Farmatsevtik kimyo


Miqdori:   Suvsiz muhitda kislota-asos titrlash  usuli    Ishlatilishi



Download 14,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/610
Sana16.01.2022
Hajmi14,06 Mb.
#376005
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   610
Bog'liq
farmatsevtik kimyo fanidan oquv uslubiy majmua

Miqdori:

  Suvsiz muhitda kislota-asos titrlash 

usuli   

Ishlatilishi:

 

Mahalliy aneste-ziyalovchi 



modda sifatida qo‘llaniladi. 

 



Pharmaceutical chemistry  

Autors:  Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T.  R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova 

 

305 


 

Atropin, skopolamin, tropatsin va tropafenlarning chinligini ularni barchasiga xos Vitali-

Moren reaksiyasi bo‘yicha aniqlanadi. Bunda preparatning namunasiga bir necha tomchi 

konventrlangan nitrat kyaslotasi qo‘shib, suv hammomida bug‘lantiriladi. Keyinchalik unga kaliy 

gidroksidining spirtdagi eritmasi va atseton qo‘shilganda, biroz turish natijasida binafsha rangli, xinoid 

tuzilishidagi modda hosil bo‘ladi. 

Reaksiyani atropin va tropatsin misolida kuyidagi kimyoviy tenglamalar bo‘yicha 

ifodalash mumkin: 

 

 

 



Gomatropin gidrobromid Vitali-Moren reaksiyasini bermaydi va shu bilan boshqa tropan qator 

preparatlaridan  farqlanadi. Atropin bilan gomatropinning chinligini ularning eritmalaridan ishkoriy 

muhitda asos holida cho‘ktirib olib ham aniqlanadi. Masalan, atropin sulfat eritmasidan atropinii 

ammiak eritmasi ta’sirida asos holida cho‘ktirib, so‘ngra uni ajratib quritiladi va suyuqlanish 

harorati aniqlanadi. Atropin asos 115—117°S haroratda suyuqlanib ketishi lozim. 

 

Gomatropinni asos holida uning gidrobromidli tuzining eritmasidan natriy gidroksid eritmasi 



ta’sirida cho‘ktiriladi. CHo‘kmani xloroform yordamida ekstraksiya qilib olib, so‘ngra xloroformni 

bug‘lantiriladi. Keyinchalik gomatropin asosga 2 % li simob dixloridning 60 % li spirtdagi eritmasi 




Pharmaceutical chemistry  

Autors:  Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T.  R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova 

 

306 


 

qo‘shilsa, u avval sariq rangga, so‘ngra esa qizilgishtsimon rangli cho‘kmaga o‘tadi. Bu reaksiya 

gomatropinni atropindan farqlantiradi. 

Tropatsinning chinligi uning pikrat kislota bilan 197—199°S haroratda suyuqlanib 

ketadigan sariq cho‘kma hosil qilishi bo‘yicha ham aniqlanadi. Bunda tropatsin pikrat kislota bilan 

ko‘sh molekulyar birikma hosil qiladi. 

Tropafenning chinligi Vitali-Moren reaksiyasidan tashqari, uning kimyoviy tuzilishidagi 

efirsimon birikkan sirka kislota qoldig‘i asosida o‘ziga xos hidli etilatsetat efiri hosil qilish reaksiyasi 

bo‘yicha ham aniqlanadi. Buning uchun preparatni avval kaliy gidroksidning spirtdagi eritmasi bilan 

gidrolizlab, so‘ngra unga 50 % li sulfat kislota qo‘shib qizdirilganda etil atsetat efiri hosil bo‘ladi. 

 

Tropan alkaloidlari ham boshqa alkaloidlarga o‘xshash, cho‘ktiruvchi reaktivlar bilan turli 



tarkibdagi cho‘kmalar hosil kiladi. Masalan, yod eritmasi bilan qo‘ng‘ir rangli poliyodid, Dragendorf 

reaktivi bilan esa to‘q sariq cho‘kma beradi. 

Dragendorf reaktivi bilan bo‘ladigan reaksiyani farmakopeya maqolasida tropafenning 

chinligini aniqlashda asosiy reaksiya sifatida tavsiya qilinadi. 

Atropin sulfatdagi sulfat ionini bariy sulfat, tropatsin va tropafendagi xlor ionini kumush xlorid 

holida cho‘ktirib aniqlanadi. 

Skopolamin va gomatropin gidrobromidlardagi brom ionini, ularning eritmasidan kislotali 

muhitda xloramin ta’sirida erkin brom holida ajratib chiqarib, so‘ngra uni eritmaga qo‘shilgan 

xloroformni to‘q sariq rangga bo‘yashi bo‘yicha aniqlanadi. 

 

Tropan qator alkaloidlarning miqdorini suvsiz muhitda kislota-asos titrlash usuli bo‘yicha 



aniqlanadi. Bunda alkaloidlarning galogen vodorodli tuzlarining suvsiz sirka kislotadagi eritmasini 

simob (II) atsetat kristallik binafsha indikatori ishtirokida perxlorat kislotasining suvsiz sirka 

kislotadagi 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 



Pharmaceutical chemistry  

Autors:  Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T.  R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova 

 

307 


 

Atropin sulfatni simob ( I I )   atsetat qo‘shmagan holda titrlanadi. Reaksiyani atropin sulfat va 

tropatsin misolida quyidagi tenglamalar bo‘yicha ifodalash mumkin: 

 

Preparatlarning miqdorini ulardagi kislota qoldig‘i asosida neytrallash, galogenovodorodli 



tuzlarini esa yana argentometrik usullar bo‘yicha ham aniqlanadi. Masalan, atropin sulfat va 

gomatropin gidrobromidning suv-spirt  aralashmasidagi eritmasi xloroform va fenolftalein indikatori 

ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. Reaksiya natijasida hosil 

bo‘lgan alkaloid asosni ekstraksiya qilish maqsadida titrlash xloroform ishtirokida olib boriladi. 

Skopolamin gidrobromidning miqdorini argentometrik usul bo‘yicha ham aniqlashda 

preparatning eritmasini sirka kislota muhitida bromfenol ko‘ki indikatori ishtirokida kumush nitratning 

0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

Tropatsinni neytrallash usulida aniqlashda avval uni kaliy gidroksidning spirtdagi eritmasi 

bilan qaynatish yordamida gidrolizlanadi. Natijada hosil bo‘lgan kaliy difenilatsetatni. xlorid kislota 

bilan neytrallab, difenilatsetat kislota holida cho‘ktiriladi. So‘ngra uni efir bilan ekstraksiya qilib 

olinadi. Undan efirni bug‘latgandan keyin, difenilatsetat kislotasini spirtda eritib, eritmani 

fenolftalein indikatori ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

 

Tropan qator preparatlarini tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda qo‘llanadi. Masalan, 



atropin sulfatni me’da va o‘n ikki barmoq ichak yaralarida, ichak va siydik yo‘llarining spazmasida, 

shuningdek holetsistit, bronxial astma va boshqa kasalliklarni davolashda qo‘llanadi. U ko‘z 

kasalliklarida diagnostika uchun ko‘z qorachig‘ini kengaytiruvchi modda sifatida ishlatiladi. 



Pharmaceutical chemistry  

Autors:  Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T.  R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova 

 

308 


 

Atropin sulfatni 0,25—0, 5 mg dan kuniga 2—3 marta ichiriladi. Ko‘z tomchisida 0,25 % li 

eritmasi ishlatiladi. 

Skopolamin gidrobromidni ba’zida psixoterapiyada (tinchlantiruvchi vosita sifatida), 

parkinsonizm va boshqa kasalliklarda ishlatiladi. Undan atropin sulfatga o‘xshash ko‘z korachig‘ini 

kengaytiruvchi modda sifatida foydalaniladi. Preparatni 0,25—0, 5 mg dan ichiriladi, yoki 0,5—1 ml 

dan 0,05 %li eritmasi teri ostiga yuboriladi. Uning 0,25 %li eritmasi ko‘z tomchisi sifatida ishlatiladi. 

Skopolamin «Aeron» tabletkasi (0,0001 g skopolamin kamforat va 0,0004 g giassiamin 

kamforat) holida dengiz va havo kasalliklarining oldini olishda va davolashda ham qo‘llaniladi. 

Gomatropin gidrobromid farmakologik ta’siri jihatidan atropin sulfatga yaqin turadi. Biroq 

unga qaraganda birmuncha kuchsiz va qisqa muddat ta’sir ko‘rsatadi. Gomatropin gidrobromidni 

asosan 0,1—0,25 



li  eritmasi ko‘z tomchisi holida ko‘z qorachig‘ini kengaytiruvchi sifatida 

ishlatiladi. Tropatsinni parkinson, falaj va mushak tonusining kuchayib ketishi natijasida kelib 

chiqadigan ba’zi kasalliklarni davolashda 0,01—0,025 g dan kuniga 1—2 marta yoki uning 1 % li 

eritmasi 10—15 tomchidan kuniga 2—3 marta ichiriladi. 

Tropafenni periferik qon aylanishining buzilishidan kelib chiqadigan turli kasalliklarni, 

jumladan endarteriit, akrotsianoz, Reyno xastaligi va boshqalarda ishlatiladi. U qon tomirlari 

spazmasini yo‘qotadi va organizmda qon almashinuvini kuchaytiradi. 

Tropafenni gipertoniya kasalligining oldini olish va davolashda ham ishlatiladi. Uni 0,5—I—

2 ml dan 1% yoki 2% li eritma holida teri ostiga yoki mushak orasiga yuboriladi. 

Atropin sulfat, skopolamin gidrobromid, gomatropin gidrobromid va tropatsinlar «A»,tropafen 

esa «B» ro‘yxati bo‘yicha og‘zi mahkam berkitilgan idishlarda, yorug‘lik tushmaydigan joylarda 

saqlanadi. 


Download 14,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   610




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish