Farmatsevtik texnologiya


gr. standart maydalikdagi o’simlik xom ashyosini infundirka stakanida siqib olingandan keyin ushlanib qolgan suvning miqdori suv shimish koeffitsienti deyiladi



Download 2,9 Mb.
bet83/189
Sana12.04.2022
Hajmi2,9 Mb.
#546550
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   189
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya (1)

1 gr. standart maydalikdagi o’simlik xom ashyosini infundirka stakanida siqib olingandan keyin ushlanib qolgan suvning miqdori suv shimish koeffitsienti deyiladi.
Muxitning (pH sharoitining) ta’siri
Bu alkaloid saqlagan xom ashyodan damlama va qaynatmalar olishda katta ahamiyatga ega. Suvni nordonlashtirganda alkaloidlarning kiyin eriydigan birikmalari (kiyin eriydigan organiq kislotalar bilan komplekslari) oson eriydigan alkaloid turiga aylanadi. Shunga ko’ra alkaloid saqlaydigan damlama va qaynatmalarga limon kislotasi, vino kislotasi yoki xlorid kislotasi xom ashyodagi alkaloidlar miqdoriga teng miqdorda qo’shiladi. Faqat shoxkuya uchun xlorid kislota xom ashyodagi alkaloidlar miqdoridan 4 marta ko’p miqdorda qo’shiladi.
DF XI ga asosan alkaloid saqlovchi xom ashyolardan suvli ajratmlar, faqat ekstrakt konsentratlardan foydalanib tayyorlanadi.
Damlama va qaynatmalarni tayyorlashda qo’llaniladigan apparaturalar
Ajratmalarni qaynatish uchun infundir (lat. — Infundal — qaynatish) deb ataladigan yopik idishlar ishlatiladi. Infundir apparat qanday ashyodan tayyorlanganligi ham ajratmalarning sifatiga ta’sir qiladi. Kadimda dorixonalarda sof kalaydan yasalgan infundirlar ishlatilgan. SHisha infundirlar kislota saqlaydigan ajratmalarni tayyorlash uchun qo’llanilgan (masalan: shoxkuya). Keyinchalik qalay infundirkalar ishlatila boshlangan, ular ham tez qiziydi va mustaxkam hisoblanadi. 



12-rasm. Elektr isitgichli infundir apparati.
XI DF alyuminiy infundirkalar o’rniga zanglamaydigan po’latdan yasalgan infundirkalarni konunlashtirdi. Infundirkalar maxsus suv hammomlarida, ya’ni infundir apparatida qizdiriladi. Infundir apparatlari 2,3 yoki 4 infundirkalar uchun mo’ljallangan bo’ladi. Xozirgi zamon infundir apparatlari elektr toki bilan qizdiriladi (15-rasm, a).
O. I. Belova va V. A. Mironova yangi konstruksiyali infundir apparatini taklif kildilar. Bunday infundirka kislotali muxitda turg’un bo’lgan, zanglamaydigan XI 8 N 9 T markali po’latdan yasalgan. Xom ashyo po’latdan yasalgan savatga(2) solinib, infundir stakanga joylanadi. Infundir stakanining tubida magnitli parrak joylashgan (b). U magnitlar yordamida aylanib, staqanda girdobli harakatni yuzaga keltiradi.
Buning natijasida erituvchi va xom ashyo o’rtasida aloka yaxshilanadi. Infundirkaning qopqog’iga (1) harakatlanadigan qilib shtokli disk (3) va dasta (4) o’rnatilgan.
Infundir apparati korpus, 6 infundirkadan iborat to’plam (3 tasi 500 ml. li, 3 tasi 250 ml li), magnitli parraklardan tuzilgan. Korpus zanglamaydigan po’latdan yasalgan bo’lib unga 4 litr suv ketadi. Korpusning qopqog’ida infundirkalar uchun 3 ta kamforqa bor. Korpus bilan ichki tomonidan 2 ta pastki va 2 ta yuqori nay orqali kondensator biriktirilgan. Ish vaqtida yuqoridagi naylar orqali bug kondensatorga o’tadi, pastki naylar orqali esa hosil bo’lgan kondensat yana qayta korpusga tushadi. Suv korpus qopqog’idagi voronka orqali solinadi. Korpusda suv hajmini nazorat qilib boruvchi oyna bor. Ishlatilgan suvini to’kib yuborish uchun korpusning orqa devoriga kran o’rnatilgan. Korpusning ichida 2 ta naysimon elektr qizdirish elementlari bor. Ularning quvvati 400 va 600 Vt. Staninaning ichida elektr qizdirgich o’rnatilgan bo’lib, o’sha erda biriktirilgan taqasimon magnitni harakatlantiradi. Boshqaruv pulti oldingi devor tomonida joylashgan. Yuqorida — tumbler (elektroqizdirgich ulash uchun pastdan qizdirish elementlari o’zgartirgan) (pereklyuchatel) dastani isitish (razogrev) belgisigacha aylantirib 2 ta qizdirgich elementini ulanadi. Suv qaynatgandan keyin dastani “ish” (rabota) belgisiga o’tkaziladi. Bunda 600 Vt li element ulanadi, bu esa suvning bir tekis qaynashi uchun etarli hisoblanadi. Apparat Kiev tibbiyot asboblari zavodida ishlab chiqariladi.
AN-3 oddiyrok tuzilishdagi apparat. Bu apparat 3 ta infundirkaga mo’ljallangan bo’lib, magnitli parraklari yo’k. Bu apparatlarning quyidagi xususiyatlari bor. Apparat kuchli metall kobik bilan koplangan bo’lib, bu xodimlarni ish vaqtida ximoya qiladi. Vanna devori va metall kobik orasidagi bo’shlikning yuqori qismiga sovitgich nay joylashtirilgan, bu erda hosil bo’layotgan bugning ortiqchasi kondensatlanadi va yana vannaga okib tushadi. SHu sababli vannada buglanish kamayib, ancha vaqtgacha suvning miqdori doimiy darajada turadi. Apparatda teshikli savatcha bo’lib, unga xom ashyo solinadi. U ham zanglamaydigan XI 8N9T nusxali po’latdan yasalgan bo’lib, xom ashyoni sikadigan disk bor. Bu disk vertikal shtokka o’rnatilgan bo’lib, infundir stakan qopqog’iga harakatchan qilib o’rnatilgan. Bu disk yordamida apparatning ishlab turgan vaqtida ko’l yordamida tayyorlanadigan damlama va qaynatmalarni aralashtirish va oxirida qoldig’ini siqib olish mumkin.
Davolash profilaktika muassasa — dorixonalari sharoitida, shuningdek kasalxonalar va yirik xo’jalik hisobidagi dorixonalarda damlama va qaynatmalar 1—3 l gacha hajmda tayyorlanadi. SHu sababli Kiev AKB diagnostik apparatura va VNIIF infundir apparatining yangi AI — 3000 modeli ishlab chiqildi. Uning nominal sigimi 3000 ml (16- rasm).


Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish