Atsidimetrik usul
noorganik dori preparatlaridan natriy gidrokarbonat, natriy tetraborat, simob-
(II) -oksid, simob amidoxlorid, organik kislota va shu xossadagi organik birikmalarning tuzlari,
jumladan, kaliy atsetat, natriy benzoat, natriy salitsilat, barbituratlarning natriyli tuzlari va boshqa
shularga o’xshash preparatlar miqdorini aniqlashda qo’llanadi.
Alkalimetrik usul
barcha dori sifatida ishlatiladigan noorganik va organik kislotalarni (xlorid kislota,
bor kislota, nikotin kislota, sitrat kislota, glyutamin kislota, benzoy kislota, salitsil kislota va
boshqalar) hamda kislota muhiti yarata oladigan dori moddalari (butamid, propamid, siklamid,
neodikumarin,butadion, vitamin C va boshqalar)ni aniqlashda tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |