Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Kimyoviy tarkibi.
Baliq moyi tarkibida vitamin A va D, pig-
mentlar (liðoxrom), oz miqdorda yod bo‘ladi. Baliq moyining
terapevtik qimmati uning tarkibida ko‘p miqdorda vitamin A
va D bo‘lishiga hamda moyning o‘zini osonlik bilan o‘zlash-
tirilishiga bog‘liqdir. 1 g baliq moyida 350 ME (xalqaro birlik)
vitamin A va 60—80 ME vitamin D bo‘ladi. Vitaminlarga
boyitilgan 1 g baliq moyida esa 500 ME vitamin A va 150—200
ME vitamin D bo‘ladi.
Ishlatilishi.
Baliq moyi raxit, shirincha, limfa bezlari sili va
boshqa kasalliklar hamda yaralarni davolashda ishlatiladi.
Dorivor preparatlari.
Vitaminlashtirilgan baliq moyi, baliq
moyi emulsiyasi. Baliq moyi shisha idishlarda to‘la holda sal-
qin, qorong‘i joyda saqlanadi. Aks holda vitamin D yorug‘lik
ta’sirida parchalanib ketadi.
YOG‘SIMON MODDALAR
Yog‘simon moddalar va mumlar bir atomli, yuqori mole-
kulali spirtlarning yog‘ kislotalari bilan hosil qilgan murakkab
efirlaridir. Bu efirlar tarkibida stearin, palmitin, serotin, melits-
sin va boshqa kislotalar hamda setil, seril, miritsil, xolesterin va
boshqa spirtlar bo‘ladi.
Yog‘simon moddalar va mumlar turg‘un bo‘lib, ishqorlar-
ning suvdagi eritmalarida gidrolizlanmaydi, balki ishqorlarning
spirtdagi eritmalari ta’sirida va ko‘p qizdirish natijasida sovun-
lanish boradi. Yog‘simon moddalar va mumlar tarkibida glitse-
rin bo‘lmaydi, shu sababli akrolein reaksiyasini bermaydi.
Yog‘simon moddalar va mumlar farmatsevtikada surtmalar,
malhamlar tayyorlashda ishlatiladi. Bu birikmalar tahlilida
ularning tozaligi va ba’zi fizik hamda kimyoviy konstantalari
aniqlanadi.


101
LANOLIN – LANOLINUM, ADEPS LANAE
Lanolin olish.
Qo‘y terisi ostidagi bezlar yog‘ bilan bir
qatorda yog‘simon modda — lanolin ham ishlab chiqaradi. Teri
ustiga chiqqan yog‘ bilan lanolin junga yopishadi. Junni suv
bilan yuvib, yog‘ va lanolindan tozalanadi. Ana shu jun yuvilgan
suvdan lanolin olinadi. Issiq suvga soda yoki o‘yuvchi ishqorlar
qo‘shib, qo‘y junini yuvilganda emulsiyaga o‘xshash suyuqlik
ajraladi. Shu suyuqlik sentrifugada aylantirilsa, ishqorlarning
suvdagi eritmasida gidrolizlanmaydigan qo‘ng‘irrangli, boshqa
moddalar aralashgan badbo‘y lanolin yig‘iladi. Yog‘ning gidro-
lizlanishidan hosil bo‘lgan mahsulotlar esa suvda erib ketadi.
Lanolinni tozalash uchun aseton yoki benzinda eritib, filtr-
dan o‘tkaziladi. Erituvchi haydaladi, natijada suvsiz lanolin—
Lanolinum anhydricum hosil bo‘ladi. Qo‘y hidini ketkazish
uchun lanolin kaliy permanganat eritmasi yoki faollashtirilgan
ko‘mir bilan ishlanadi.
Lanolin qo‘ng‘ir-sariq, yog‘simon, yumshoq massa bo‘lib,
o‘ziga xos hidli. Suvda erimaydi, spirtda qisman, efir, xloroform,
aseton va benzinda yaxshi eriydi. Ko‘p miqdordagi suv bilan
aralashish xossasiga ega. U 150% suvni shimganida ham o‘zgar-
maydi. Bu lanolinning eng muhim xossalaridan biridir.
XDF ga ko‘ra, lanolinning erish harorati 36—42°, sovun-
lanish soni 90—105 ga teng. Kislota soni 1 dan, umumiy kuli
0,1% dan, 100—105° da qizdirilganda yo‘qotilgan og‘irlik 1% dan
yuqori bo‘lmasligi kerak.
Lanolin yuqori molekulali, bir atomli polisiklik spirtlar
(xolesterin va izoxolesterin) ning yuqori molekulali yog‘ kislo-
talari — serotin hamda palmitin kislotalar bilan hosil qilgan
murakkab efirlaridan iborat.
XDF ga ko‘ra, suvsiz lanolin bilan bir qatorda suvli lano-
lin — Lanolinum hydricum ham ishlatiladi. Suvli lanolin tay-
yorlash uchun 70 g suvsiz lanolinga sekin-asta 30 g suv ara-
lashtiriladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish