Farmokognoziya oxiri p65


TARKIBIDA GLIKOZIDLAR BO‘LGAN



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet176/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

TARKIBIDA GLIKOZIDLAR BO‘LGAN
DORIVOR O‘SIMLIK VA MAHSULOTLAR
XIV BOB
kasal), tez o‘tadigan pankreatit, buyrakusti bezlarida gor-
monlarning yetishmaslik hollari va boshqa kasalliklarni
davolashda ham qo‘llaniladi.


200
Glikozidlar tarkibida bir (monozidlar), ikki (biozidlar),
uch (triozidlar) va undan ortiq monosaxarid molekulasi bo‘lishi
mumkin. Ular, odatda, aglikonni bitta gidroksil guruhiga uzun
zanjir tiðida ketma-ket birlashadi. Shuning uchun bunday
glikozidlarning gidrolizi — parchalanishi pog‘onali boradi va
monosaxarid molekulalari aglikondan bittadan ketma-ket ajra-
ladi. Masalan, triozidning gidrolizlanish reaksiyasini quyidagi
sxema bo‘yicha ifodalash mumkin.
I davr. Triozid — I molekula monosaxarid+biozid.
II davr. Biozid — I molekula monosaxarid+monozid.
III davr. Monozid — I molekula monosaxarid+aglikon.
Ba’zan glikozidlardagi monosaxaridlarning ayrim mole-
kulalari aglikonni 2 ta yoki 3 ta gidroksiliga birlashib, -id, tri-
yoki undan ham murakkab glikozid hosil qilishi mumkin.
Glikozidlar oson parchalanadi. Ayniqsa, ular o‘simliklar-
ning o‘lik to‘qimasida ferment, harorat ta’sirida va namlik ish-
tirokida tez parchalanadi. Shuning uchun tirik o‘simliklar
to‘qimasida bo‘ladigan glikozidlarni birlamchi glikozidlar deb
hisoblanadi. O‘simliklardan ajratib olingan glikozidlarga bir-
lamchi glikozidlarning qisman gidrolizlanishidan vujudga kelgan
mahsulot deb qaraladi. Bu hol mahsulot tayyorlash, quritish va
saqlash vaqtida hisobga olinishi zarur. Haqiqatan ham yig‘ilgan
mahsulotni tezda quritilmay, uyib qo‘yilsa, u namlik ta’sirida
qiziydi, to‘qimalardagi fermentlar esa aktivlashib, glikozidlarni
parchalaydi yoki to‘g‘ri quritilgan mahsulotni issiq va nam yerda
saqlansa ham yuqorida aytilgan ahvol qaytariladi. Shuning
uchun tarkibida glikozidlar saqlaydigan tayyorlangan mahsulot-
ni yig‘ib qo‘ymay tezda va to‘g‘ri quritish va quritilgan mah-
sulotni yaxshi yopiladigan idishlarga solib, quruq yerda saqlash
lozim. Shundagina mahsulot tarkibidagi glikozidlar parcha-
lanmay saqlanadi va dorivor mahsulot o‘z qimmatini yo‘qot-
maydi.
Glikozidlar o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan. Ular
o‘simliklarning barcha organlari to‘qimalarida hujayra shirasida
erigan holda uchraydi. O‘simliklar tarkibida bir nechta gliko-
zidlar bo‘lishi (bitta o‘simlik tarkibida 20 dan ortiq ayrim-ayrim
glikozidlar bo‘lishi) mumkin. Ba’zan bitta yoki bir xil kimyo-
viy tuzilishdagi bir guruh glikozidlar butun bir oilaga (yoki
botanik bir-biriga yaqin bo‘lgan qardosh oilalarga) xos bo‘lib,
ular shu oilaga kiradigan turlarda keng tarqaladi (masalan,


201
amigdalin glikozidi ra’noguldoshlar, tioglikozidlar esa ka-
ramdoshlar (krestguldoshlar) oilalari turlarida). Shu bilan bir
qatorda, ba’zi glikozidlar bir nechta oilaga kiradigan o‘sim-
liklarda uchraydi.
Glikozidlar o‘simlik to‘qimalarida bo‘ladigan moddalar al-
mashinuvi jarayonida faol qatnashadi. Glikozidlarga uglevod-
larning zaxira holda yig‘ilgan shakllaridan biri deb ham qaraladi.
Sof holda ajratib olingan glikozidlar kristall modda, ular
ko‘pchilik organik erituvchilarda erimaydi, spirtda yomon (ba’-
zan yaxshi), suvda yaxshi eriydi. Glikozidlarning suvdagi erit-
masi neytral reaksiyaga, shuningdek, qutblangan nur tekis-
ligini og‘dirish (optik faollik) xususiyatiga ega. Hamma gli-
kozidlar Feling reaktividan misni qaytaradi. Glikozidlarning
suvdagi eritmalari bariy gidroksid, qo‘rg‘oshin asetat va tanin
eritmalari bilan cho‘kma hosil qiladi.
Glikozidlarning terapevtik ta’siri ham ularning aglikonlariga
bog‘liq. Qand qismi esa aglikonlarni (demak, glikozid moleku-
lasini) suvda erishini hamda hayvonlar organizmida shimilishini,
ya’ni organizmga ta’sir qilishini tezlashtiradi. Shu bilan birga,
ba’zi monosaxaridlar ayrim aglikonlarni ta’sir kuchini o‘zgar-
tirishi ham mumkin.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish