Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet203/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Geografik tarqalishi.
Bu o‘simlik sho‘r tuproqli cho‘llarda,
cho‘llardagi ariq, kanal va daryo bo‘ylarida, begona o‘t sifatida
ekinzorlarda o‘sadi. Asosan, O‘rta Osiyoning cho‘l va yarimcho‘l
tumanlarida, Qozog‘iston, Shimoliy Kavkaz, Zakavkazye ham-
da Ukraina, Moldova, Belorus, Rossiyaning Yevropa qismining
janubida uchraydi. Mahsulot Ural daryosining vodiysida, Do-
g‘iston, Turkmanistonda va O‘zbekistonda (Amudaryo va
Sirdaryo bo‘ylarida) hamda Janubiy Qozog‘istonda tayyorlanadi.
Mahsulot tayyorlash.
Mahsulot yig‘ish vaqti yig‘iladigan joy
iqlimiga qarab belgilanadi. Masalan, Uralda may oyidan oktabr-
gacha, Dog‘istonda martdan iyungacha, Turkmanistonda esa
oktabr oyidan, kelasi yil apreligacha mahsulot tayyorlanadi.
Ayni vaqtda ildizlarning 50—75% olinadi, qolganlari yerda,
qayta ko‘payish uchun qoldiriladi. Qayta mahsulot tayyorlash
6—8 yildan so‘ng mumkin.
XI DF ga ko‘ra, tibbiyotda qizilmiyaning tozalanmagan
ildizi — Radix Glycyrrhizae naturalis va probka qismidan toza-
langan ildizi — Radix Glycyrrhizae mundata ishlatiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot probka
qismidan tozalanmagan va tozalangan ildizdan iborat. Ildiz bo‘-
laklari silindrsimon, har xil uzunlikda, yo‘g‘onligi 5—50 mm
va undan oshiq bo‘ladi. Ildizpoyaga tutashgan ildiz yo‘g‘onligi
ba’zan 15 sm bo‘ladi. Tozalanmagan ildizlarning ustki tomoni
biroz burishgan, qo‘ng‘ir, tozalangan ildizlarning ustki tomoni
esa och sariqdan (I nav) qo‘ng‘ir sariq (II nav) ranggacha
bo‘ladi. Mahsulotning ichi och sariq rangli va sertolali.
Mahsulot hidsiz bo‘lib, juda shirin mazaga ega.
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi.
Sovuq usul bilan yum-
shatilgan ildizni ko‘ndalangiga kesib, preparat tayyorlanadi.
Mikroskopni kichik obyektivida ko‘riladigan preparat xlor-
rux-yod eritmasi, katta obyektivida ko‘riladigani esa floroglutsin
eritmasi hamda xlorid kislota yordamida bo‘yaladi (20-rasm).
Ildiz ko‘ndalang kesimida tashqi tomondan probka bilan
qoplangan bo‘lib (probka qismi qirib tashlanmagan bo‘lsa), ich-
karisida po‘stloq parenximasi va floema joylashgan. Ildiz marka-
zidan po‘stloq tomon ko‘p qatorli o‘zak nur hujayralari o‘r-
nashgan. Po‘stloq parenximasida va o‘zak nur hujayralarida
ko‘pgina yumaloq shakldagi kraxmal donachalari bo‘ladi. O‘zak
nur hujayralari oralig‘idagi floemada o‘z funksiyasini va hujay-
ralik shaklini yo‘qotgan, qalinlashgan elaksimon naylar hamda
guruh bo‘lib joylashgan ko‘pgina lub tolalar (stereidlar) uch-


230
raydi. Floema bilan ksilema o‘rtasida kambiy joylashgan. Ksile-
mada juda katta va traxeid bilan o‘ralgan suv naylari va guruh
holidagi sklerenximalar bor.
Parenxima, o‘zak nur hujayralari xlor-rux-yod eritmasi
ta’sirida ko‘k rangga, suv naylari, stereidlar, sklerenximali
tolalar esa floroglutsin va xlorid kislota ta’sirida qizil rangga
bo‘yaladi. Uzunasiga kesilgan preparatda har xil suv naylari
ko‘rinadi. Ular ichida bochkasimon suv nayi (teshigi hoshiyali)
qizilmiya o‘simligi ildiziga xos. Floema va ksilemada qalin devorli
va uchi o‘tkir, kristalli hujayralar bilan qoplangan sklerenxima
tolalari guruh-guruh bo‘lib uchraydi.
Qizilmiya o‘simligining ildiz kukuni xloralgidrat eritmasi
yordamida mikroskop ostida ko‘riladi. Bu kukunda kristalli hu-
jayralar bilan qoplangan tolalar guruhi va bochkasimon suv
naylarining bo‘lakchalari hamda kraxmal donachalarini saqlov-
chi parenxima hujayralari borligi kukunning xarakterli belgisidir.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish