Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet141/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Mahsulot tayyorlash.
Mahsulot aprel oyidan boshlab yoz va
kuz oylarida yig‘iladi, faqat iyun oyida tayyorlanmaydi (iyunda
o‘simlikning yuqori va o‘rta qismidagi o‘tgan yilgi novdalari
to‘kila boshlaydi). O‘simlikning yashil rangli shox va shoxchala-
rini qo‘l bilan sindirib yoki pichoq, o‘roq bilan qirqib olinadi.
Mahsulot ochiq yerda quyoshda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot yashil
rangli shox va shoxchalardan iborat. Shoxchalar g‘ovak o‘zakli,
yog‘ochlangan, silindrsimon bo‘g‘im oraliqlaridan iborat bo‘lib,
uzunligi 2 sm, diametri 1,5 mm. Bo‘g‘imda qini bilan birikkan,
reduksiyalangan, uchburchakli tangachasimon barglar o‘rnash-
gan. Mahsulot hidsiz, achchiq, o‘tkir mazasi bor.


166
Kimyoviy tarkibi.
Mahsulot tarkibida 0,6—3,2% alkaloid
bo‘ladi (standartga ko‘ra, absolut quruq mahsulot tarkibidagi
alkaloidlar yig‘indisi 1,6% dan kam bo‘lmasligi kerak). Alkaloid-
lar yig‘indisining taxminan 90% i efedrin, qolgan qismini esa
psevdoefedrin va metilefedrin alkaloidlari tashkil etadi. Mah-
sulot tarkibida alkaloidlardan tashqari, fenol kislotalar, 660
mg% vitamin C, 7—14,04% oshlovchi va bo‘yoq moddalar
uchraydi.
Efedrinning xlorid kislota bilan hosil qilgan tuzi — efedrin
gidroxlorid suvda va spirtda yaxshi eriydigan, rangsiz, hidsiz,
achchiq mazali kristall moddadir.
Ishlatilishi.
Efedrin kishi organizmiga adrenalinga o‘xshash
ta’sir qiladi (simpatik nervlarni qo‘zg‘atadi, qorin bo‘shlig‘i va
teridagi qon tomirlarni nihoyatda toraytiradi). U adrenalindan
asosan kam zaharliligi, sekin, lekin uzoq ta’sir qilishi bilan farq
qiladi.
Efedrin og‘ir operatsiya yoki jarohatdan so‘ng ko‘p qon
yo‘qotilishi natijasida yuz bergan kollaps holatida, qon bosimi
pasayganda (giðotoniya), miasteniya, allergik bronxial astma,
pichan isitmasida (pichan astmasi), eshakemi toshganda, vazo-
motor tumov va boshqa kasalliklarda ishlatiladi. Bundan tash-
qari, efedrin alkaloidi morfin, skopolamin va gangliolitiklar
bilan zaharlanganda ham qo‘llanadi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish