Farmokognoziya oxiri p65


DORIVOR O‘SIMLIKLARNING KIMYOVIY



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

DORIVOR O‘SIMLIKLARNING KIMYOVIY
TARKIBI VA DORIVOR MAHSULOTLAR
TASNIFI
VI BOB


32
shiga tashqi muhit (namlik, issiqlik, yorug‘lik, tuproq tarkibi,
o‘sish joyi va boshqalar) ta’sirini bilishni katta ahamiyati bor
va bu hollar dorivor o‘simliklarni tabiiy sharoitdan plan-
tatsiyalarda o‘stirishga o‘tkazilganda hisobga olinishi zarurdir.
Har bir o‘simlik plantatsiyalarda o‘stirilganda unga o‘ziga xos
sharoit va iqlimni iloji boricha tug‘dirish lozim.
O‘simliklar tarkibida biologik faol moddalarning ko‘p to‘p-
lanish vaqti yana o‘simlikning o‘sish davriga ham bog‘liqdir.
Ko‘pchilik o‘simliklarning yerustki qismi va barglari tarkibida
asosiy ta’sir qiluvchi biologik faol moddalar ular gullashidan
oldin va gullash davrida, gullarda — ularni qiyg‘os gullagan
vaqtida, meva va urug‘larda — ular to‘liq yetilganida, yerostki
organlarda — o‘simlik vegetatsiya davri (ontogenezni) oxirida
(kech kuzda) ko‘p miqdorda to‘planadi.
O‘simliklarning kimyoviy tarkibi juda ham murakkab
bo‘lib, turli organik va mineral moddalardan tashkil topgan.
Ularning hammasi dorivor bo‘lmaydi va kasalliklarni davo-
lashda shifobaxsh ta’sir ko‘rsatmaydi. Ayrimlari esa dori turla-
rini tayyorlashda xalaqit berib, dorivor mahsulotni saqlash
vaqtida ularning sifati buzilishiga olib keladi yoki asosiy ta’sir
etuvchi kimyoviy birikmalarni tez parchalanishiga sababchi
bo‘ladi. Shuning uchun dorivor o‘simliklar tarkibida uchray-
digan moddalar tibbiyot va farmatsiya nuqtayi nazaridan uch
guruhga bo‘linadi:
1. Dorivor o‘simliklarning 
asosiy ta’sir etuvchi
biologik
faol moddalari. Dorivor mahsulot tarkibida kasalliklarni da-
volovchi terapevtik ahamiyatga ega bo‘lgan biologik faol
moddalar bo‘lgani sababli u tibbiyotda va farmatsiyada ishla-
tiladi. O‘simlikning terapevtik ahamiyatga ega bo‘lgan shifo-
baxsh biologik faol kimyoviy birikmalari asosiy ta’sir etuvchi
moddalari deb ataladi. Bu moddalar ko‘pincha ayrim o‘sim-
liklarga xos bo‘lgan alkaloidlar (belladonna, bangidevona,
mingdevona, skopoliya turlariga xos atropin, giossiamin, sko-
polamin), glikozidlar (angishvonagul, strofant, adonis, mar-
varidgul, erizimum o‘simliklariga xos yurak glikozidlari, ra’no-
guldoshlarga xos amigdalin, karamdoshlarga xos sinigrin va
boshqa izotiotsianatlar), kumarinlar, efir moyfari, ftavonoid-
lar, vitaminlar, lignanlar, oshlovchi va boshqa moddalar.
2. O‘simliklarning ta’sir etuvchi moddalari bilan birga
uchraydigan birikmalar. Bunday moddalarni ayni shu o‘simlik-


33
da terapevtik ahamiyati bo‘lmasa-da, asosiy ta’sir etuvchi birik-
malarni ta’sir kuchini o‘zgartirishi (kuchaytirish) hamda orga-
nizmga so‘rilishini, natijada ta’sirini tezlatishi mumkin. Ba’zan
asosiy ta’sir etuvchi modda bilan birga uchraydigan boshqa
birikmalar organizmga birgalikda (kompleks) ta’sir ko‘rsatishi
ham mumkin. Masalan, angishvonagul tarkibidagi steroid sa-
poninlar shu o‘simlikning asosiy ta’sir etuvchi birikmasi —
yurak glikozidlarini organizmga so‘rilishini tezlatib, mahsu-
lotning dorivor preparatlarini ta’sirini tezlatadi va kuchaytiradi.
3. Terapevtik ahamiyati bo‘lmagan, keraksiz, 
ballast mod-
dalar
. Bu moddalar o‘simliklarning asosiy ta’sir etuvchi va ular
bilan birga uchraydigan birikmalar singari kimyoviy tuzilishi
bo‘yicha har xil moddalar bo‘lishi mumkin. Uglevodlar, smo-
lalar, efir moylari, yog‘lar, organik kislotalar, oqsil, mineral va
boshqa moddalar shular jumlasiga kiradi. Ular ma’lum sharoit-
da terapevtik ta’sirga ega bo‘lgan birikma hisoblansa ham,
boshqa o‘simlikda ballast (keraksiz); modda sifatida uchrashi
mumkin. Shuning uchun ballast moddalarni doimo bir xil,
ma’lum guruhga kiradigan birikmalar deyish xato bo‘ladi.
Masalan, kanakunjut, zaytun, bodom, zig‘ir va boshqalarning
urug‘idan olinadigan moylar asosiy ta’sir etuvchi birikmalar
hisoblansa, shoxkuya zamburug‘i hamda strofant urug‘ida uch-
raydigan yog‘lar shu o‘simliklardan dori turlari tayyorlashda va
mahsulotni saqlashda ballast modda hisoblanadi. Shuningdek,
sano bargida smolalar, shoxkuya tarkibidagi sut kislotalar ham
ko‘rsatilgan mahsulotlar uchun ballast moddalardir.
Dorivor mahsulotlarni sinflarga bo‘lishda turli omillar asos
qilib olingan: dorivor mahsulotlarning farmakologik ta’siri, do-
rivor mahsulotlarning morfologik tuzilishi (yerustki qismi, bar-
gi, guli, mevasi, yerostki organlar va boshqalar), dorivor mah-
sulot tarkibidagi ayrim birikmalarning xossalari (masalan, sa-
poninlarni turg‘un ko‘pik hosil qilishi) va boshqalar. Natijada
o‘z vaqtida dorivor mahsulotlarning farmakologik, botanik
hamda boshqa tasniflari bo‘lgan va shu asosda ular o‘rganilgan.
Hozirgi kunda ham ayrim hollarda dorivor o‘simliklar va
mahsulotlarni o‘rganishda farmakologik tasnifdan foydalaniladi.
Dorivor mahsulotlarning asosiy ta’sir qiluvchi moddalari
ajratib olinib, ularning kimyoviy tuzilishi aniqlangandan so‘ng
kimyoviy tasnifi tuzildi. Bu tasnif dorivor o‘simliklarning aso-
siy ta’sir qiluvchi birikmasining kimyoviy tuzilishiga asoslangan.


34
Kimyoviy tasnif bo‘yicha dorivor o‘simliklar va ularning
mahsulotlari farmakognoziya fanida quyidagi sinflarga bo‘lib
o‘tiladi.
1. Tarkibida polisaxaridlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va
mahsulotlar.
2. Tarkibida vitaminlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mah-
sulotlar.
3. Tarkibida liðidlar (yog‘lar va yog‘simon moddalar) bo‘l-
gan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar.
4. Tarkibida terpenoidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va
mahsulotlar.
5. Tarkibida alkaloidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mah-
sulotlar.
6. Tarkibida glikozidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mah-
sulotlar:
a) tarkibida monoterpen glikozidlar (achchiq moddalar)
bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar;
b) tarkibida yurak glikozidlari (steroid glikozidlar) bo‘lgan
dorivor o‘simliklar va mahsulotlar;
d) tarkibida triterpen glikozidlari (triterpen saponinlar)
hamda steroid saponinlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mah-
sulotlar.
7. Tarkibida fenol hosilalari bo‘lgan dorivor o‘simliklar va
mahsulotlar:
a) tarkibida oddiy fenollar, ularning hosilalari va glikozid-
lari (fenolglikozidlar) bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsu-
lotlar;
b) tarkibida lignanlar bo‘lgan dorivor o‘simlik va mahsu-
lotlar;
d) tarkibida antratsen hosilalari va ularning glikozidlari
(antraglikozidlar) bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar;
e) tarkibida flavonoidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va
mahsulotlar;
f) tarkibida kumarinlar va xromonlar bo‘lgan dorivor
o‘simliklar va mahsulotlar;
g) tarkibida oshlovchi moddalar bo‘lgan dorivor o‘simliklar
va mahsulotlar.
8. Tarkibida kam o‘rganilgan turli biologik faol moddalar
bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar.
Farmakognoziya fanining oxirida hayvonlardan olinadigan
dorivor mahsulotlar o‘rganiladi.


35
Dorivor o‘simlik mahsulotlarini tahlil qilishda ularning
chinligi (o‘z nomiga to‘g‘ri kelishi), yuqori sifatliligi va toza-
ligi aniqlanadi. Farmakognoziya fani amaliy qismining asosiy
vazifasi ham dorivor o‘simliklar mahsuloti chinligini, sifati
yuqoriligi va unda turli aralashmalar yo‘qligi — tozaligini aniq-
lashdan iboratdir. Buning uchun o‘simlik mahsulotlari bilan
makroskopik, mikroskopik, kimyoviy, biologik va tovarshu-
noslik tahlillar o‘tkaziladi.
Dorivor mahsulotlarni tahlil qilish mahsulotni qabul qilish
va tahlillar uchun o‘rtacha namuna olishdan boshlanadi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish