Farmatsevtik texnologiya


Izotonik konsentratsiyani krioskopik usulda yoki muzlash haroratining depressiyasi yordamida hisoblash



Download 2,9 Mb.
bet170/189
Sana12.04.2022
Hajmi2,9 Mb.
#546550
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   189
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya (1)

Izotonik konsentratsiyani krioskopik usulda yoki muzlash haroratining depressiyasi yordamida hisoblash
Har xil moddalarning izotonik eritmalarini muzlash harorati bir xil bo’ladi yoki bir xil haroratli depressiyaga ega. SHuning uchun tayyorlangan eritma depressiyasi kon plazmasini depressiyasiga (˄t = 0,52) teng bo’lsa, u izotonik hisoblanadi. Misol,
Rp: Sol. Novocaini 2% — 100 ml
Natrii sulfatis q. s. ut. fiat. sol. isotonica
Sterilisetur!
M. D. S. In’eksiya uchun.
Moddani depressiyasi 1% eritma uchun oldindan aniqlangan bo’lib, uni ma’lum jadvallarda keltiriladi. Shuni aytish kerakki moddani eritmasi uchun depressiya oldindan aniqlangan bo’lmasa, uni izotonik konsentratsiyasini bu usul bilan topib bo’lmaydi. Novokainni 1% eritmasi uchun depressiya 0,122 ekanligini hisobga olgan holda:
Dt 1% — 0,122
x — 0,52
Depressiya 1 foizli eritmaga berilgani uchun natija xali foiz hisobida topiladi.
Berilgan 2,0 novokain necha ml eritmada izotonik konsentratsiya bera olishini hisoblaymiz.
4,3 — 100
2 — x
Demak 2,0 novokain 40 ml eritmada izotonik konsentratsiya hosil kila olishini hisobga olgan holda (100-48=52) qolgan hajmni natriy sulfat bilan izotonik konsentratsiyaga keltiramiz. Natriy sulfatni 1% li eritmasi uchun depressiya 0,15
1% — 0,15
X — 0,52
Natriy sulfat uchun izotonik konsentratsiya foiz hisobida 3,47% bo’lsa
3,47 — 100
x — 52
SHunday qilib novokainni keltirilgan dorixat bo’yicha izotonik eritmasini tayyorlash uchun 2,0 novokain va 1,85 natriy sulfat olinadi va uni 100 ml suvda eritib tayyorlanadi.
Izotonik konsentratsiyani natriy xlorid ekvivalenti orqali hisoblash
Natriy xlorid ekvivalenti deb, eritmada 1,0 moddani osmotik bosimiga mos keladigan osmotik bosim hosil kilish uchun kerak bo’lgan natriy xloridni gramm miqdoriga aytiladi. Dori moddani natriy xlor bo’yicha ekvivalenti ma’lum bo’lsa, unda natriy xloridni 0,9% li eritmasi izotonik ekanligini hisobga olib izotonik konsentratsiyani hisoblash juda kulay.
Rp: Sol. Glucosi 6,0 — 150,0 ml.
Natrii chloridi q. s. ut. fiat. sol. isotonica
Sterilisetur!
D. S. Venaga yuborish uchun.
1,0 g glyukoza osmotik bosimi bo’yicha 0,18 osh tuziga ekvivalent. Osh tuzi bilan 150 ml izotonik eritma tayyorlash uchun natriy xlordan 1,35 olish kerak.
1,0 — 0,18
6,0 — x
1,35–1,08=0,27

Demak, 6,0 glyukoza va 0,27 natriy xlorid olib, uni ma’lum hajmda (100 ml atrofida) in’eksiya uchun tayyorlangan suvda eritiladi. So’ng eritma hajmi suv bilan 150 mlga kelguncha suyultirilib, filtrlanadi va sterilizatsiya qilinadi.


Asosiy adabiyotlar:



  1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

  2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

  3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

Qo‘shimcha adabiyotlar:



  1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

  2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

  3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

  4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

  5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

  6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

  7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

  8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

  9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

  10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

  11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

Internet saytlari:



  1. www.ziyonet.uz

  2. www.nuph.edu.ua

  3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

  4. www.rzgmu.ru

  5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

  6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php




Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish