2-BOB. DORIXONALAR ISHINI TASHKIL QILISH
2.1. DORI VOSITALARI BILAN CHAKANA SAVDO
QILISH QOIDALARI
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini keng joriy
etish va chuqurlashtirish, tashabbuskorlik ham da tadbirkorlikni
rivojlantirish, Respublika aholisini dori vositalari bilan ta ’minlashni
yaxshilash m aqsadida yuqorida qayd etilganidek, Respublika
«D ori-darm on» aksionerlik kom paniyasi viloyatlar, Toshkent
shahrida va Q oraqalpog‘iston Respublikasida uning hududiy
birlashmalari tashkil etildi.
Dori vositalari bilan chakana savdo qilish huquqi, asosan,
mulkchilik shaklining aksioner, jam oa va xususiy dorixonalariga
ruxsat etildi. Bu dorixonalaiga dori vositalami sotishda tegishli tartib-
qoidalarga am al qilish, ular bilan savdo qilish qoidalarini ta ’m in
lash m as’uliyati yuklatilgan.
Dori vositalarini sotish 0 ‘zbekiston Respublikasining «Dori
vositalari va farmatsevtika faoliyati to ‘g‘risida»gi 1997-yil 25-
aprelda qabul qilingan Q onun asosida dorixona muassasalari
to m o n id a n olib b o rilad i va d o ri v o sitalari faq at d o rix o n a
muassasalari orqali sotiladi.
Dorixona ishi dorixona amaliyoti uchun xos bo ‘lgan standart-
laiga muvofiq amalga oshiriladi.
Dorixonalar ishini boshqarish esa shu qonunga asosan oliy
farmatsevtika m a’lumotiga ega bo‘lgan shaxslargagina ruxsat etilishi
ta ’kidlangan. Shuningdek, dorixona dori vositalarini tayyorlash,
qadoqlash, ulam ing sifatini nazorat qilish ham da davolash, kasal-
likning oldini olishga m o'ljallangan dori vositalari tibbiy buyum -
larini, sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziq-ovqatlami,
m a’danli suvlami, davolash-kosmetika m ahsulotlam i xarid qilish,
saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasi hisoblanadi.
Dorixona muassasalari jumlasiga dorixonalar va ulaming shahobcha-
lari, davolash va kasallikning oldini olish muassasalarining dori-
xonalari kiradi.
16
0 ‘zbekiston Respubiikasi Prezidentining «Respublikada dori
vositalari sotish n itartib g aso lish to ‘g‘risida»gi 1994-yil 14-iyuldagi
P F — 916 farmonini ijro etish yuzasidan hamda Respublika aholismi
dori vositalari, vaksinalar va tibbiy buyum lar bilan ta ’minlashni
yaxshilash maqsadida, 0 ‘zbekiston Respubiikasi Vazirlar M ahka-
masining 1994-yil 6-avgustdagi 404-sonli Qarori e ’lon qilindi,
bunga asosan Respublika dorixona muassasalarida dori vositalari va
tibbiy buyum lar sotish qoidalari, cheklangan chakana narxlarda
sotiladigan ham da barcha dorixona muassasalarida mavjudligi
majburiy bo ‘lgan eng zarur dori vositalari ro‘yxati tasdiqlangan.
0 ‘zbekiston Respublikasida dori vositalari bilan chakana savdo
qilish huquqi «D ori-darm on» aksionerlik kompaniyasi dorixona
muassasalariga, shuningdek, mulkchilik shakllaridan q at’iy nazar,
0 ‘zbekiston Respubiikasi SogMiqni saqlash vazirligining maxsus
ruxsatnomasi (litsenziyasi)ga ega bo'lgan boshqa dorixonalaiga ruxsat
etiladi. Dorixona muassasalarida dori vositalarini sotishga faqat
maxsus farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslaiga ruxsat beriladi.
Dori vositalari va tibbiy buyum lam ing dorixona muassasalaridan
tashqarida — bozorlarda, ko‘chada, jam oat joylari ham da uyda
sotilishi q at’iyan taqiqlanadi.
Vazirlar M ahkamasining 2000-yil 18-iyul 276-sonli Qaroriga
muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o ‘tkazilmagan va
v ak d atli laboffitoriyada sifat bo ‘yicha nazoratdan o ‘tm agan dori
vositalari harfcfe rtbb#y*#buyuwrtarni sotish murrriein ешав.
Dori vois^talarni aholiga shifokor retsepti bilan va retseptsiz
berish shuningdek, davolash-profilaktika muassasalariga beriladlgan
dori vositalari ro ‘yxati va ularni berish qoidalari 0 ‘zbekiston
Respubiikasi SogMiqni saqlash vazirligi tom onidan tasdiqlanadi.
SSV tom onidan shifokorning retseptisiz berishga ruxsat etilgan
dori vositalaridan tashqari barcha dori vositalari dorixonalardan
faqat belgilangan shakllardagi retseptlarga ko‘ra berilishi kerak.
Tayyor dori vositalarini berish vitrinasiga shifokor retseptisiz
beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar ulaming narxi ko‘rsa-
tilgan holda q o ‘yiladi.
17
Davolash-profilaktika muassasalari shifokorlariga shifoxonada
kerakli dori vositalari bo‘lmaganda statsionar davolanishda bo ‘lgan
bemorlarga retsept yozib berishga ruxsat etiladi. Bunda dori naqd
pulga sotib olinganligi haqida m a’lum ot kasallik tarixiga yozib
q o ‘yilishi shartdir.
Maxsus ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlarga bepul retseptlar
bo'yicha dori vositalari, mulkchilik shaklidan q at’iy nazar barcha
dorixona muassasalaridan beriladi. Dorixona muassasalari tomonidan
bepul retseptlar b o ‘yicha berilgan dori vositalari Vazirlar M ahka-
masining «Davolash-profilaktika muassasalarini mablag‘ bilan
ta ’minlash tizimini takomillashtirish to ‘g‘risida»gi 1997-yildagi
532-sonli Qarorida ambulatoriyada davolashda dori vositalari bepul
beriladigan kasalliklar va shaxslar ro ‘yxatiga muvofiq amalga
oshiriladi. Ularga haq to ‘lash esa Sog‘liqni saqlash muassasalari
bilan tegishli tartibda tuzilgan shartnom a asosida amalga oshiri
ladi.
0 ‘zbekiston Respubiikasi Vazirlar M ahkamasining 1999-yil
14-yanvardagi 19-sonli va 2000-yil 5-avgustdagi 307-sonli Q aror-
lariga asoslanib, chakana dorixona tarm og‘ida dori vositalari va
tibbiyot buyumlarga narx belgilashning yagona tartibi joriy etildi.
Shunga asoslanib, dori vositalari va tibbiyot buyum lari
0 ‘zbekiston Respublikasiga im port b o ‘yicha yetkazib berishda
qatnashuvchi vositachilar sonidan q a t’iy nazar, baza narxiga 20
foizdan ortiq b o ‘lmagan, qolgan dori vositalari uchun ulguiji
savdoda 20 foiz, chakana savdo uchun 25 foizdan ortiq bo‘lmagan
m iq d o rd a ch ek lan g an savdo u stam alari q o ‘llanilgan ho ld a
shartnom aviy narxlar bo'yicha ulguiji va chakana savdo tarm og‘i
orqali sotilishi belgilab qo ‘yildi.
Ana shu qarorga asoslanib, mulkchilik shaklining ham m a
turidagi dorixonalarda, dorixona filiallarida va qishloq shifokorlik
punktlari qoshidagi dorixonalarida dori vositalarini, tibbiyot
buyumlarini ham da bem orlam i parvarish qilishda ishlatiladigan
sanitariya va gigiyena ashyolarini aholiga sotish ushbu belgilangan
chakana narxlarda amalga oshiriladi.
18
2.2. 0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASIDA DORIXONALARNI OCHISH
TARTIBI
D orixona SogMiqni saqlash tizim ining ajralm as tarkibiy
qismidagi tibbiyot muassasasi b o ‘lib, u aholini, davolash-profilak-
tika muassasalarini (DPM ) va boshqa tashkilotlami uzluksiz ravishda
dori vositalari, sanitariya-gigiyena buyum lari, bog‘lov materiallari
va bem orlarni parvarish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan
ta ’minlash bilan shug‘ullanadi.
Dorixonalar asosan dori tayyorlash, ta ’minot, savdo, moliya
va xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanib, ularni ishlab chiqarish faoliyati
shifokorlar tom onidan yozib berilgan retseptlari DPM larning
talabnom alari asosida dori vositalarini tayyorlab beradi. Katta
miqdordagi ayrim dori vositalarini laboratoriya-qadoqlash ishlari
bilan shug‘ullanadi, ulaming sifatini nazorat qiladi va tayyor dori
vositalarini aholi va D PM lariga sotadilar.
0 ‘zbekiston Respubiikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng,
Respublika Vazirlar M ahkamasining 1994-yil 11-martdagi 132-
sonli Qarori asosida Respublika «Dori-darm on» davlat aksionerlik
uyushmasi tashkil etildi, shu qaror asosida mulkchilikning xususiy,
jam oa ham da aksioner dorixonalar uyushm asi tashkil etildi.
Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Dori vositalari va
farmatsevtika faoliyati to ‘g‘risida»gi qonuniga asosan farmatsevtika
faoliyati bilan shug‘ullanish — dorixona ishini boshqarish oliy
m a’lumotli farmatsevtlargagina ruxsat etildi.
Yuqoridagi qayd etilgan faoliyatlami amalga oshirish va qonun
asosida dorixona ochish hamda tegishli farmatsevtika faoliyati bilan
shug'ullanish uchun esa maxsus litsenziya olish zarur b o ‘ladi. Bu
litsenziya 0 ‘zbekiston Respubiikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-
yil 31-oktabrdagi 477-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Tibbiy
faoliyatni va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash to ‘g‘risidagi
N izom asosida» maxsus ruxsatnom a, litsenziya berish tartibi
0 ‘zbekiston Respubiikasi SogMiqni saqlash vazirligida tashkil etilgan
maxsus hay’at tom onidan beriladigan ruxsatnom a (litsenziya)
asosida olib boriladi.
19
Litsenziya hay’ati tarkibiga 0 ‘zbekiston Respubiikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligi va Respublika hududida farmatsevtika faoliyati bilan
shug'ullanuvchi boshqa mas’ul yuridik shaxslaming vakillari kiradi.
Litsenziya hay’ati — hay’at raisi, a’zolari va texnik guruhidan
iborat. Litsenziya hay’ati raisi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘iga
asosan tayinlanadi. Hay’at tarkibi va tuzilishi, hay’at raisi tomonidan
taqdim etiladi h am da bunga asosan Sog'liqni saqlash vaziri
tom onidan chiqarilgan buyruqqa binoan faoliyat ko‘rsatadi.
Y uqorida keltirilgan qaror va tegishli qonunlarga asosan,
litsenziya berish tartibi va shartlari haqida «Nizom» ishlab chiqilgan
bo‘lib, ushbu nizomga asosan, 0 ‘zbekiston Respubiikasi hududida
farmatsevtika faoliyatini ko‘rsatish uchun litsenziya berishning
um um iy ta rtib la ri va sh artlari belgilanadi. U shbu ta rtib la r
mulkchilik turidan, qaysi vazirlik yoki tarm oqqa b o ‘ysunishidan,
qayd etilgan m anzilidan q at’iy nazar barcha jism oniy va yuridik
shaxslar uchun m ajbur ekanligi belgilab qo'yilgan.
Farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan barcha yuridik
shaxslar, shu ju m lad an 0 ‘zbekiston Respubiikasi hud u d id a
farmatsevtika faoliyati ko‘rsatayotgan, chet el vakolatxonalarining
ham ko‘rsatilgan faoliyati uchun litsenziyalari b o ‘lishi ko‘zda
tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |