan hollarda
(mahsulot mayda qilib qirqilgan yoki kukun holida bo‘lsa), ular
mikroskop yordamida tekshiriladi.
Mikroskopik tekshirishda avvalo, mikroskopik preparat tay-
yorlanadi va unga yorituvchi suyuqlik tomiziladi, ustini qopla-
gich oynacha bilan yopib, so‘ngra mikroskop ostida ko‘riladi.


40
Yorituvchi suyuqlik sifatida suv, glitserin, xloralgidrat erit-
masi hamda KOH va NaOH ning 3% li yoki 5% li eritmasini
ishlatish mumkin. Mikroskopik preparatlarni ko‘rish vaqtida
ishqor eritmalarining kraxmal donachalari, yog‘lar va boshqa
birikmalar bilan reaksiyaga kirishini unutmaslik lozim.
Mikroskopik preparat tayyorlash vaqtida preparatga havo
kirib qoladi va u preparatni ko‘rishga xalaqit beradi (havo qora
to‘garak shaklida ko‘rinadi). Shuning uchun preparat tayyorlab
bo‘lgandan so‘ng u ehtiyotlik bilan qizdiriladi (havoni chiqarib
yuborish uchun), keyin mikroskop ostida ko‘riladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish