Farmokognoziya oxiri p65


O‘simlikning hamma qismi zaharli!



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet198/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

O‘simlikning hamma qismi zaharli!
Geografik tarqalishi.
May marvaridguli — Ukraina, Belo-
rus, Moldova, Rossiyaning Yevropa qismidagi o‘rmonlarda,
Zakavkazye marvaridguli — Shimoliy Kavkazda, Zakavkazye va
Qrimda, Keyske marvaridguli — Uzoq Sharqda (Zabaykalye,
Priamur, Primorye, Saxalin va Janubiy Kurilda) gi nam archa,
mayda bargli archa, kamdan kam qarag‘ay o‘rmonlarida, nam
o‘tloqlarda, butalar orasida va boshqa yerlarda o‘sadi.
Mahsulotni, asosan, Shimoliy Kavkaz, Rossiya, Belorus va
Ukraina Respublikalarida tayyorlanadi.
Mahsulot tayyorlash.
Mahsulot sifatida marvaridgulning
yerustki qismi yoki bargi, yoxud guli ayrim-ayrim holda
yig‘iladi. Yerustki qismi va gulini o‘simlik gullagan vaqtida,
bargini gullashdan oldin yoki gullashi boshlanishida ochiq va
quruq havoda, shudring yerdan ko‘tarilgandan so‘ng yerdan
3—5 sm balandlikda o‘rib olinadi va soya yerda yupqa qilib yo-
yib yoki quritgichda 50—60°C da quritiladi. Mahsulotni bir
yerdan qayta tayyorlashga 3—4-yildan so‘ng ruxsat etiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot o‘simlik
gulidan, bargidan yoki yerustki qismidan (barg, gulo‘qi va


224
gullaridan) tashkil topgan, Bargi oddiy, elliðssimon, o‘tkir
uchli, tekis qirrali, har ikki tomoni tuksiz, yashil rangli, qin-
li bo‘lib, yoysimon tomirlangan. Bargning uzunligi 10—20 sm.
Gulo‘qi uch qirrali, och yashil, tuksiz, bir tomonlama siyrak
joylashgan shingil to‘pgul bilan tamomlanadi. Guli oq yoki
sariq-oq rangli, gul-qo‘rg‘oni oddiy, oltita tishli, qo‘ng‘iroq-
simon gultojisidan iborat. Otaligi 6 ta, onalik tuguni uch xona-
li, yuqoriga joylashgan. Mahsulot kuchsiz hid va achchiq maza-
ga ega.
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi.
Ishqor eritmasida yori-
tilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi (19-
rasm). Bargining har ikki tomoni cho‘ziq va to‘g‘ri devorli
epidermis hujayralari bilan qoplangan. Bargning har ikkala
tomonidagi epidermisda ustitsalar bo‘ladi. Bargning qoziqsimon
to‘qimasi gorizontal joylashgan bo‘lib (boshqa barglardan farqi),
uning hujayralari epidermis hujayralari ostida yotgan holda
ko‘rinadi. Bargda ikki xil shakldagi kristallar: yirik va uzun
prizma holidagi hamda mayda nina shaklidagi rafidlar uchraydi.
Prizma shaklidagi yirik rafidlar bitta yoki ikkitadan, nina
shaklidagisi esa to‘p bo‘lib, ayrim hujayralar ichida joylashgan.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish