72
sindromlari), SPRU, rak, tuberkulyoz, gijja kasalliklari va boshqalar kiradi.
OIS-si kasalliklaridan
jigar, me’da osti bezi kasalliklari rak va tuberkulyozlar, aloxida mutaxassislar tomonidan
o‘rganiluvchi va davolanuvchi kasalliklardir.
OIS-si kasalliklari ichida eng ko‘p qayd etiluvchi simptom va sindromlarga qorinda noxush
xolatni paydo bo‘lishi, ishtaxani susayishi, biqin ostida qandaydir og‘irlik va achishtirish xolatlari,
ko‘ngil aynash, kekirish, safro qaynash, qayt qilish, turli darajada yuzaga chiquvchi og‘riqlar, bosh
og‘rig‘i, og‘izdan qo‘lansa xid kelish, qabziyat, anus atrofidagi qichishish xolati, ich surish va ich
ketish diareya,
qon ketish, qon aralash najas kelishi va boshqalar.
YUqoridagi simptomlar bilan bog‘liq tinka qurishi, kayfiyatni buzilishi, ish qobiliyatini va
mushaklar tonusini susayishi, kamqonlik, ba’zan me’da tetaniyasi (og‘riq bilan mushaklar tonusini
oshishi va sudorogi), dispepsiya, sigmoidoproktit (ichni juda tez kelishi, xattoki 75-100
martagacha), tiflokolit (ichakni o‘ng tomonidagi kolit, ichni surishi 10 va undan ortiq yuzaga
chiqadi), «ponos budilnik» (surinkali enteritda yuzaga chiqadi), «ampulali qabziyat» (to‘g‘ri ichak
qabziyati), autoinvaziya, o‘pka sindromi (askarida lichinkalarini o‘pkaga, o‘pka tomirlari orqali
bronxlarga o‘tishi va qon tuflash va b.), dispeptik , neyro-reflektor va toksiko-distrofik va b.
simptomlar yuzaga chiqadi.
SHuningdek exinokokkozda shish, yiringli lixoradka, allergik va
embolik sindromlarni yuzaga chiqarishi mumkin.
Ko‘rsatib o‘tilgan xar bir simptom yoki sindromlar ustida to‘xtab o‘tish ancha mushkul
masala. Lekin xozirgi kunda OIS-si kasalliklari ichida o‘ziga xos problemaga aylangan funksional
ichak kasalliklari (FIK) ustida va uning klassik ko‘rinishi bo‘lmish ichak qitiqlanish sindromi va
surinkali qabziyat xamda bu xolatlarda qayd etiladigan simptom va sindromlar ustida qisqacha
to‘xtalib o‘tamiz. CHunki ichak qitiqlanish sindromi va surinkali qabziyat «farmatsevtik yordam»
fani yo‘nalishi bo‘yicha eng ko‘p retseptsiz beriladigan dori-darmonlar bilan davolanadigan
kasallikdir. Xalqimiz va bemorlar bu kasalliklarni o‘zini-o‘zi davolash va o‘ziga-o‘zi yordam berish
yo‘llari bilan davolashga xarakat qiladilar.
Adabiyotlardan ma’lumki, rivojlangan mamlakatlarda keyingi 10 yil davomida
gastroenterologik kasalliklar ichida eng ko‘p tarqalgan kasallik-bu funksional ichak kasalliklaridir.
jaxon bo‘yicha olib borilgan epidemiologik izlanishlarni bergan ma’lumotiga qaraganda jaxon
axolisini 15-30% surinkali qabziyat qayd etiladi. ¡ta industrial rivojlangan AQSH va Angliyada bu
ko‘rsatgich 40% tashkil etadi (A.R.Zlatkina, 2002 y., Farmateka №9.-s.53-56). Agar bu toifadagi
kasalliklarning aksariyat ko‘pchiligi vrachlarga murojaat etmasdan o‘zini-o‘zi davolash bilan
shug‘ullanishini inobatga olinsa, kasallikning tarqalish ko‘rsatgichi yanada oshadi.
CHunki keksa
yoshdagi bemorlarda gipodinamiya kuchayadi, qabul qilinadigan ovqatlarning tarkibi o‘zgaradi,
semirish ko‘payib ketadi, endokrin faktorlar (klimaks, qand kasal-ligi, gipotireoz va b.), dorilarni
notug‘ri ishlatish (qariyalar dorilarni 1/3 qismini qabul qiladilar) kabi xolatlar surinkali qabziyatni
rivojlanishiga asos bo‘ladi.
FIK-lari bilan bog‘liq surunkali qabziyat kechimi oddiy qabziyatni kechimidan patofiziologik
kelib chiqish mexanizmlaridan tubdan farqlanadi.
Ichak qitiqlanish sindromi bilanyuzaga chiqqan qabziyatlarni asosini neyrogumoral
regulyasiyani buzilishi tashkil etadi, pustloq va pustloq osti markazlari, vegetativ nerv tizimi va
ichakni nerv-retseptor apparatlari (sertonin,
endogen opiatlar, neyrotenzin, xoletsistokininlar va b.)
o‘ziga xos rol o‘ynaydi.
Farmatsevtik yordam konsepsiyasi asosida xulosa qilib aytish mumkinki, qabziyatlarni kelib
chiqishida va kechimida quyidagi faktorlar asosiy rolni o‘ynaydi:
1.
Kechimi bo‘yicha-o‘tkir va surunkali qabziyatlar
2.
Kelib chiqish mexanizmi bo‘yicha- kollagenli, gipermator diskineziya tufayli, gipomotor
diskineziya tufayli, praktogenli qabziyatlar.
Demak, surunkali qabziyat kechimini bemor bilan suxbatda, uni shikoyatlaridan aniqlab olish
mumkin. Bunda najasni xarakteri, to‘g‘ri ichakka xos simptom va sindromlar-meteorizm, quldirash,
turli darajadagi og‘riqlar, ayniqsa qorinni pastki va chap tomonidagi og‘riqlarni aniqlash
aloxida
axamiyatga egadir.
73
Bunday xolatlarda bemorlarni o‘zini-o‘zi davolashi va har bir provizorni saloxiyatiga yarasha
maslaxat berishi katta axamiyatga egadir.
1.
Funksional ovqatlanish va probiotiklarga axamiyat berish.
2.
Umumgigienik hayot tarzini ishga solish va dietoterapiyaga amal qilish kerak (jismoniy faol
hayot, ko‘p o‘simlik moddalari va to‘qimalarini, klechatka, ballastik moddalar, pektin,
gemitsellyuloza, dengiz o‘tlari, ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qilish).
Sut va qatiq maxsulotlaridan, lakto va bifidumbakteriyalardan qo‘llash zarur. Katta otquloq
bargi urug‘idan tayyorlangan-Mukofalk preparatidan foydalanish mumkin. Agarda funksional
ovqatlanishni tashkil qilish va dietoterapiya yordam bermasagina, ichni suruvchi dori-darmonlardan
foydalaniladi. Bu gurux dorilar ta’sir mexanizmi bo‘yicha quyidagilarga ajratiladi:
1. Osmotik ta’sirga ega preparatlar
a) tuzli surgi dorilar (Na
2
SO
4
; karlovar tuzi va b.)
b) ko‘p atomli spirtlar (sorbit, mannitol va b.)
v) Surilishi qiyin disaxaridlar (laktuloza va uni unimi Dyufalak, Normaze).
2. Qitiqlash ta’siri bilan ichak xarakatini stimullovchi preparatlar.
a) antraglikozidlar (sano va uni unimlari, krushina, aloe, ravoch va b.)
b) difenilmetan unimlari (izofenin, bisakodil, natriy pikosulfat va b.)
v) kastor yog‘i, vazelin va mindal yog‘i, parafin va b.
3 Parokinetiklar (betanekol-25-30 mg 2-3
marta kuniga, mezoprostol-200 mg 2-4 marta kuniga;
serotonin, tegaserod-zelnorm-ayollarda effekt beradi, sizaprid va b.)
Tegoserod va sizoprid preparatlari AQSH-larida sintez qilib olingan. Bu preparatlar 5-NT-4
serotoninga sezuvchan retseptorlarni agonisti bo‘lib, ichakdagi vagus va enteral afferent nervlarini
qitiqlab, undan Ach-ni ajralishini ko‘paytiradi, natijada ichak silliq mushaklarini qisqarishini
kuchaytiradi. SHuning uchun xam ularnit serotoninergik pirokinetiklar deyiladi. SHu erda o‘tkir va
surinkali qabziyatni kelib chiqishi, rivojlanishi, klinik belgilari va davolash prinsiplari bilan bog‘liq
slayd-sxema keltiriladi.
Diareya (diarrhoea) — xojatga borishning normadagidan kup bulishi ( kuniga 3 martadan
kup), va/yoki najasning suyuk bulishi, va/yoki najas massasining ortib ketishig aytiladi.
Diareyaning asosiy sababi bulib ichakdagi suv- elektrolit balansining buzilishi xisoblanadi.
Odam kuniga urtacha 2 l suyuklikni ist’emol kiladi, 12- barmokli ichakdan esa 8 dan 10 litrgacha
suyuklik utishi mumkin. Ichakda surilgan suv sulak va xazm shiralari bilan birga kayta kushiladi.
Suvning surilishi asosan ingichka ichakda sodir buladi, va 1- 1,5 litrigina yugon ichakkacha utadi, u
erda surilishi davom etib kolgani ( 100 ml atrofida) najas bilan chikib ketadi. Yugon ichakda
sutkasiga 5 l gacha suv
surilishi mumkin, shuning uchun ingichka ichakdan yugon ichakka utadigan
suyuklik miqdori 5 l dan ortsa diareya kelib chikishi mumkin. Bunday xolatlar xazm kilish
sistemasining yalliglanishida, surilishning buzilishida, ichakning motorikasi va sekretsiyasi
buzilishida kelib chikishi kuzatiladi.
Sabablari turlicha bulgan o’tkir va surunkali diareya farklanadi.
Diareya 2- 3 xaftadan ortik davom etmasa o’tkir shakli bulib xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: