3.3 Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini yetkazib berish uchun shartnoma tuzish.11
Dori vositasini dorixonaga yoki dorixona filiallariga yetkazib berilganda dori vositalari va tibbiyot buyumlari shartnoma asosida qabul qilinadi. Shartnomada dori vositasining soni, narxi qabul qiluvchi va yetkazuvchi to’g’risidagi jami malumotlar mujassam bo’lgan bo’lishi kerak. Shartnoma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qarorida keltirilgan shartlar asosida tuziladi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilishni tashkil etish tartibi va shartlari
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilishda davlat standartlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga, yong‘in xavfsizligi qoidalari, mehnat muhofazasi qoidalari, texnika xavfsizligi qoidalariga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ta’minlanishi kerak.
Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tegishli davlat standartlari talablariga muvofiq dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash va realizatsiya qilishda ularning sifatini va xavfsizligini ta’minlash talabiga javob beradigan tegishli binolarga, asbob-uskunalar va jihozlarga ega bo‘lishi kerak.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tashish va saqlashda ularning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi ta’minlanishi shart.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish hamda ulgurji realizatsiya qilish taqiqlanadi.
Ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini belgilangan tartibda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami, amal qilish muddati, shuningdek litsenziya bergan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tanishish uchun qulay bo‘lgan va ko‘rinadigan joyga joylashtirishi kerak.
Ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalari va tibbiy buyumlarning muvofiqlik sertifikati bilan manfaatdor shaxslarning elektron yoki qog‘oz shaklda tanishishlari uchun imkoniyat yaratishi shart.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ulgurji realizatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |